Savol va topshiriqlar
1. Kommunistik mafkuraning g'ayrimilliyligi nimalarda yaqqol namoyon bo’ldi?
2. Sovet mafkurasi O’zbek xalqining turmushiga qanday ta'sir ko’rsatdi?
3. Kommunistik mafkura nima uchun xalqimiz tomonidan qabul qilinmadi?
4. Kommunizm g'oyasi nima uchun mag'lubiyatga uchradi?
5. Kommunistik mafkuraning yashovchanligi xususida misol-lar keltiring.
61-§. «QAYTA QURISH» SIYOSATI VA IJTIMOIY-SIYOSIY INQIROZ
Sovet jamiyatining 80-yillar o’rtasidagi holati, ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.
Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o’zgarishlar qilishga urinib ko’rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko’proq daxldor bo’ldi.
Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pa-sayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxi-ralarga ega bo’lishiga qaramasdan g’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish sama-radorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o’zlashtirish juda sust olib borildi.
Jahonning rivojlangan va demokratik tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyati-' dan nafratlanish, jiddiy, tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.
Ana shunday sharoitda 80-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining aprel (1985-yil) plenumi bilan bevosita bog’liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyat-ning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan bosh-landi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki baravar ko’p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallashiga qaramas-dan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganligi qayd etildi.
Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985—1987-yil-lar) ma'muriy-tashkiliy tadbirlarning an'anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo’yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraq-qiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishdan iborat bo’ldi.
Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Ammo bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomil-lashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon bo’lib qoldi. Shuning uchun 1986-yilda qayta qu-rish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e'tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma'muriy-buyruqbozlik va byurokra-tizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi.
Natijada jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma'lum o’zgarishlar ro’y bera boshladi, kishi-larning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o’zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o’zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islo-hotlarni amalga oshirish yo’lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986-yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987-yil yanvaridan ishlab chiqarish sur'atlari keskin pasaya bordi, iqtisodi-yotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning bi-rinchi bosqichi shu tarzda mag’lub bo’ldi.
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987— 1990-yil-lar) endi jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo’ydi. Xususan, bunday va-zifa sobiq siyosiy mafkura tomonidan 1987-yil yanvarda yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to’liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta'kidlandi.
Jamiyatda sodir bo’layotgan voqealar, hodisalarga o’sha davrda kun tartibiga qo’yilgan «ko'proq demokratiya» shiori ostida baho berish rasm bo'1-
di. To’g’ri, demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma'lum darajada uyg’otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o’zgartirish to’g’risidagi Qonun (1988-yil de-kabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a'zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma'lum ahamiyat kasb etdi.
Ammo mamlakatda tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetka-zish mumkin boimadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo’q edi. Ikkinchidan, par-tiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar. Ma'lumki, qayta qurish «yuqoridan» boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |