Annotatsiya o„quv qo„llanma «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari»


Masofadan zondlash ma’lumotlari (MZM)



Download 1,12 Mb.
bet30/58
Sana23.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#506701
TuriУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
2 bob

Masofadan zondlash ma’lumotlari (MZM) - bu yer satxida va uning qarida joylashgan obyektlari to’g’risidagi ma’lumotlar bo’lib, ular masofadan tasvirga olish jarayonida to’planadi.
Xususiy (atributiv) ma’lumotlarni kiritish tizimi (YET elementi), nomidan ko’rinib turganidek loyihalash tizimini (YESN) bitta yoki bir necha dasturlar bilan hisoblash hamda kiritiladigan grafikaviy obyektlar yoki ular qismlarining semantik tavsiflarini kiritish uchun zarur bo’ladigan turli o’lchamli ma’lumotlarni ham to’plam shaklida, ham muloqatli kiritishni ta’minlashga qaratilgan. Bu element yagona interfeys bilan birlashtirilgan, ularga kirishni interaktiv tartibda yoki boshqa dasturlar tamonidan beriladigan buyruqlar asosida ta’minlaydigan dasturlar kutubxonasini o’zida ifodalaydi.


18-rasm. Boshlang’ich plan-xarita materialini kiritish va oldindan ishlov berish tizimining yiriklashtirilgan chizmasi
Aylantirish tizimi (YER elementi) vazifalariga keyinchalik ular bilan ishlash uchun YTLATga boshqa avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanib, tayyorlan-gan ma’lumotlarni kiritish imkonini ta’minlash kiradi. Bu tizimning xozirgi bosqichdagi o’ziga hos xususiyati ma’lumotlarni almashishning yagona xalqaro formati yo’qligidir. Hozircha ma’lumotlarni uzatish va ularning sintaksisiga qo’yiladigan talablarga nisbatan kelishuv bor, grafikaviy ma’lumotlarni almashish uchun bir necha halqaro standartlar mavjud va ulardan eng taniqlilarining format- lari yetarlik darajada keng yoritilgan. Shunday qilib, ushbu muammo grafikaviy va o’lchamli ma’lumotlarni ajratib aylantirish asosida yechilmoqda, lekin, buning oqibatida ma’lumotlar uzatilgandan keyin qator xarajatlarni qaytadan bajarish zarurati tug’ilishi mumkin. Tizimni yaratishda grafikaviy elementlar va mos atribu- tiv (xususiy) ma’lumotlar orasida ikki tomonlama bir xil ahamiyatli aloqalarni o’rnatish bilan bog’liq barcha ishlarni minimallashtirishga xarakat qilish kerak.

    1. Loyihalovchi pastki tizimlar

YES elementi ayrim loyiha oldi masalalari, xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki yer tuzish masalalari, ishchi loyihalarini ishlash, nostandart so’rovlarga xizmat ko’rsatish masalalari yechimlarini ta’minlovchi pastki tizimlar to’plami hisoblanadi. Ular o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • muloqot tartibida (“nima bo’ladi, agar?” shaklida) loyiha oldi analitik hisoblashlarni o’tkazish bo’yicha masalalar majmuini;

  • yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni tashkil etish bilan bog’liq aniq loyihaviy masalalarni (xo’jaliklarning optimal o’lchamlarini aniqlash, ozuqa baza- sini, mehnat va yer balansini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratizim obyektlarini joylashtirish maydonlarini hisoblash va bog’lash); xo’jalikda ichki yer tuzish masa- lalari (ishlab chiqarish bo’limlarini, xo’jalik markazlarini, yer turlari va almashlab ekishni, dalalarni, sug’orish (ishchi) uchastkalarini, yo’llarni, o’rmon polasalarini va boshq. joylashtirish):

  • yer tuzish tadbirlarining ayrim turlari bo’yicha mustaqil ishchi loyihalarni ishlashni ta’minlovchi masalalarni (yerlarni o’zlashtirish, yaylovlarni tubdan yax- shilash, melioratsiya, daraxtlarni ekish, irrigatsiya tarmoqlarini qurish va sh.o’.).

Bu pastki tizimlarning barchasi vazifalariga u yoki bu hujjatni, uning to’la hajmida tayyorlashni avtomatlashtirish kirmasligi ham mumkin. Biroq pastki tizimlarning turli bittasi loyihalashning ayrim qismlarini va xarakatlarini avtomat- lashtirish hisobiga, loyihaviy yechimlarning sifatini va aniqligini oshirishni, loyihachilar mehnati unumdorligini o’stirishni ta’minlashi kerak.
YTLATda yer tuzish loyihalarining bajarilishi ustidan mualliflik nazorati pastki tizimi o’ziga xos vazifalarni bajaradi. U turli xil turdagi loyihalar bo’yicha barcha chiquvchi materiallar arxivi hisoblanishi bilan bir qatorda, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga yer tuzish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha yordam ko’rsatish uchun ham xizmat qiladi (ayrim loyihaviy yechimlarni turli xil qo’shimcha hisoblashlar va asoslashlarni o’tkazish yo’li bilan tuzatish). Uning vazifalari qatoriga ma’muriy tuman axborot-ma’lumot tizimiga kiradigan, yerdan foydalanish va uning holati ustidan nazorat qiluvchi pastki tizim bilan aloqani ushlab turish va ma’lumotlarini uzatish ham kirishi mumkin.
Kadastr ko’rsatkichlarini hisobga olish va ishlab berish tizimi (YEN elementi) o’z ichiga aniq yer uchastkalaridagi yer resurslari holati to’g’risidagi kenglik -lokallashtirilgan ma’lumotlarni oladi.
Yerni baholash tizimi (YEN elementiga kiradi) yerning tabiiy xususiyatlarini, antropogen ta’sir oqibatlarini, infratizim elementlari mavjudligini, joylashgan o’rni va sh.o’. hisobiga olgan holda, baholash bilan bog’liq masalalar to’plamini yechish uchun mo’ljallangan.
Yechim variantlarini baholash (YEO elementi) me’yoriy ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari, nomunaviy yechimlar bazasi ma’lumotlariga va rivojlanayotgan standartlarga, evristiklik kontseptsiyalariga mos tarzda loyihachining tajribasini taxlil qilish asosida olib boriladi .
Meyoriy baholash tizimi (YES elementi) vazifasi rivojlanayotgan standartlar kontseptsiyasini amalga oshirish hisoblanadi va asosan, loyiha variantini olish va baholashda tizimning boshqa elementlari (YES, YEO, YEE va boshq.) bilan ishlashga qaratilgan.
Yer tuzishda hozirgi vaqtda qo’llaniladigan ma’lumotlarga avtomatlashtiril- gan ishlov berish va ularni interpretatsiyalash tizimi (YEK elementi) yer tuzish masalalarini yechishda foydalaniladigan geodezik, kartografik, tuproq, geobotanik, yer kadastri, yer tuzish, baholash va boshqa ma’lumotlarni aylantirish (o’zgartirish bo’yicha mantiqiy-matematik xarakatlarning keng to’plamini amalga oshiradi. Mos algoritmlar hisoblash jarayonining aniq variantini aniqlovchi o’lchamlarni va ma’lumotlarga ishlov berish tartibini tanlashga (mumkin bo’lgan alternativlar qatoridan dasturlarni belgilangan ketma -ketlikda) suyanadi (19-rasm).


19-rasm. Ma’lumotlarga avtomatlashgan tarzda ishlav berish va ularni interpretatsiyalash jarayoni chizmasi
YTLAT tipidagi tizimlardan foydalanish jarayonida dasturlari ishlatiladi-gan kutubxona juda tez o’sadi, bu esa ishlab chiqarish sturlioitida ulardan foydala- nishni qiyinlashtiradi va yangi dasturlar yaratish, mavjudlarini takomillashtirish bilan shug’ullanadigan mutaxassislarning doimiy qatnashishini zarur qilib qo’yadi. Bu tizimni ishlatib turishni jiddiy qimmatlashtiradi va uning ishonchliligini pasaytiradi.
Hozirgi vaqtda qo’llanilayogan avtomatlashtirish texnalogiyalari loyihalashni to’la qamrab olmaydi. Bu jarayonda, ayrim xarakatlar mutaxassislar tomonidan qo’lda bajariladi. Bu muammoni to’la yechish sun’iy intellekt tamoyillarida faoliyat ko’rsatadigan tuzim yaratish bilan bog’liq. Hamma gap shundaki, ma’lumotlarga chuqur ishlov berish va ularni interpretatsiyalash hamda hulosalarni shakllantirish hamma vaqt ham qattiq mantiq asosida olib boriladigan hisobotlar orqali amalga oshirilmaydi. Ular evristik jarayon bo’lib, faqat tajribali, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ko’pchilik hollarda, o’rganilayotgan obyekt to’g’risidagi ma’lumotlarning va bilimlarning obyektiv yetishmasligi, turli qanday dasturiy majmuaning cheklangan imkoniyatlari sturlioitda, optimal yechimni topish talab etiladi .
Pastki tizimning amaliy dasturlari to’plamlarining mazmuni ular tomonidan yechiladigan aniq yer tuzish masalalari yig’indisiga bog’liq bo’ladi.

    1. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki

Grafikaviy va atributiv (xususiy) ma’lumotlarning va namunaviy yechimlarning (EBG, EBT va EBX elementlari) avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki o’zida ayrim loyihaviy yechimlarni amalga oshirish, hisoblashlar o’lchamlari, grafikaviy obyektlar va ular bilan bog’liq semantik tavsivlar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, ishlov berish va uzatish (taqdim etish) masalalarini yechishni ta’minlovchi matematik, dasturiy, axborot va lingvistik vositalar tizimini ifodalaydi. Ularda, kelajakdagi yer tuzish tadbirlarini rejalash, loyihalash va asoslash uchun YTLATning konstruktiv tizimlarida keyinchalik foydalanish maqsadida, eng o’ziga xos namunaviy yer tuzish tadbirlarining olingan natijalari va samaradorligi to’g’risidagi ma’lumotlar yig’iladi.
Avtomatlashgan banklarda saqlanadigan ma’lumotlar mos MBBT tomoni- dan boshqariladigan ma’lumotlar bazalaridan iborat bo’ladi va o’z ichiga so’rala- digan ma’lumotlarni, hujjatlar tizimini, klassifikatorlar va kodlashtiruvchilarni, bashoratlar va rejalarni, namunaviy loyihaviy yechimlarni oladi.
Turli bir bunday ma’lumotlar bazasi kenglik obyektlarining yozma bayonlash, saqlash va o’zgartirishga taalluqli, ma’lum qoidalar asosida tashkil etilgan, ular-ning joylashuvi va atributiv tashkil etuvchilari to’g’risidagi ma’lumotlardan tashkil topadi.
Bunda joylashuvlar to’g’risidagi ma’lumotlar qismi, odatda, YTLAT- ning dasturiy vositalari bilan tashkil etiladi va boshqariladi, atributiv qismi esa, u yoki bu tijorat MBBT tomonidan boshqariladi.
Ma’lomotlar bazasini shakllantirishda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish