Annotatsiyasi tayanch so‘zlar: folklor, ertak, boshlang‘ich, sinf, xalq ertagi, muallif ertagi, o‘qituvchi, dars, o’qish. Tadqiqot obyekti



Download 1,41 Mb.
bet19/29
Sana08.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#756728
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
магистр мех

4. Оbrаzlаr tаhlil qilinаdi.
Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar ko‘proq taqlidchan bo‘lishadi. Ular qahramonlarni kuzata turib, ularga taqlid qilishadi. Ba’zan esa ular salbiy qahramonga ham taqlid qilishga urinishadi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarga ijobiy qahramonlarni ibrat qilib ko‘rsatishi, salbiy qahramondagi illatlarga nafrat uyg‘ota olishi lozim. Buning uchun har bir obrazning ijobiy va salbiy jihatlari aniqlash muhim ahamiyatga ega.
“Ko‘zacha bilan tulki” ertagida (4-sinf) tulkida ayyorlik, yolg‘onchilik, qasoskorlik, berahmlik kabi salbiy odatlar bilan birga sabrlilik, ziyraklik kabi ijobiy xislatlar, bo‘rida esa g‘azablilik, ochko‘zlik, laqmalik kabi salbiy odatlar borligi aniqlanadi. T-sxema grafik-organayzeri yordamida tulkining ijobiy va salbiy jihatlari ko‘rsatiladi.

Tanlab o‘qish asosida obrazga xos xususiyatlarni aniqlash. Tulkiga xos quyidagi sifatlar ertakning qaysi joyida namoyon bo‘lgan? Tanlab o‘qing.
Masalan, tulki – berahm:
“Bo‘ri boshini xam qilib yordam so‘rabdi:
− Qadrdon tulkijon, yordam ber. Meni ozod qilgin.
Tulki dumini likillatib:
−Yaqinda meni yutib yubormoqchi bo‘lgan sen emasmiding? Yo‘q, azizim, ovchilarni kutib turasan, −deb ketib qolibdi” (6).
5. Ertak mazmuni yuzasidan turli rasmlar ishlash vazifasini topshirish.
Obrazlarni grafik tasvirlashga oid bu topshiriq orqali ertak qahramonlarining o‘quvchi qalbida nechog‘li iz qoldirganini bilib olish mumkin. Ishlangan rasm ertak qahramonining bolada qanday his-hayajon uyg‘otgani, unga qanchalik yoqqani (yoki aksincha)dan darak beradi.
II BOB BO‘YICHA XULOSA
1. Bolalarni qadimiy urf-odatlar, tarixiy-milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash ularning dunyoqarashlarini shakllantirish, insonlarga xos eng yaxshi xislatlarni singdirish kabi g‘oyalar, asosan, ular o‘qiydigan asarlarda jamuljam bo‘lishi lozim.
Boshlang‘ich sinf O‘qish kitoblaridan o‘rin olgan bir qancha xalq ertaklari shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda ishchanlik, tartiblilik, ehtiyotkorlik xislatlarini shakllantirish tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismlaridan sanaladi. O‘qish kitoblaridagi ertaklar o‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda ko‘mak beradi.
O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bu kunning ustuvor vazifalaridan biridir. O‘qish kitoblarida vatanni ulug‘lash, uni sevib-ardoqlash ruhidagi bir necha sara asarlar jamlangan.
Yoshlarni sharqona qadriyatlar, milliy urf-odatlar ruhida barkamol etib tarbiyalashda axloqiy tarbiyaning o‘rni beqiyos. Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. O‘qish kitoblarida axloqiy tarbiyani singdirishga xizmat qiluvchi bir necha ertaklar jamlangan.
Tabiatni sevish, undan zavqlanish, uni asrab-avaylash har bir fuqaroning burchidir. O‘quvchilarda ekologik va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishda ertaklarni ko‘makka chaqirish yaxshi natija beradi. O‘qish kitoblaridagi o‘zbek xalq ertaklari ekologik tarbiyani tashkil etish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qish kitoblarida tadbirlilik, aql-idroklilikni ulug‘lovchi bir necha sara xalq ertaklari mujassamlashgan. O‘quvchilarda aqliy tarbiyani kamolga yetkazishda mazkur ertaklar katta ahamiyatga ega.
Zero, Prezidentimiz ham “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”28 deb ta’kidlaydilar. Ta’lim bilan tarbiya berish, tarbiya yordamida ta’lim berish bizning ta’lim maskanlarida asosiy yo‘l sanaladi.
2. Boshlang‘ich sinflarda xalq ertaklari o‘tilar ekan, avvalo, o‘quvchi tarbiyasi yo‘lida xizmat qilishi nazarda tutiladi. Qolaversa, xalq ertaklari bolalar ruhiyatini oziqlantirishi, ularning tasavvur olamini boyitishi, yaxshilik va yomonlikni farqlashga o‘rgatishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi juda bilimli bo‘lishi, xalq ertaklari orqali bolalarga nafaqat tarbiya, balki ta’lim ham berishi lozim.
Boshlang‘ich sinf O‘qish kitoblaridan joy olgan ertaklarning qahramonlari hayotning faol kishilari, ular ajoyib va g‘aroyib yordamchilarsiz ish ko‘radilar, aql kuchi, tadbirlilik, chidam, jasorat, iroda kuchi, do‘stga vafodorlik, sadoqat, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ularning asosiy sifatlaridir.
O‘quvchilarni garchi ertak fabulasi hammadan ko‘proq qiziqtirsa-da, o‘qituvchi unga singdirilgan g‘oyani, qissadan hissani ham o‘quvchilarga uqtira bilishi lozim. Ertakning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning qahramonlaridan biri ijobiy, ikkinchisi salbiy bo‘ladi. O‘qituvchining ertak g‘oyasini to‘la ochib bera olishi o‘quvchida ertak qahramonining g‘alabasidan xursand bo‘lib, salbiy qahramonga nisbatan nafrat uyg‘onishida ko‘mak bo‘ladi.
Bоshlаng‘ich sinf o‘qituvchisi ertakni o‘qitishdа оbrаzlаrni (timsоllаrni) tаhlil etib bоrishi zаrur.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish