“Ko‘ngilchan o‘tinchi” ertagi:
O‘tinchining baxt-saodatga erishuvining sababi nimada?
A) mardligi
B)rahmdilligi
S)sabr-toqatliligi
“Uzun terak” ertagi:
Terakning ofatga uchrashining sababi nimada?
A)ayyorligi
B)yolg‘onchiligi
S)maqtanchoqligi
Shu tartibda test savollari berib boriladi. Umuman olgana, ushbu usul ancha samarali bo‘lib, o‘quvchini izlanishga, erkin fikrlashga chorlaydi.
“Klaster” metodi. “Klaster” – inglizcha so`z bo`lib, g`uncha, bog`lam ma’nosini anglatadi. Axborotlar klasterlarga ajratish interfaol pedagogik strategiya bo`lib, u ko`p variantli fikrlashni, rag`batlantirish uchun qo`llash mumkin. Asosan, u yangi fikrlarni uyg`otish va muayyan mavzu bo`yicha ancha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzish ketma – ketligi quyidagicha:
sinf yozuv taxtasi o`rtasiga katta qog`oz varag`iga asosiy so`z yoki gapni yozing;
sizni fikringizcha bu mavzuga tegishli bo`lgan so`zlar yoki gaplarni yozing (“aqliy hujum”) o`tkazing;
tushuncha va g`oyalar to`g`risidagi o`aro bog`lanishni o`rgating.
Eslagan variantlaringizning hammasini yozing.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Ushbu usul o‘quvchilarning darsda faolligini ta’minlaydi, harbiri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir – biridan sinfda o‘rganishga imkon tug‘diradi, boshqalar fikrini qadrlashga o‘rgatadi.
Qo‘llanish usuli
1.Faoliyatni tanlash. Mavzuga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada o‘quvchilar uni o‘rganish uchun ijodiy faoliyat ko‘rsatishlari zarur bo‘ladi va vazifalar belgilab olinadi.
2.Zaruriy asos yaratish: O‘quvchilar kichik guruh ishida qatnashishlari uchun tanlangan faoliyat bo‘yicha ba’zi bilim, ko‘nikma va malakalarni oldinan egallagan bo‘lishlari kerak.
3.Guruhni shakllantirish. Odatda har bir guruhda 3-5 tadan o‘quvchi bo‘ladi. Guruh o‘lchovi masalaning muhimligi, sinfdagi o‘quvchilar soni, o‘quvchilarning bir-biri bilan konstruktiv holatda o‘zaro harakatiga bog‘liq holda o‘zgaradi, eng yaxshisi “ getrogen” guruh tashkil etishdir
Guruhda ishlash o‘quvchilar o‘rtasida vazifalarni aniq tahsimlashga tanadi. Sinfni guruhlarga ajratish, hohish bo‘yicha yoki hisob bo‘yicha amalga oshiriladi.
4.Aniq yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish. O‘quvchilarga faoliyatni bajarish bo‘yicha aniq va hajm jihatdan ko‘p bo‘lmagan tushuntirish beriladi. O‘qituvchi guruhlarning ishlash tezligi turlicha bo‘lishni inobatga olgan holda vaqt chegarasini aytadi. Guruhlar kerakli materiallar va axborotlar bilan ta’minlanadi. O‘quvchilar guruhda ishni boshlashlari uchun o‘quv vazifalarini aniq tushunib etganligi tekshirib ko‘riladi.
5.Qo‘llab-quvvatlash va yo‘naltirish. O‘qituvchi zarurat tug‘ilsa guruhlar yoniga navbatma-navbat kelib to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganligini qayd etadi yoki ularga yordam beradi, guruhlarga tazyiq o‘tkazilmaydi.
6.Muhokama qilish va baholash.
Guruhlar yakuniy bosqichda ish natijalari bo‘yicha axborot beradilar buning uchun har bir guruh o‘z sardorini belgiladyi. Zarurat tug‘ilsa faoliyat natijalari bo‘yicha bildirilgan fikrlar o‘qituvchi tomonidan yozib boriladi. Muhimi, guruhda muammo echimining asoslanishini aniqlashtirib olishdir. Agar vaqt etarlicha bo‘lsa, u yoki bu fikrni argumentlashtirishda guruhlar bir – biriga savol ham berishlari mumkin. Kichik guruhlarda ishlash natijalari o‘qituvchi tomonidan baholanadi. Bunda faoliyatni to‘g‘ri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi.
Ushbu usulni “ertakni ijodiy davom ettirish” usuliga bog‘lagan holda olib borishlik yaxshi samara beradi. Bunda bir nechta o‘quvchi tomonidan ertak to‘qiladi. Har bir kichik guruhni o‘z ertaklarining mazmun mohiyati, g‘oyasi, va ertakdan olishi mumkin bo‘lgan ijobiy tomonlarini tushuntirib berishliklari zaruriy shartdir.
Ushbu usulni ijodiy ertak to‘qish mashg‘uloti sifatida ham ko‘rish mumkin. Bunda har bir guruhga alohida mavzular berilib, har bir guruh shu mavzu yuzasidan ertak ijod qilishliklari topshiriladi.
Masalan:
1-guruhga: Ochko‘zlik yomon illat
2-guruhga: Yaxshilik qilsang
Yaxshilik ko‘rasan
3-guruhga: Mehnatning tagi rohat
4-guruhga: Sabr tagi oltin .
Shu tartibda ertaklarning asosiy mazmuni beriladi, ya’ni asosiy mazmuni beriladi, ya’ni asosiy g‘oyasi beriladi.
O‘quvchilar esa o‘sha g‘oyadan uzoqlashmay unga mos ertak to‘qiydilar.
Bu usul samaradorligi, mustaqilligi nuqtai – nazaridan yuqori o‘rinda turadi.
Yuqorida yangi pedagogik texnologiyalarning eng ilg‘or usullari bilan tanishib chiqdik. Yana bir hozirgi zamon pedagogikasining ilg‘or dars usullaridan biri noan’anaviy dars usulidir. Boshlang‘ich sinflarda noan’anaviy usullarda dars o‘tish o‘quvchilarni mustaqilligini ta’minlab, erkin fikr yurita olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
“Har bir darsda yangicha usul va vositalar asosida darsni tashkil qilish yaxshi samara beradi. O‘qish darslarida noan’anaviy usullardan foydalanish yaxshi natija berib, o‘quvchilarni ko‘proq badiiy adabiyot asarlaridan mutoala qilishga, badiiy adabiyot yuzasidan o‘zlari erkin fikr yurita olishga va o‘z fikrlarini bayon qilishga o‘rgatadi”.1
Quyida ertak janri bo‘yicha foydalaniladigan noan’anaiy dars usullari bilan tanishib chiqamiz.
“Menyu” metodi. Bu metodda guruh kichik guruhchalarga bo`linadi va guruhchalarga aniq topshiriq beriladi. Har bir guruh topshiriq olgach uch daqiqa ichida topshiriqni muhokama qilishadi, keyin har bir guruhdan bittadan vakil o`qituvchi stoli yoniga kelib, oldindan tayyorlab qo`yilgan “menyu”ni olib joylariga o`tirishadi. Bu “menyu” da xilma xil topshiriqlar, savollar yozilgan bo`ladi. SHu tariqa guruhchadagi har bir talaba kelib “menyu” ni olib unda yozilgan topshiriq vazifalarini bajarishadi. 10 daqiqa davomida topshiriq muhokama qilinadi va javoblar yozma yoki og`zaki ravishda beriladi, o`qituvchi guruh ishlarini, sardor faoliyatini baholab boradi.
“Debat” metodi. Bu metodning asosiy maqsadi muammoning echimini topishda talaba o`zgalarni o`z yondoshuvining to`g`riligiga inshontirishdir. O`z fikrini aniq va mantiqiy bayon etish buning uchun ishonarli dalillar va xulosalar topish ko`nikmalarini shakllantirishda debatlar o`tkaziladi. Bu metoddan foydalanib dars o`tishda mahalliy mutaxassislardan (olim, shifokor, muhandis, ijtimoiy arbob, jurnalist va boshqalar) taklif etiladi.
Debatda qatnashish uchun iqtidorli talabalar tanlanadi va ular ikki guruhiga ajratiladi: rezolyutsiyani qo`llash quvvatlaydigan va ularga qarshi chiquvchi ishtirokchilar; ular debatlarni o`tkazish qoidasini chuqur o`zlashtirgan bo`lishlari kerak. Guruh sardori reglamentga rioya qilishni kuzatuvchi – yordamchini tayinlaydi.
“Tanqidiy fikrlash” metodi. Bu metod orqali talaba – talabalarda dars jarayonidagi bahsli savollarni echishda bir-birlarini tinglash, muloqot olib borish, turlicha fikrlarni.
Taqqoslash, boshqa kishi taqdiriga befarq qaramaslik kabixislatlar rivojlanadi, masalalarni echish va tegishli hujum chiqarish, kabi qobiliyatlari rivojlanadi, tafakkur qilish (fikr yuritish) to`g`ri echimlarni topish malakalarini o`zlashtiradilar.
Bu metod ham foydalanish quyidagi bosqichlardan iborat.
Talaba – talabani o`z fikrini erkin ifodalang
O`z fikrini oydinlashtirish.
Talaba – talabalarni fikrlarini asoslanganligini tekshirish.
Boshqalar fikrini o`rgani.
O`z holatini va o`zgalar fikrini tahlil qilish
Muammo bo`yicha echim qabul qilish.
Remeyklarning nutq tahlili shuni ko'rsatdiki, 3-4-sinf o'quvchilari matn yaratish uchun zarur bo'lgan asosiy muloqot qobiliyatlariga ega: nutq mavzusini ochish qobiliyati; to'plangan materialni tizimlashtirish qobiliyati; yozishni yaxshilash qobiliyati; ma'lum bir kompozitsion shaklda bayonotlar qurish qobiliyati .
Matnlarning nutqiy dizaynida biz ushbu yoshga xos bo'lgan jumla chegaralarini aniqlashda, turli xil jumlalarni qurishda xatolarni topamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |