Annotatsiya
( “Temur Tuzuklari” asosida)
“Temur Tuzuklari” asari ham boshqa asarlar singari an’anaviy ikki qismdan tashkil topgan. Ushbu risola asosan podsholarning odob-axloqlari va turmush-tarzini belgilab beradi. Asar bilan tanishib chiqib shuni ayta olamizki, asarning birinchi qismi to’laligicha Amir Temur tug’ilishidan to vafotiga qadar boshdan kechirgan voqea hodisalarini qamrab olgan. Shu qatorda uning Mavorounnahrda markaziy hokimiyatni tashkil etishi, markazlashgan davlat tuzishi va o’zaro tarqoqliklarga barham berishini ham bilib olshimiz mumkin.
Risolaning ikkinchi qismi esa asosan Jahongirning nomidan aytilgan. Ushbu qismi tom manoda to’laligicha Jahongirning vasiyatlari va pand-nasixatlaridan tashkil topgan deyishimiz mumkin. Undan tashqari ushbu qism o’zida davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, davlat ishlariga mansabdor shaxslarni tayyorlash, ularga maosh berish tartibi, davlat arboblari va qo’shin boshiqlarining burch-vazifalarini qamrab olgan. Asarning yaratuvchisi kimligi esa anniq emas, lekn bo’lgan voqealar Amir Temurda tomonidan gapirib berilgan. Asarda ushbu mavzuda ham so’z borgan ya’ni “Temur Tuzuklari”ni Amir Temur yozganmi yoki aytib berilgan hikoyalar boshqa yozuvchilar tomonidan yozib olinganmi. Lekn aniqlik kiritilmagan. Ushbu asar ham huddi hozrgi davrda o’z an’anaviyligini saqlagan holda, hukmron tabaqa manfaatlarini himoya qilib yozilgan. Asarda Amir Temur obrazi ham ma’lum darajada tanqidga olingan deb aytishimiz mumkin, chunki uning yurishlari xalqning ko’payishini odini oluvchi vosita deb talqin etilgan. O’z ozodligi va vatanning mustaqilligini hohlagan xalq esa kofir deya talqin etilgan.
Asarni o’rganish davomida ko’p xolatlarda tarqoqliklar kuzatilsa-da lekn asarda fan uchun muxim malumotlar va faktlar ko’p uchraydi. Asar asosan XIV asr oxiri XV asr boshlarini o’z ichiga oladi. Shu davrlarda Mavorounnahrning siyosiy-ijtimoiy ahvoli, Temur va Temuriylar davlati, qo’shin va qo’shinning tuzilishi, o’sha davrdagi xalqaro munosabatlar haqida ko’plab malumotlar uchraydi. “Temur Tuzuklari” asarida amirlar haqida ham so’z boradi ya’ni amirlar asosan harbiy kishilar bo’lganligi aytib o’tiladi. Asarda amir unvoni Amir Temur davrida jami 313 kishiga berilganligi aytib o’tilgan.
“Temur Tuzuklari” da vazirlar, amirlar, hokimlarga berilgan in’omlar haqida ham so’z borgan. Yuqorida keltirilgan malumotlardan ham bilsak bo’ladiki, ushbu asar Amir Temur davri haqida ko’plab faktlarni o’zida jam qilgan. Yana asarda soliq va jarimalar haqida ham alohida to’xtalib, soliq to’lovchi xalqdan xiroj, sovurin, molu jixot kabi soliqlarni undirganligi haqida malumotlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |