Savol va topshiriqlar
1. Mirzacho’I, Qarshi, Surxon-Sherobod cho’llarini o’z-lashtirish uchun qanday yirik suv inshootlari bunyod etildi?
2. Qo’riq yerlarni o’zlashtirishdan Markaz qanday maqsadni ko’zladi?
3. Ittifoq hukumati aybi bilan cho’llarni o’zlashtirishda yo’I qo’yilgan xatolar qanday yomon oqibatlarga olib keldi?
4. Paxta ekin maydonlarining kengayishi qanday ekologik muammolarni keltirib chiqardi?
54-§. AHOLINI ISH BILAN TA'MINLASH VA MILLIY ISHCHI KADRLAR TAYYORLASH MUAMMOLARI
Aholining ish bilan bandligi. 70-yillarga kelganda aholining ish bilan bandligi muammosi juda keskinlashdi. O’zbekiston xalq xo’jaligining ishchi kuchiga haddan tashqari to’yinganligi, mehnatga
layoqatli ishlamaydigan aholi miqdori o’sishda davom etayotganligi, ishchi kuchiga talab va taklifning miqdoriy va sifat jihatidan nomutanosibligi, uzoq yillar davomida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda milliy va ijti-moiy omUlarning hisobga olinmaganligi aholining ish bilan bandligi darajasiga jiddiy ta'sir ko’rsatdi.
Respublikada aholi tez sur'atlar bilan o’sib bormoq-da edi. Har yili tayyorlanadigan mutaxassislarning 25 foizi o’ziga munosib ish o’rni topa olmasdi. Yangi ish joylari O’zbekistonda jiddiy muammoga aylandi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining o’sish sur'at-lari aholi umumiy sonining o’sish sur'atlariga nisbatan jadalroq bo’ldi. o’sha yillarda respublika aholisining 70 foizini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil qilgan.
O’zbekiston aholisining umumiy sonida O’zbeklar 1979-yilda 68,7%ni tashkil etdi. Aholi umumiy sonining o’sishida boshqa mintaqalardan doimiy yashash uchun ko’chib kelayotgan kishilarning hissasi ortib bordi. Ularning aksariyati shaharlarga kelib o’rnashdilar.
Bu omillar katta shaharlarda har bir kvadrat metr maydonga to’g’ri keladigan aholi sonining ko’payib, aholining nihoyatda zich yashashi bilan bog’liq muam-molarni keltirib chiqardiki, bu ishsizlikning yanada ortishiga olib keldi.
Aholining yuqoridagiga o’xshash omillar natijasida o’sib borishi shaharlarda ko’pgina muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Bunday ahvol, ayniqsa, Farg’ona vodiysidagi yirik shaharlarga — Andijon, Farg’ona, Namanganga ko’proq taalluqli edi.
Aholining haddan tashqari tig’iz yashashi, uning ta-biiy o’sishi va boshqa mintaqalardan ishchi kuchlarni keltirish hisobiga o’sish sur'atlarining yuqoriligi aholi shunday ham tig’iz joylashgan shaharlarda ijtimoiy muammolarni yanada murakkablashtirib yubordi.
Respublikada iqtisodiy va ijtimoiy siyosat uzoq vaqt mehnatga layoqatli kishilar ortiqchaligi, oilalarda bolalar ko’pligi, aholining mehnat ko’nikmalari o’ziga xosligi yetarlicha e'tiborga olinmagan holda amalga oshirildi. Buning oqibatida sermehnat tarmoqlar, ishlab chiqarishning kichik shakllari yetarli darajada rivojlanmadi. Sanoat korxonalarining filiallari va sexlarida sanoat xodimlarining 10 foizdan ozrog’i band edi. Mahalliy aholi o’rtasida kichik korxonalar g’oyatda manzur bo’lganligini hisobga olsak, bu ko’rsatkich juda past ekanligini anglash mumkin.
Ilmiy asoslanmagan noto’g’ri yo'1 bilan pala-partish joylashtirilgan ko’pgina sanoat korxonalari demografik va ekologik vaziyatni hisobga olmay qurildi. Ko’p mehnat talab qiladigan emas, balki ko’p fond talab qiladigan ishlab chiqarishlar, zararli chiqitlar va oqindi-lar salmog’i katta bo’lgan korxonalar barpo etildi. Respublika aholisining manfaatlariga xilof ravishda yirik shaharlarda o’nlab ishlab chiqarish korxonalari barpo qilindi. o’sha yillar mobaynida Toshkentda shahar aholisiga biron-bir narsa berish u yoqda tursin, unga katta ziyon yetkazadigan 70 dan ortiq korxona, ombor, bazalar joylashtirilgan edi. Ayni paytda Jizzax va Termiz kabi shaharlarda sanoat korxonalari juda kam qurilgan bo’lib, 80-yillar o’rtalarida ham o’z xom ashyo bazasida ishlaydigan bironta to’qimachilik va tikuvchilik korxo-nasi yo’q edi.
Umuman olganda, 70—80-yillarda respublikada ko’plab sanoat korxonalari qurilganligiga qaramasdan, 4,5 million kishi, ya'ni butun aholining 45%i turmush tarzi eng past darajada bo’ldi, ishsizlar soni salkam 1 mln ga yetdi. Ish bilan ta'minlanmaganlar orasida 16—29 yoshli yigit va qizlar 1970—1985-yillarda 33%dan 50%ga yetdi. Qishloq joylarda, ayniqsa, Buxoro viloyati va Qoraqalpog’istondagi qishloqlarda yoshlar orasida ishsiz-lar salmog’i bundan ham ortiq edi.
Biroq, ayni paytda, Toshkent, Farg’ona viloyati sha-harlari, Samarqand kabi yirik shaharlardagi sanoat kor-xonalarida band bo’lmagan ish joylari ham ko’p edi. Bu-ning sababi mahalliy aholida zarur mehnat ko’nikmalari va tegishli malakaning yo’qligi, mehnat va turmush sharoitining yomonligi, mehnatga haq to’lashning nis-batan pastligi, kadrlar tayyorlash, korxonalarni joy-lashtirish masalalari puxta o’ylanmaganligida edi. Ammo bu muammolarni hal qilishga urinilmadi, holbuki, boshqa mintaqalardan ortiqcha ishchi kuchlarini safarbar qilish bilan ular osonlikcha o’z yechimini topardi.
Aslini olganda, respublikamizda Ittifoq markazining manfaatlarini ko’zlab ko’plab korxonalar qurildi va shunga mo’ljallab boshqa mintaqalardan minglab kishi-lar keltirildi. Ularga ma'lum imtiyozlar berildi, ular turli qaror va farmoyishlar bilan himoya qilindi. Uy-joy Rossiyadan kelganlarga navbatsiz berilardi.
Mehnat bilan bandlik 1970-yilda 77%ni tashkil etgan bo’lsa, 1985-yilda 73%ga tushib qoldi. Mazkur muammo qishloq joylarida ayniqsa keskin tus olib bordi. Ish bilan band bo’lmagan aholining uchdan ikki qismi qishloqqa to’g’ri kelardi.
Respublikamizda sanoat korxonalarini joylashtirish ilmiy asosda olib borilmadi, ya'ni ularni joylashtirishda hududlarning xususiyatlari, xom ashyo, moddiy resurslar, malakali kadrlarning bor-yo’qligi hamda ekologik vaziyat kamdan-kam hisobga olindi. Mehnatga layoqatli aholini ish bilan band etish muammolari yillar davomida to’la hal etilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |