Sovet mafkurasining o’zbek xalqining iqtisodiy va ijtitnoiy turmushiga salbiy ta'siri. Sotsialistik g’oya o’zining butun mazmuni bilan o’lka-ning tub aholisiga, uning mil-liy tafakkuri va turmush tarzi-ga begona edi. Sovet hokimiyati bu yerga qizil armiya nayzalari ostida kirib keldi. Shu bilan birga sotsializmning zo’ravonlik tabiati darhol namoyon bo’ldi. Xalqning milliy ozodlikka, milliy davlatchilikni tiklashga bo’lgan orzu-intilishlari, uning o’z tarixiy taqdirini o’zi hal qilish huquqi inkor qilindi. O’zbekistonda sotsialistik davlatchilik andozasi chor mustamlakachilik rejimi o’rniga zo’ravonlik usullari bilan joriy etildi, proletariat diktaturasi davlatini o’rnatishning mustabidcha kommunistik loyihasi amalga oshirildi. Yangi hokimiyat o’ziga xos mustaqil milliy rivojlanish imkoniyatlariga barcha usullar bilan to’sqin-lik qildi, mahalliy aholini davlatni boshqarishga jalb etishga, siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritishga qarshilik ko’rsatdi.
O’zbekistondagi «sotsialistik qurilish»ning dastlabki qadamlaridan boshlab butun boshqaruv tizimi, davlat organlari faoliyati hukmron markazga qattiq bog’liq qilib qo’yildi va moskvalik siyosiy rahbariyat belgilab qo’ygan doiradan chetga chiqmasligi belgilab berildi. Ayni vaqt-da aholining markscha qoidalarga mos kelmaydigan qat-lamlariga, muxolifatdagi kuchlarga qarshi beqiyos quvg’inlar avj oldirildi. Leninning farmoyishi bilan 1918-yil yoz faslidan e'tiboran «qizil terror» siyosati o’tkazila boshlandi. U ommaviy qatag’onlar murvatini qattiqroq burash bilan olib borildi, ayniqsa bu tadbir qo’lda qurol bilan o’z milliy taqdirini o’zi belgilash qonuniy huquqi-ni himoya qilayotganlarga qarshi qaratildi. Bularning hammasi son-sanoqsiz qurbonlar berilishiga sabab bo’ldi. Shuni ta'kidlash kifoyaki, Turkiston aholisi kamayib 1915-yildagi 7 mln 149 ming kishidan 1922-yilga kelib 4 mln 835 ming kishiga tushib qoldi. Haqiqatda o’lkaning tub aholisi qirilib bitish yoqasiga kelib qolgan edi.
Keyinroq markaziy rahbariyat milliy siyosatdagi tak-tika yo’nalishlarini birmuncha yangiladi. Mahalliy aholi vakillarini davlat va jamoat boshqaruvi ishlariga jalb qi-lish zarurligi rasmiy darajada qayd etildi. 1924-yilda O’zbekiston SSR tashkil etildi. Bu hol markaz tomonidan O’zbek xalqiga o’z milliy davlatchiligiga ega bo’lish imkoni berildi, deb targ’ib qilindi. Biroq bu nav-batdagi mafkuraviy afsona, soxta davlatchilikdan boshqa narsa emasdi. Ayrim taktik usullarga, yangilanishlarga qaramasdan sovet imperiyasi tartibining mohiyati o’z-garmadi. Marksizm mafkurasiga tayanuvchi kommunis-tik tuzum xalqni mustamlakachilik asoratida saqlash, keng xalq ommasining tub manfaatlarini inkor etuvchi mustabid jamiyatni qaror toptirishni mo’ljallagan edi.
Davlatning xalq ustidan zo’ravonlik qilish amaliyoti saqlab qolindi, uning cho’qqisi 30-yillarning boshi — 50-yillardagi stalincha-beriyacha qonli harakatlarga aylanib ketdi. Stalin aslida Lenin boshlab bergan ishni davom ettirdi. U amalga oshirgan «yuqoridan boshlangan inqilob» ommaviy hokimiyat institutlarining yanada barham toptirilishiga, partiya diktaturasining, mafku-ralashgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimining mus-tahkamlanishiga olib keldi, uni boshqarishning o’zagi Moskvada to’plangan edi.
Stalincha istibdod tizimi proletariat diktaturasi to’g’risidagi markscha g’oyani amalda ro’yobga chiqa-rishni mantiqan oxiriga yetkazdi. Natijada sho’ro jami-yatiga davlatning mutlaq hukmronligi, aholining fuqa-roviy himoyasizligi, siyosat bilan axloqning haddan tashqari uzilib qolganligi, ijtimoiy ijodkorlikning so’nishi, boshqacha fikrlovchilarning muqarrar jazoga giriftor qilinishi, qullarcha tobelik vaziyatining avj oldirilishi, markaz bilan milliy respublikalar, shu jum-ladan, O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarning yalpi imperiyacha mohiyat kasb etishi xos bo’lib qoldi.
50-yillarning o’rtalari — 60-yillarning boshidagi «siyosiy iliqlik» davrida stalincha istibdod tizimining ayrim haddan oshish jihatlari bartaraf etildi. Biroq ular mustabid tuzumning negizlariga daxl qilmadi. Hokimiyat tepasiga Brejnev ma'muriyatining kelishi bilan stali-nizmning g’oyaviy oqlanish yo’li ko’zga tashlandi, puturdan ketayotgan tuzumni mustahkamlashga qaratil-gan mafkuraviy hujum kuchaytirildi.
Markscha iqtisodiy andozaning joriy etilishi og’ir oqibatlarga sabab bo’ldi. Sotsialistik iqtisodiyotga xos bo’lgan umumiy illatlardan tashqari, u O’zbekistonda xalq xo’jaligining mustamlakachilik yo’nalishini saqlab qolish bilan to’ldirildi. Respublikamiz iqtisodiy jihatdan birmuncha taraqqiy etgan bo’lsa ham, lekin u hukmron markaz tomonidan belgilangan doiradan chetga chiq-masligi, o’lkaning arzon xom ashyo manbalari va tabiiy boyliklaridan markazning bemalol foydalanishini kafo-latli ravishda ta'minlashi avvalgidek davom etishi lozim edi. Bu hol shunga olib keldiki, O’zbekiston butun sovet tarixi mobaynida «sotsialistik baynalmilalchilik»ning mafkuraviy asoslanishi ta'siri ostida o’sha-o’sha xom ashyo yetkazib beruvchilik vazifasini bajarib keldi. Uning iqtisodiyoti bir tomonlama — xom ashyo yo’nalishida bo’lib qoldi, kompleks tarzda rivojlantirilmadi, xalq ehti-yojlariga yetarli e'tibor berilmadi. Chunonchi, Ittifoq markazi tomonidan tiqishtirilgan mehnat taqsimotiga muvofiq, bu yerda tabiiy xom ashyoni qazib olish va unga birlamchi ishlov berish, qishloq xo’jalik mahsulot-
lari yetishtirish bilan bog’liq sanoat tarmoqlariga ustun-lik berildi. Respublika darajasidagi va respublikaga bo’ysunadigan ilmiy va mehnat salohiyatini rivojlan-tirishga, tayyor buyumlar ishlab chiqarishga moijallan-gan tarmoqlar tashkil etilmadi. Masalan, O’zbekiston-ning o’zida yetishtiriladigan jami paxtaning faqat 8— 10%i bu yerda qayta ishlanar, qolgan paxtaning hammasi Ittifoq yengil sanoat korxonalariga yuborilardi, qayta ishlov berish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish respublikadan tashqarida bajarilardi.
Bunday mustamlakachilik rejasi markazga O’zbek xalqining tabiiy boyliklari xazinasidan vahshiyona foy-dalanish imkonini berardi. Bizning o’lkamiz o’nlarcha yillar mobaynida kommunistik metropoliyani paxta, qorako'1 teri, xom ipak, tabiiy gaz, rangli va nodir me-tallar bilan, shu jumladan, oltin, mis, uran, qo’rg’oshin, rux va hokazolar bilan ta'minlab keldi. 80-yillarning boshlarida bir yilda yetkazib beriladigan oltinning o’zi 50 tonnagacha yetadi. O’zbekistondan olib chiqib ketilgan ulkan tabiiy resurslarning qiymati yuz milliardlab AQSh dollarini tashkil etardi. Markaziy hukumat esa respub-likaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga juda arzima-gan qoldiq mablag’larni ajratardi.
o’lkamizning markazga tobora ko’proq paxta yetka-zib beradigan ota meros mulkka aylantirilganligi uning mustamlaka ahvolida ekanligidan dalolat berardi. Ko’p yillar mobaynida hukm surib kelgan paxta yakkahokim-ligi, milliy iqtisodiyotning asosan paxtaga yo’naltiril-ganligi shunga olib keldiki, O’zbek xalqining boyligi hisoblangan paxta uning boshiga bitgan balo bo’ldi. Sun'iy ravishda singdirilgan paxta yakkahokimligi O’zbekistonning kambag’al respublika bo’lib qolishiga olib keldi, unga jiddiy ekologik xavf tug’dirdi, oziq-ovqat sohasida uni markazga bog’liqlikdan iborat tahqirlovchi ahvolga solib qo’ydi. Masalan, 70—80-yillarda respubli-ka aholisi jon boshiga to’g’ri keladigan milliy daromad Ittifoq bo’yicha o’rtacha darajadan 3 baravar kam bo’ldi. Bir tomonlama ixtisoslashuv natijasida O’zbekiston g’alla va go’shtning 70%ini, kartoshkaning 60%ini, qand-shakar, quruq sut va boshqa mahsulotlarning 100%ini chet-dan keltirishga majbur bo’ldi. Paxta yetishtirishning yil-dan-yilga ko’paytirib borilishi, xususan, yangi yerlarning ko’p miqdorda o’zlashtirilishi natijasida Orol dengizi suvining haddan tashqari kamayishi sodir bo’ldi, bu esa O’zbekistonni ekologik falokatlar zonasiga aylantirdi.
Ma'lumki, O’zbek xalqining
Do'stlaringiz bilan baham: |