11
1.3.2. Tekislikning perspektivasi
Fazodagi
Q
tekislik o„zaro kesishuvchi
m
va
n
to„g„ri chiziqlari orqali berilgan
bo„lsin (3-shakl, a).
m
ning kartina izi
m
k
bilan
n
ning kartina izi
n
k
ni birlashtirsak,
Q
tekislikning kartina izi –
Q
k
ga ega bo„lamiz.
S
dan
m
va
n
ga parallel o„tkazib,
ularning tushish nuqtalari
m
∞
va
n
∞
ni birlashtiruvchi to„g„ri chiziq albatta
Q
k
ga
parallel bo„ladi va u
Q
tekislikning tushish chizig„i deb atalib,
Q
∞
orqali belgilanadi.
3-shakl, b) da frontal joylashgan kartinada
Q
tekislikning tasvirlanishi ko„rsatilgan.
Shunday qilib, tekislikning tushish chizig„ini hosil qilish uchun ko„rish nuqtasi
S
orqali unga parallel tekislik o„tkaziladi va uning kartina bilan kesishuv chizig„i
yasaladi.
II Bob. SESSIYA ORALIG‘I VAZIFALARI
II. 1-§. Sessiya oralig‘i vazifalarining mazmuni
Maxsus sirtqi bo„limda tahsil olayotgan talaba fan bo„yicha bilimlarni o„quv
adabiyotlarini mustaqil ravishda mutoala qilish orqali egallaydi. O„qituvchi talabaga
turli o„quv adabiyotlarini tavsiya qiladi, yo„l-yo„riq ko„rsatadi, maslahat beradi.
Talaba sessiyalar oralig„i davomida berilgan vazifalarni bajaradi va reyting ball
to„playdi. Sessiya oralig„i vazifalarini bajarish orqali talaba fan yuzasidan talab
darajasidagi bilimga ega bo„ladi.
Perspektiva fani bo„yicha nazariy va amaliy bilimga ega bo„lish uchun sessiya
oralig„i vazifalari turli ko„rinishlarda beriladi. Masalan, savol-javob, grafik topshiriq,
masalalar yechish va test savollariga javob berish kabi bilimni tekshirishning turli
usullaridan foydalaniladi.
Dastlabki bosqichda perspektiva fani yuzasidan nazariy bilimni mustaxkamlash
va tekshirish uchun savollar beriladi. Berilgan ushbu savollarga talaba sessiya oralig„i
12
davomida yozma ravishda javoblar tayyorlaydi. Buning uchun o„quv adabiyotlari
bilan mustaqil ravishda shug„ullanadi. Perspektiva fanining xususiyatidan kelib
chiqib savollarga berilayotgan javoblar mazmuni chizmalar orqali boyitiladi.
Ikkinchi bosqichda sessiya oralig„i vazifalari mazmuni amaliy ravishda
bajariladigan grafik ishlarga bag„ishlanadi. Unga ko„ra talaba o„ziga biriktirilgan
variant boyicha grafik vazifa chizib topshiradi. Har bir talaba uchun alohida variant
beriladi. Har bir grafik vazifaning qanday bajarilishiga oid bitta chizma va uning
tushuntirish matni namuna sifatida keltirib o„tilgan. Grafik vazifa bajarish orqali
talabaning nazariy, amaliy bilimlari va grafik savodxonligi mustahkamlanadi.
Uchunchi bosqichda har xil masalalar berilgan. Unda talaba mustaqil ravishda
(masala shartiga ijodiy yondashib) masala shartini bajaradi. Buning uchun birinchi va
ikkinchi bosqichlarda o„zlashtirgan nazariy va amaliy bilimlari hamda o„quv
adabiyotlari yordam berabi. Bu bosqichda masala yechimiga doir namuna
berilmaganligi sababli talabadan mustaqil fikrlash va xulosa chiqarish talab etiladi.
To„rtinchi bosqichda perspektiva faniga oid test savollari beriladi. Test
savollariga javob berish orqali talaba yuqoridagi uchta bosqichda egallagan bilimlari
sifatini tekshirish va ularni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo„ladi. Shuningdek,
talaba bilimiga uning o„zi xolisona baho bera oladi. Quyida sessiya oralig„i vazifalari
mazmuni keltirib o„tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: