Anora qiya ochiq derazadan yomg‘irning yoqimli sharroslarini befarq tinglardi. U anchadan beri qalbida allaqanday bo‘shliqni his qiladi. Ilgarigidek har narsadan hayratlanmaydi, ta'sirlanmaydi. Aslida-ku, ishlari yaxshi



Download 56,5 Kb.
bet3/4
Sana26.04.2022
Hajmi56,5 Kb.
#581708
1   2   3   4
Bog'liq
HIKOYALARIM, CHAROS

Yurakli teraklar
Mardona bo‘l g‘aribbosh, umring yeldek o‘taro...
(Ahmad Yassaviy)
Bu yerga taxminan o‘n besh-yigirma yillar ilgari keltirilganman. Hov anavi cholni ko‘ryapsizmi, meni olib kelgan ham, ikki terak orasiga bir yarim metrcha balandlikda mahkam qoqib tashlagan ham shu odam bo‘ladi. O‘shanda qo‘llarimga joni og‘rigan teraklardan obdan yosh tomgan edi. Daraxtlar yig‘lamaydi, desangiz, fikringizni o‘sha zahoti rad qilaman. Ehtimol, bosqondek qizib ketishimga quyosh nurlaridan ham ko‘proq daroz teraklar oldidagi cheksiz xijolatim sababchi bo‘lgandir. Hikoyam davomida ozgina tushunmovchilikka duch kelsangiz, meni ayblashga oshiqmang. Negaki temirning xotirasi ham o‘zi kabi tezda zanglashga moyil bo‘ladi. Agar temirning joni va tili yo‘q desangiz, mutlaqo yanglishasiz!..
Xullas, xotiram pand bermasa, ikki yil ilgari cholning oqsoq ayoli g‘oyib bo‘ldi. To‘g‘rirog‘i, tumonat odam yig‘ilgan kundan boshlab ayolni ko‘rmadim. O‘shanda chol xassaga suyangancha, yog‘och quti ko‘targan odamlar ortidan arang qadam tashlab borgandi. Hozir u ancha et oldirgan, harakatlari ham allaqanday sekinlashgan. Peshonasidagi qat-qat taxlangan ajinlar esa unga jahldor kishi qiyofasini beradi. Yo‘q, aslida bunday baho berish mutlaqo xato. Atrofiga devor olinmagani bu xonadonning boshqa uylardan farqli ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham sho‘x-shumtaka bolalar osonlik bilan uyga kira olishadi va talashib-tortishgancha turnikka, ya'ni menga osilishadi. Mahalla odamlarining tinchligiga rahna solgan bu qiy-chuv, qaqur-ququr kulgular chol-u kampirga sira malol kelmasdi. Shunday lahzalarda ular avval bolalarga, so‘ng bir-biriga allaqanday anduh aralash quvonch bilan kulib boqishardi. Bundan qariyalarning ichki bir dardi bor, farzand ko‘rishmagan, degan xulosaga kelsa bo‘ladi. Albatta, shunday. Ba'zi chol va kampirlar ikki yondan nevaralarini tutgancha ko‘cha aylanganlarida bu xonadon egalari o‘rindiqqa og‘ir cho‘kkancha o‘tgan-ketganlarni mung‘ayibgina tomosha qilib o‘tirardi. Ehtimol, o‘z xonadonlarida ham bola kulgusi yangrashini istaganlari uchun mendan turnik o‘rnida foydalanish fikriga kelishgandir. Shundayam chol-u kampirni yolg‘iz deb bo‘lmasdi. Ularning qari iti bor. Ammo jonivorning kelgan-ketgan bilan ishi yo‘q, uzukun yerga bag‘ir berib yotgani-yotgan. Non tutganlaridagina qulog‘ini erinchoqlik bilan dikkaytiradi. Qo‘ni-qo‘shnilar unda-bunda chiqib turadi. Ha-ya, teraklarga singib, inoqlashib ketganimni aytish esimdan chiqibdi. O‘rnatilganimdan keyin daroz daraxtlar ko‘p ham ko‘zyosh qilib o‘tirmadi, meni yo‘qotishdan qo‘rqandek ikki qo‘limdan mahkam siqib olishdi. Maktab yo‘li shu ko‘chadan o‘tgan. Darsdan qaytayapgan yo mol boqib yurgan kichik bolalar gulga yopishgan asalarilardek menga intilishadi. Ular bilan sirayam zerikmayaman. Ayniqsa, atak-chechak qilishni boshlagan do‘mboq bolakaylarning aka-opalariga qo‘shilib kelgani yoqimli hol. Bir gal yomon bo‘ldi. Bu yerga qo‘g‘irchoq tutgan qizcha keldi. Terakka chirmashib bellarimdan arang ushlab oldi-yu, muvozanatini saqlay olmay gup etib qulab tushdi. Oppoq momiq qo‘llaridan sizib chiqqan qonni ko‘rib bor ovozda yig‘lab yubordi. Keyin ichkaridan oqsoq kampir yugurib chiqdi. Qizchani bag‘riga bosib, allaqanday shirinlik berdi. Hayron qolarli tomoni, endi uning o‘rniga kampir unsizgina duv-duv yosh to‘kardi. Endi kampir yo‘q, g‘oyib bo‘lgan. Endi faqat cholgina o‘rindiqqa og‘ir cho‘kib, xayolga cho‘mgancha bolalarni kuzatadi. Unda-bunda kosalarda bug‘i chiqib turgan ovqat tutib, qo‘shnilar kirib keladi. Oyda bir bor velosiped mingan kishi paydo bo‘ladi. Shu kuni mahalla bolalari uchun ham bayram. Negaki chol mayda-chuyda chaqalarni ularga teng ulashib chiqadi. Ulushini olgan bolalar esa darrov qayoqqadir shoshilishadi va ko‘p o‘tmay muzqaymoq yalagancha qaytib kelishadi. Shunda chol miriqib kuladi. O‘zicha nimadandir masrurlanadi. Uning g‘alati odati bor. Yoz kunlari tong g‘ira-shirasida uyg‘onadi-yu, quyosh chiqishini ezginlik bilan kuzatib o‘tiradi. Meni ufqdagi o‘zgarishlardan ko‘ra ko‘proq cholning yuzidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi.
Ammo quyosh tikkaga keldi hamki bu gal chol negadir ko‘rinmasdi. Nahotki odatini tark qilgan bo‘lsa! Doimgidek bolalar talashib-tortishib menga osilishyapti. Anavi Jasur degan shumtaka esa ingichka va o‘tkir yog‘och bilan terak po‘stlog‘ini shilib nimadir yozayapti. Kechga yaqin uch-to‘rt kishi chol yotgan uyga kirib ketdi. Sal o‘tmay ulardan biri boshi xam, kayfiyatsiz alfozda chiqib keldi. Ertasiga tumonat odam yig‘ildi. Do‘ppi kiygan, belbog‘ bog‘lagan erkaklar, ro‘mol tang‘igan ayollar-barcha-barchasining ko‘zlarida achinish, g‘ussa va yosh bor. Ko‘p o‘tmay o‘sha yog‘och qutini yana ko‘rdim. Uni odamlar yelkalariga ortib, allaqayerga olib ketishayapti. Hayrat bilan atrofni, odamlarni kuzatardim. Nogohon ustimga ikki tomchi suv tushdi. Qarasam, qo‘llarimdan tutgan teraklarning ko‘z shaklidagi o‘yiqli joylaridan sariq yopishqoq tomchilar dumalayapti. Tavba, endi chol ham g‘oyib bo‘lgandi. Cholni ham, kampirni ham g‘oyib qilgan narsa yog‘och qutimikin?..
Bir necha oyga bormay bu xonadon kimsasiz, fayzsiz go‘shaga aylandi. Negadir bolakaylarning ham qadami uzilgan. Orada o‘n chog‘li qora-oq forma kiygan odamlar keldi. Butun yerni o‘lchab chiqishdi, qog‘ozga allanimalarni yozib olishdi. Men go‘yo chol qayta chiqib qoladigandek ichkari uyga ko‘z tikaman. Teraklar barglarini yengil shabadada ojizgina silkitadi. Bir kuni to‘da odam yana keldi va shu teraklarni bir zumda arralab tashladi. Hammasi gurs-gurs yerga quladi. Mening esa qo‘llarimni kesib tashladi-yu, bir chekkaga keraksiz matohdek irg‘itishdi. Yerda chalqancha yotar ekanman, ildizidan ayrilgan teraklarga boqdim. Ularning ko‘z shaklidagi o‘yiqlarida yana sariq tomchilarni ko‘rdim. Quyosh ayovsiz qizdirardi...


Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish