KOMPLEKS BIRIKMALARNING KLASSIFIKATSIYASI
VA NOMLANISHI
Kompleks ionning zaryadiga qarab, kompleks birikmalar uchga bo’linadi:
1) kation, [Cu(NH3)4]SO4 = [Cu(NH3)4] 2+ + SO42-
2) anion K4[Fe(CN)6] = 3K+ + [Fe(CN6)] 3-
3) neytral [Pt(NH3)4Cl2 ] , [Fe(CO)5] kompleks birikmalarga bo’linadi.
Nomlanishi. Kompleks birikmalarni nomlashda markaziy atom kompleks hosil qiluvchi ligandlardan keyin o’qiladi. Bunda albatta uning zaryadi ko’rsatiladi. Kompleks ionning zaryadi uni tashkil etuvchilari zaryadlarining algebraik summasiga teng bo’ladi. Shuning uchun markaziy ionning formal zaryadi butun ionning zaryadi orqali ifodalanadi. Ligandlar alfavit bo’yicha ketma-ket keladi, bunda ularning soniga qaralmaydi.
Anionlar nomidagi -it, -id, -at qo’shimchalari o’rniga -o qo’yiladi. Ftorid - ftoro, xlorid - xloro, tsianid - tsiano va hokazo. Suv va ammiak kabi neytral ligandlar "akva", "amin" deyiladi. Ular anionlardan oldin yoziladi va o’qiladi.
[Al(H2O)5(OH)]Cl2 - pentaakvagidroksoalyuminiy (III)-xlorid
[Co(NH3)5Cl]Cl2 - pentaaminxlorokobalt (III)-xlorid.
NO, SO gruppalar to’g’ridan-to’g’ri metall atomi bilan bog’langan bo’lsa, ularni nitrozil, karbonil deyiladi.
Kation kompleks birikmalarda oldin ligandlarning soni, so’ng nomi o’qilib, so’ngra kompleks hosil qiluvchi o’qiladi va uning oksidlanish darajasi ko’rsatiladi, oxiridf tashqi sfera ioni o’qiladi.
[Cu(NH3)4]SO4 - tetraaminmis (II) - sulfat
[Al(H2O)6]Cl3 - geksaakvaalyuminiy (III) - xlorid
[CrCl(H2O)5]Cl2 - xloropentaakvaxrom (III) - xlorid.
2. Anion kompleks birikmalarda oldin tashqi sfera ioni so’ngra ligandlarning soni va nomi o’qilib, oxirida kompleks hosil qiluvchining nomiga –at qo’shimchasi qo’shib o’qiladi va uning oksidlanish darajasi aytiladi.
K2[Be(OH)4] – kaliy tetragidroksoberillat (II)
K4 [Fe(CN)6 ] - kaliy geksatsianoferrat (II)
Na[BiJ4] - natriy tetraiodovismutat (III)
3. Neytral kompleks birikmalarni nomlashda avval ligandlarning soni va nomi o’qilib, so’ngra kompleks hosil qiluvchi o’qiladi.
[Fe(CO)4 ] - tetrakarbonil temir
[Pt(NH3)4 Cl2] - diamindixlor platina.
Kompleks birikmalarning tuzilishini aniqlash. Kompleks birikmalarning tuzilishini bir necha usul bilan aniqlash mumkin.
Almashinish reaktsiyasi orqali quyidagi komplekslarning tuzilishi aniqlangan.
1) PtCl4 6NH3 , PtCl44NH3 , PtCl42NH3 , PtCl4 2KCl
Tarkibida 1 mol PtCl4 6NH3 tutgan eritmaga ortiqcha miqdorda
AgNO3 eritmasidan qo’shilsa, 4 mol AgCl cho’kmaga tushgan. Demak,
hammma Cl - ionlari tashqi sferada joylashgan.
[Pt(NH3)4]Cl4 = [Pt(NH3)4] 4+ + 4Cl-
geksaaminplatina (IY) xlorid
PtCl44NH3 eritmasiga ortiqcha AgNO3 qo’shilsa, 2 mol AgCl cho’kmaga tushgan.
[Pt(NH3)4Cl2]Cl 2 = [Pt(NH3)4Cl2]2+ + 2Cl-
tetraamindixloroplatina (IY) xlorid
PtCl4 2NH3 eritmasiga kumush nitrat eritmasidan qo’shilsa, cho’kma hosil bo’lmaydi, chunki xlor ionlarining hammasi ichki sferada joylashgan.
[Pt(NH3)4 Cl4] diamintetraxloroplatina –neytral kompleksdir.
PtCl4 2KCl eritmasida ham kumush nitrat ta’siridan cho’kma hosil bo’lmagan.
K4[PtCl6] = 2K+ + [PtCl6] 2-
kaliy geksaxloroplatina (IY)
Bundan tashqari kompleks birikmalarning tuzilishini molyar elektr o’tkazuvchanlik va rentgenstrukturaviy tahlil orqali ham aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |