Annotatsiya Har bir tilning tarixi, madaniyati, turmush tarzi uning o’g’zaki ijodi, maqollarida o’z aksini topadi. Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning tarjimasi haqida ba’zi tahliliy qarashlar o’z ifodasini topgan



Download 18,04 Kb.
bet1/2
Sana20.04.2022
Hajmi18,04 Kb.
#567743
  1   2
Bog'liq
Терду макола


INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARNING TARJIMASI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR
Karimova Hulkar Akram qizi
O’zJTU, II bosqich magistranti
Hulkar1998@gmail.com
Annotatsiya
Har bir tilning tarixi, madaniyati, turmush tarzi uning o’g’zaki ijodi, maqollarida o’z aksini topadi. Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning tarjimasi haqida ba’zi tahliliy qarashlar o’z ifodasini topgan.
Kalit so’zlar: lingvomadaniy, metafora, urf-odat, folklorshunoslik
Millatni o’zligini ko’rsatuvchi milliy qadriyatlarni, xalqning madaniyatini ifodalovchi omillardan biri bu xalq og’zaki ijodidir. Xalq o’g’zaki ijodining eng muhim janrlaridan biri bo’lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o’rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo’lgan maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o’rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janridir. Har biri tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy,ma'naviy-ma'rifiy,axloqiy-estetik va falsafiy qarashlari,qisqasi, O'zi va O'zligi to'la namoyon bo'lganidir.
Shu sababli maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli so'zlashuv va o'zaro nutqiy munosabatlarda foydalanibgina qolmay balki badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotlarda ham doimiy ravishda qo'llanilib kelingan va bugungi kunda ham juda faoldir.
Mashhur tilshunos V.Miderning maqol izohiga ko‘ra: “Maqol – xalqning qisqa, umumiy ma’lum bo‘lgan gapi bo‘lib, unda hikmat, haqiqat, axloq va an’anaviy qarashlar majoziy, turg‘un va esda qolarli shaklda o‘z ichiga oladi. avloddan-avlodga ma’naviy meros bo’lib qoladi” [6 b. 27-63]. Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, maqollar asosan metafora asosida bo‘lib, majoziy ahamiyatga ega. Garchi ko'plab olimlar maqol tushunchasi uchun bir nechta ma'noga ega bo'lsalar ham, Mieder tushunchasi ular orasida eng kuchlisi ekanligi ma'lum. Maqol tilning asosiy birligi emasligi sababli, u aqlli so'zlar yoki an'anaviy tushunchalar bilan metaforik denotatsiyani taqdim etuvchi oddiy gapdir.
Bundan tashqari, qisqa vaqt ichida ular nafaqat korxona tomonidan ishlab chiqarilgan. Xalq maqolida uzoq vaqt davomida aytilgan maqol ma'lum bir mamlakatning natijasidir. Ular yillar va asrlar davomida inson hayotining oddiy holatlarining ramkalari yoki namunalari sifatida o'tadi
Bizning maqsadimiz bitta til oilasiga kirmaydigan ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning semantik va lingvistik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Qolaversa, ushbu maqola yuqorida qayd etilgan inson odob-axloqiga oid maqollar bilan ham shu ikki tilda izohlanadi. V.A.Maslova “Lingvokulturologiyaga kirish” [3,208] nomli asarida zamonaviy lingvokulturologiyaning tadqiq yo‘nalishlari va metodologik asoslarini batafsil yoritib beradi. Uning nazariyasini bugungi zamonaviy tadqiqotlarda nafaqat tilshunoslik, balki boshqa tilshunoslik va falsafiy sohalarda ham qo‘llash foydalidir.
Yunon va rim antik davrlarga tarixan bo’g’langan ingliz tili o’ziga xos lingvo- madaniy jabhalarni o’zida aks ettirsa, uzoq o’tmishga ega o’zbek tilida yartilgan maqollar ham har bir zamon va makonda qiymatini saqlab kelmoqda.
Shunday ekan, har bir maqollarni ona timizga tarjima qilishda nafaqat hozirgi kun nuqtai nazari bilan, balki uzoq o’tmish, har bir xalqning o’ziga xos urf-odatlarini bilish nuqtai nazaridan yondoshmoq lozim, deb hisoblaymiz.
Maqollarni so'zma-so'z tarjima qilish boshqa tillardagi maqollarning mohiyatini ifodalash uchun mos vosita emas, chunki ularning mazmunida o'rganilayotgan tilda uchraydi. Bu maqolning asosiy ma'nosini xatoga olib kelishi mumkin. Ingliz va o‘zbek tillarida o‘xshash maqollarni topish usulidan so‘ng ushbu tillardagi farzand tarbiyasi haqidagi maqollarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun foydalaniladi:

  1. What children hear their parents say by the fireside, they repeat in the highway” maqolining o’zbek tiliga tarjima qilsak, “Qush uyasida ko’rganini qiladi” deb tarjima qilsih mumkin. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, farzand tarbiyasida ota-onaning, oilaviy muhitning o’ni beqiyos. Bu tarbiyaviy ahamiyatga ega maqol bir vaqtda ikki tilda ham bir xil ma’no kasb etadi.

  2. Reap as one has sown”[2.292]-“Har kim ekkanini o’radi” maqollarida ham ikki tildabir xil ma’no kasb etayotganini anglash mumkin.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan maqollardan ko’plab misollar keltirish mumki. Maqollarning bir xil ma’no berishi xalqlarning kishilarning tarbiyasiga yondashuvida mushtaraklik borligini ko’rsatib turibdi.
Lekin ayrim inglizcha maqollarning o’zbek tildagi aynan mos kelmasligi tarjimon oldida qiyinchilik to’g’diradi.

Download 18,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish