Savol va topshiriqlar
1. 20-yillarning oxirida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vazi-yat to'g'risida so’zlab bering.
2. o’sha yillarda rivojlanishning muqobil yo’llari bormidi?
3. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining mohiyati qanday va u O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida qanday aks etdi?
4. Totalitar va avtoritar rejimlarning umumiy tomonlari va farqlari to'g'risida yozma ma'lumot tayyorlang.
24-§. O’ZBEKISTONDA SANOATLASHTIRISH SUR'ATLARINI JADALLASHTIRISH VA UNING ASORATLARI
Reja.
1. Sanoatlashtirishning jadal sur'atlariga o’tish.
20-yillarning oxiri va 30-yillarning boshlarida sanoat-lashtirishning jadal sur'atlari-ga o’tishning tub mohiyati texnikaviy qoloq sovet mamlakatining bor imkoniyatlarini to’g’ri hisobga olmagan holda, zo’ravonlik yo’li bilan tez orada zamonaviy sanoatni barpo etishdan iborat bo’ldi.
Industrial taraqqiyot muammolari, uning yo’nalish-lari va shakllari partiya ichidagi munozaralarda va dast-labki besh yillik deb nomlangan rejalarining muhoka-masida markaziy o’rinni egalladi. Ixtiloflar, mohiyat e'tibori bilan aytganda, xalq xo’jaligining asosiy sohalari bilan madaniyatni bir yo’lda rivojlantirish uchun mablag’larning yetishmasligidan kelib chiqar edi. o’ta sanoatlashtirish tarafdorlari uning sur'atini keskin tezlashtirish maqsadida mablag’larni qishloq xo’jaligi hisobidan sanoatga olish rejasini ilgari surdilar. Ularning muxoliflari sanoatlashtirish siyosatini yoqlagan holda, uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq xo’jaligida kooperatsiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildilar. Birinchi yo’nalish rahnamosi Stalin iqtisodiy qonuniyatlarni inkor qilib, sanoatlashtirishni amalga oshirish uchun favqulodda tadbirlar (qishloq xo’jaligida jamg’arilgan mablag’larni sanoatga olib o’tish va hokazolar) o’tkazdi. Boshqaruvning iqti-sodiy usullarini nazar-pisand qilmaslik valyuntarizmga, ma'muriy-buyruqbozlikka katta yo'l ochib berardi. Oqibatda sanoatlashtirishning sub'ektivlikka asoslangan stalincha usuli butun mamlakatda, jumladan, O’zbekistonda ham bosh yo’nalish bo’lib qoldi.
Xo’sh, Markaz rahbarlari bularni nimalar asosida vujudga keltirishi mumkin edi? Demak, dastavval mehnatkash xalqning moddiy-maishiy hisobidan, uning matonatli mehnati tufayli erishishga ishonch hosil qilgan. Shu asnoda milliy respublikalarda, jumladan, O’zbekistonda sanoatning rivojlanishi tezlatilgan, undagi bor resurslardan tez vaqt ichida bahramand bo’lish maqsadida markaziy rayonlardan mavjud ortiqcha ishchilar bu yerga keltirilib, qurilayotgan zavod va fabrikalarga joylashtirilgan.
O’zbekiston iqtisodiyoti agrar xarakterga ega edi, zero, 1927/28-xo'jalik yilida xalq xo’jaligida qishloq xo’jaligining hissasi 61,6 %ni, sanoatniki esa 38,4 %ni tashkil qilardi. Respublikadagi mavjud sanoat ishlab chiqarishining 90 % i qishloq xo’jalik xom ashyosini ish-lashga ixtisoslashgan edi.
Paxta ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligini qayta tik-lash dasturida Markaz tomonidan ko’ndalang qilib qo’yilgan vazifalarga muvofiq asosiy e'tibor paxta bilan bog’liq sohalarning rivoji (qishloq xo’jalik mashinasozli-gi, irrigatsiya qurilishi, metall konstruksiyalar, mineral o’g’itlar ishlab chiqarishni, qishloq xo’jalik xom ashyosi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoatni), shuningdek, ashyo chiqaruvchi sanoatni (rangli metall, neft, toshko’mir, tuz, grafit konlarini) vujudga keltirish-ga qaratildi.
O’zbekiston Markazning asosiy paxta bazasiga aylanib qoldi. Shu tariqa respublikada paxta yakka-hokimligi joriy etildi. O’zbek paxtasini ishlab chiqarish turli shakllaridan foydalanildi. Sovet davrining hamma bosqichlarida oziq-ovqat muammosi bilan bir qatorda, turar joy muammosi ham hamisha keskin bo’lib keldi. Turar joy bilan bog’liq qiyinchiliklar ayniqsa tub aholiga daxldor bo’ldi, chunki bunday joylar ko’pincha sanoat korxonalariga berilar, bu korxonalarning ishchi va mutaxassislari esa asosan sanoatni mustahkamlash uchun o’z vaqtida sobiq Ittifoqning boshqa joylaridan ko’chib kelgan kishilardan iborat edi.
Sovet tuzumida azaldan mav-jud bo’lgan ziddiyatlar 30-yillarda kuchaya boshladi. Hayotning barcha tomonlari ustidan davlat to’la nazorat olib boradigan, partiya apparati har qanday hukm chiqarishga qodir bo’lgan vaziyatda mehnatkashlar ha-yotining ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy sohalarini isloh qilish yoki loaqal yumshatish to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emas edi.
Marksizm-leninizm nazariyasidagi sotsializmning kapitalizmdan afzalligi to’g’risida, mehnatkashlar faro-vonligini tubdan yuksaltirishga, hayotning asl mohiyati-ni o’zgartirishga qodir bo’lgan yangi ijtimoiy tuzum to’g’risida e'lon qilingan fikrlarni bolsheviklar zo’r berib asoslashga harakat qildilar. Biroq ma'muriy-buyruqboz-lik, totalitar targ’ibot sharoitlarida bu nazariyaning amaliyot bilan to’qnashuvga bardosh bera olmagani 30-yillarning o’zidayoq ma'lum bo’lib qoldi. Haqiqiy voqe-lik moddiy boyliklarni bir tekis taqsimlash, ishlab chiqa-rish vositalarini umumlashtirish, xususiy mulkni tugatish, bozorga qarab xo’jalik yuritish mexanizmlaridan voz kechish siyosatining bema'niligini tasdiqlab berdi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining pasayib ketishi muqarrar sur'atda mehnatga to’lanadigan haq miqdorining kamayishiga, mehnat va turmush sharoitla-rining yomonlashishiga olib keldi. 30-yillarning oxiri va 40-yillarning boshlarida oziq-ovqat mahsulotlarini iste'-mol qilish 1924—1928-yillardagiga qaraganda 10—15%ga kamaydi. Mehnat to’g’risidagi qonunlarning qattiqlashu-vi, ishchilarning ishlab chiqarishga va qishloq aholisining kolxozlarga zo’rlab biriktirib qo’yilishi, ishga kechikkanlik uchun jinoiy jazo berishning joriy etilishi va boshqa qatag’on choralari totalitar tizimning samaralari bo’ldi.
Shu og’ir mustabid tuzum sharoitlarida O’zbekiston ishchi va muhandis-texniklari sanoat korxo-nalarida, ishlab chiqarishning barcha jabhalarida matonatli mehnat namunalarini ko’rsatar ekanlar, eng avvalo moddiy-maishiy turmushni yaxshilashni ko’zla-gan bo’lsalar, qolaversa, o’z ona-Vatani istiqboli, qudratini yuksaltirishga intildilar. Ishchilar orasida turli shakllarda musobaqalar (mahsulot sifati va hajmini oshirish, mehnat unumdorligini ko’tarish va hokazolar) tashkil etildi. 1935-yilda ishchilar orasida staxanovchilik harakati yuzaga keldi, lekin bu harakat rasmiyatchilikka aylandi: oshirib ko’rsatishlar, unga hal qiluvchi omil deb qarash avj oldi. Moddiy boy-lik yaratuvchilar zo’r berib qilgan mehnatlari sama-rasidan manfaatdor bo’lmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |