1. Kushon podsholigi — oʻzbek davlatchiligidagi qadimiy davlat (milodiy 1—3-asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yohud oʻrtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan.
Massagetlar (Xitoy yilnomalarida — yuechji) miloddan avvalgi 140
yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi oʻrnida 1 asr davomida 5 ta qabilaga boʻlinib yashagan. Bulardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabgʻusi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) milodiy 1-asrda qolgan 4 ta qabilani boʻysundirib, oʻzini hukmdor deb eʼlon qilgan.
„Kushon“ nomi yo sulola yoki qabilaga oid boʻlib, u ilk bor miloddan avvalgi 1-asr oxiri — milodiy 1-asr boshida hukmron boʻlgan podshoh „Geray“ — Sanab zarb qildirgan tangalarda qoʻllangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shim. Baqtriya (Tojikiston hamda Oʻzbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-sharqidagi hududlar) kirgan. Dastlab jabgʻu, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon podsholigiga asos solgan boʻlib, uning davrida kushonlar hozirgi Afgʻoniston bilan Pokistonning aksariyat qismini istilo qilgan. Kadfiz I ning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Hindistonning aksariyat qismi Kushon podsholigiga qoʻshib olingan. Kushon podsholigining eng ravnaq topgan davri Kanishka hukmronlik qilgan vaqtga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda kushon mulklarining shim. chegarasi Hisor tizmasi boʻylab, u yerdardagi togʻ daralarida gʻoyatda mustahkam chegara devorlari qurilgan.
Kushon podsholigi davrida janglar tez-tez boʻlib turishi natijasida mamlakatda harbiy asir-qullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan kurash olib borayotgan Kushon podsholigi Yaqin Sharqda hukmron boʻlish uchun Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo manfaatlari bu davlatlarni oʻzaro yaqinlashtirgan. „Buyuk ipak yoʻli“ boʻylab xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Sharqda — Sharqiy Turkistonning qoʻshib olingan shaharlar—vohalari orqali Xitoy bilan, jan.da — kushonlarga tobe Shim. Hindiston bilan, gʻarbda — dengiz yoʻli bilan, Misr orqali yoki quruqlikdagi yoʻl bilan Eron orqali Oʻrta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shimolda Xorazm va Uralboʻyi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. Janubiy Oʻzbekistondan kushonlar davriga oid 100dan ziyod shahar va qishloq harobalari aniqlangan. Bu davrda shahar va qishloq oʻzaro mustahkam aloqada boʻlgan: har 1 shahar atrofida koʻplab mayda qishloqlar joylashgan.
2. Somoniylar davlati (865-999) — Movarounnahr va Xurosondagi o'rta asr davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bog'liq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni o'z ichiga olganArab xalifasi Horun ar-Rashid vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun va Amin o'rtasida taxt uchun bo'lgan kurashda Ma'munga yordam berganliklari uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadilar. Chunonchi, Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg'ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka Somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag'ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. 9-asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida o'zgarishlar yuz berib, yurtga avval Nuh, so'ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o'z nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o'g'li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko'radi. 9-asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tassarufiga o'tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb etadi. Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va Ismoil o'rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g'olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o'z qo'l ostiga birlashtirdi va mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi va 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to'qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o'z ta'sirini qayta tiklashga qaror qiladi. Xalifa Mu'tazid safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o'rtasida urush boshlanib, Ismoilning g'alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Noilojlikda xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig'ini yuborishga majbur bo'ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o'z qo'l ostida birlashtiradi va Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylanadi. Somoniylar davlati, xususan, Movarounnahrning ravnaqida Islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo'ldi. Shu boisdan ularning obro'yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda Islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda koʻplab ibodatxonalar, shu jumladan, jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida O'rta Osiyodagi ilk ilmgoh - madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan. Mamlakat ma'naviy hayotida "ustod" deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom "shayx ul-islom" nomi bilan yanada ulug 'landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi. Somoniylar masjid, madrasa va xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar. Islom dini ravnaqi, shubhasiz, O'rta Osiyo aholisining mustaqil xalq boʻlib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Somoniylar davlati, xususan, Movarounnahrning ravnaqida Islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo'ldi. Shu boisdan ularning obro'yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda Islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda koʻplab ibodatxonalar, shu jumladan, jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida O'rta Osiyodagi ilk ilmgoh - madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan. Mamlakat ma'naviy hayotida "ustod" deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom "shayx ul-islom" nomi bilan yanada ulug 'landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi. Somoniylar masjid, madrasa va xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar. Islom dini ravnaqi, shubhasiz, O'rta Osiyo aholisining mustaqil xalq boʻlib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
3. Gʻaznaviylar davlati – Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahrda (X-XII asrlarda) yashagan turkiy davlat.
Gʻaznaviylar davlatiga Alpteginning gʻulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti Gʻazna shahri nomidan olingan. Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va boshqalar) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining noibi va qoʻshin amiri qilib tayinlangach (977), u bu mulklarni mustaqil boshqarishga kirishgan. 994–995 yillarda Xurosonda boʻlib oʻtgan 2 jangda somoniylar amiri Nuh ibn Mansur va noib Sabuktegin boshchiligidagi birlashgan qoʻshin isyon koʻtargan turk sarkardalari Abu Achi Simjuriy (Abulhasan Simjuriynint oʻgʻli) va Foyiq qoʻshinlarini tor-mor keltirish jarayonida Sabukteginning siyosiy nufuzi yanada ortadi.
Gʻ.d ning eng kuchaygan davri amir Sabuktegin, ayniqsa, sulton Mahmud Gʻaznaviy hukmronligi yillariga toʻgʻri keladi. 11-asr boshlariga kelganda Musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan Gʻaznaviylar davlatining chegaralari gʻarbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi hamda shim.-gʻarbda Xorazm va Orol dengizigacha choʻzilgan, sharqda esa Shim. Hindistonning kattagina qis-mini oʻz ichiga olgan va jan.da Balu-jistongacha yetgan edi. Mahmud Gʻaznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davlatini (1017) ham oʻz saltanati tarkibiga qoʻshib olgan. Biroq Janubiy Toxariston (hozirgi Shim. Afgʻoniston)dan tashqari Shimoliy Toxariston (hozirgi Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston) hududini ham egallash uchun gʻaznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari oʻzaro toʻqnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chagʻoniyon va Termiz gʻaznaviylarga boʻysundirilgan. Gʻaznaviylar bilan qoraxoniylar davlati oʻrtasidagi chegara Amudaryo deb eʼtirof qilingan. 1024–1025-yillarda Mahmud Gʻaznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib oʻtib, temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sugʻdga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjo'y)gacha boʻlgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronligidan chiqib, gʻaznaviylar taʼsiriga oʻtgan. Bu davrda Gʻaznaviylar davlati Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud Gʻaznaviyning oʻgʻli va valiahdi Masʼud Gʻaznaviy hukmronligi davrida (1030–1041) Gʻaznaviylar davlati oʻz qoʻl ostidagi hududlarni birin-ketin qoʻldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi.
11-asr oʻrtalaridan boshlab gʻaznaviylarning asosiy raqibi saljuqiylar boʻldi.
Gʻaznaviylar davlati tarkibidan 1-boʻlib Xorazm ajralib chiqdi. Gʻaznaviylarning xorazmdagi noibi Oltintosh vafot etgach (1032), uning oʻgʻli Horun gʻaznaviylarga qarshi isyon koʻtardi (1034). U saljuqiylar va qoraxoniylar bilan doʻstona aloqa oʻrnatib, Xorazmni gʻaznaviylardan mustaqil deb eʼlon qilgan. Bu paytda qoraxoniylar va gʻaznaviylar oʻrtasida Chagʻoniyon, Xuttalon, Termizni egallash uchun yana keskin kurash boshlangan.
Marv yaqinidagi Dandanakon jangi (1040 yil may)da Masʼud Gʻaznaviy qoʻshini saljuqiylardan yengilgach, gʻaznaviylar Xurosonni butunlay qoʻldan chiqarishdi. Magʻlubiyatga uchragan sulton Masʼud Gʻaznaviy Gʻaznaga qochgan va keyinchalik fitnachilar tomonidan oʻldirilgan (1041). Taxtga Masʼudning ukasi Muhammad oʻtirgan. Lekin Masʼudning oʻgʻli Mavdud (hukmronlik davri: 1041–1048) amakisi muhammadning qoʻshinini yengib, uni oʻldirgan va taxtga oʻtirgan. Sulton Mavdudning Amudaryo yuqori qismidagi viloyatlarni qaytarib olishdagi saʼy-harakatlari natijasiz tugagan. Sulton Farruxzod (hukmronlik davri: 1053–1059)ning harakatlari bir muncha samarali boʻlib, u ketma-ket ikki jangda saljuqiylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi. Lekin keyinchalik Alp Arslon gʻaznaviylarni yengishga muvaffaq boʻldi. Ikki oʻrtada tuzilgan bitim (1059)ga muvofiq, gʻaznaviylar Movarounnahr va Toxaristonga boʻlgan har qanday huquqlarini yoʻqotdilar. Ularning hududi Gʻazna viloyati va Shim. Hindistonning bir qismi (Panjob va boshqalar) bilan cheklanib qoldi. Bu hudud ham 12-asr boshlaridan boshlab asta-sekin qisqarib bordi. 12-asrning 60-yillarida Gʻuriylar davlati gʻaznaviylarni Shim. Hindistonga butunlay siqib chiqardilar, poytaxt Gʻaznadan Lohurga koʻchirildi (1161). Gʻuriylar davlati hukmdori Gʻiyosiddin Muhammad qoʻshini Lahorni bosib olgach, Gʻaznaviylar davlati butunlay tugatildi (1186).
Davlatni boshqarish. Gʻaznaviylar davlatida boshqaruv tizimi oʻzining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor faoliyati bilan bogʻliq xizmatlar va amallar kirgan. Gʻaznaviylar davrida hojiblik xizmatining oʻrni alohida eʼtiborga loyiq. Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdorning hujjatlarini yurituvchi), pardador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi), martabador (saroydagi oʻrta amaldor), xazinachi, joma xona va farrosh kabi mansab va xizmatlarning oʻrni katta boʻlgan.
Devonlar ijroiya idoralari boʻlib, oʻsha davr manbalarida 5 ta devon nomi uchraydi. Ular vazir devoni (bosh vazir devoni); harbiy ishlar devoni; elchilik va boshqa rasmiy tadbirlarni yuri-tish devoni; moliya devoni; pochta-xa-bar devoni.
Viloyat boshligʻini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan. viloyatlardagi boshqaruv ishlarni amid olib borgan. Shahar boshligʻini rais deb ataganlar. Shahar miqyosida shih-na, kutvol (qalʼa komendanti), sohibi devon (maʼmuriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat koʻrsatganlar.
Gʻaznaviylar davlati qudratli harbiy qoʻshinga ega edi. Oliy qoʻmondonlik hukmdorning ixtiyorida boʻlgan. Bosh qoʻmondon – sipohsolor esa sulolaning eng ishonchli vakili yoxud shu xonadon aʼzosi hisoblangan. Mas, Mahmud Gʻaznaviy sipohsolor mansabiga ukasi Muhammad Yusufni loyiq topgan. Yuqori darajadagi harbiy lashkar-boshilar salor, oʻrta darajadagilari sarhang deyilgan. Harbiylar oʻz pochta-xabar va qozilik xizmatlariga ega boʻlgan. Gʻaznaviylar qoʻshinida harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud edi.
Madaniyati. Gʻaznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud Gʻaznaviy ona tilisi turkiydan tashqari fors, arab, hatto pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan va oʻzi sheʼrlar bitgan. Uning saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va sanʼatkorlar toʻplanib, faol ijod bilan shugʻullanishgan. Abu Rayhon Beruniy, shuningdek, Farruxiy, Unsuriy, Manuchehriy kabi shoirlar, Nosir Xusrav, Utbiy, Gardiziy, Bayhaqiy shular jumlasidan boʻlib, Gʻaznada yashashgan. Beruniy oʻzining "Qonuni Masʼudiy" va Bayhaqiy oʻzining "Taʼrixi Masʼudiy" asarlarini Masʼud Gʻaznaviyga bagʻishlashgan. Firdavsiy mashhur "Shohnoma" dostonini Mahmud Gʻaznaviyga taqdim etgan. Biroq buyuk tabib Abu Ali ibn Sino Gʻaznaga – sulton saroyiga borishdan bosh tortgan. Shim. Hindistonni islomlashtirish va turklashtirish jarayoni aynan Gʻaznaviylar davridan boshlangan.
Gʻaznaviylar davlatida qurilish va meʼmorchilikka ham katta eʼtibor qaratilgan. Gʻazna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda koʻplab madrasalar, masjidlar, xonaqolar, saroylar va bogʻlar qurilgan, kutubxonalar faoliyat koʻrsatgan. Xususan, poytaxt Gʻazna shahri gullab-yashnagan.
3. Saljuqiylar davlati — Yaqin va Oʻrta Sharq, qisman Movarounnahrda saljuqiylar turkiy sulolasi boshqargan davlat (1038—1308). Saljuqiylar davlatiga Saljuqnning nevarasi Sulton Toʻgʻrulbek asos solgan. Saljuq turklari 11-asrning 20y.larida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud Gʻaznaviydan koʻplab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik gʻaznaviylar ularga qarshi lashkar joʻnatib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qalʼada tutqunlikda saqlashgan (1032 y. u hibsda oʻlgan). Saljuqiylar gʻaznaviylarga qarshi olib borgan koʻplab muvaffaqiyatli janglaridan soʻng Nishopurni egallab, oʻz rahbarlari Toʻgʻrulbekni sulton deb elon qildilar (1038). Dandanakon jangidagi gʻalabadan soʻng, u Xuroson hukmdori deb eʼlon qilindi. Asta-sekin saljuqiylar Xuroson, Xorazm, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq (Bagʻdod bilan birga)ni oʻzlariga boʻysundirdilar. Bagʻdodda Toʻgʻrulbek nomiga xutba oʻqitilgan. Abbosiylar xalifasi alQoim (hukmronlik davri: 1031—75) hokimiyatni Toʻgʻrulbekka topshirib, uni sulton hamda "Sharq va Gʻarb podshohi" deb tan olishga majbur boʻlgan va qizini unga xotinlikka bergan. Toʻgʻrulbek Rayni, uning ukasi Chagʻribek Dovud (990—1060) Marvni oʻzlariga poytaxt qildilar. 1050 yilda Toʻgʻrulbek poytaxtni Raydan Isfahonga koʻchirgan.
Alp Arslon va Malikshoh hukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam oʻrnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming kishilik qoʻshinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071—81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston, Gruziya, Shirvon ham boʻysundirilgan. Shu davrda Balx, Termiz (1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Fargʻona vodiysi saljuqiylar qoʻl ostida birlashgan.
Hatto Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham ularning ustunligini tan olishgan. Alp Arslon poytaxtni Isfahondan Marvga koʻchirgan. Saljuqiylar qoʻshinlari Arabiston ya.o.dagi Yaman va Bahrayn yerlarini ham oʻz tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli boʻlgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga koʻchirilgan. 11-asr oxirlarida Saljuqiylar davlati Sharqiy Turkistondan Oʻrta yer va Marmar dengizlarigacha boʻlgan katga hududni oʻz ichiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya oʻrtasida joylashgan. Salibchilarning Sharqqa qilgan yurishlarini toʻxtatishda saljuqiylarning xizmati katta boʻlgan.
11-asr oxirlaridan boshlab, Saljuqiylar davlati parchalana boshlaydi. Chunki 1-salib yurishi natijasida Saljuqiylar davlati Gruziya, Shirvon hamda Kichik Osiyoning sohil boʻyi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096—99). Saljuqiylar davlatidan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Mas, Kermon sultonligi (1041 — 1187), Shom (Suriya) sultonligi (1074—1117), Koʻniya sultonligi va boshqa saljuqiy sultonlar oʻgʻuz va boshqa turkiy urugʻlar boshliqlari, jasur jangchilarga iqto inʼom qilganlar. Mac, Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat — mulkka ajratib, ularni amirlar va lashkarboshilarga iqto tariqasida bergan. Katta-katta mulklarga ega boʻlgan iqtodorlar esa mustaqil boʻlishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan soʻng uning oʻgʻillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj oldi. Aka-uka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri: 1092—94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104— 25), Gʻiyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105—18) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarga qarshi kurash olib borishga majbur boʻlganlar. Saljuqiylar davlati tepasida oliy hukmdor — sulton (sulton ulaʼzam) turgan. Uning nomidan xutba oʻqilib, tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida oʻtgan. Mulk, yersuv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, amaldorlar ishini nazorat qilish va boshqa sultonning vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiylarning boshqaruv tizimi somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va devonlarga boʻlingan. Ulugʻ hojib, horis amiri (amiri horis), saloxdor, xos vakil, alamdor, jondor, tashtdor, sarhang , miroxur dargoxdagi asosiy lavozimlar sanalgan. Bosh vazir devoni aʼlo — markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tugʻro, devoni istifo(moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz (harbiy vazirlik) kabi rasmiy devonlar boʻlgan. Viloyat boshliklari (voliylar) ham oʻz devonlariga ega boʻlishgan. Voliylar sulton tomonidan tayinlangan boʻlib, ular viloyat hayoti bilan bogʻliq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham deyarli shunday boʻlgan.
4. Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati (840-1212) — Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning jan. yon bagʻrida tashkil topgan turkiy davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qd.ning barpo etilishida turkiy qarluq, chigʻil va yagʻmo qabilalari yetakchi rol oʻynagan. Qoraxoniylar tarixining eng yirik va umume'tirof etilgan mutaxassisi B.Kochnev taʻkidlaganidek, Qoraxoniylar oʻzlarini afsonaviy Turon shohi - Afrosiyob avlodlari qatoriga qoʻshib, oʻzlarining sulolasini "al-Afrosiyob" - Afrosiyob avlodi deb atashgan, yozma manbalarida ular Xoniylar yoki Xoqoniylar deb nomlangan. [1]. Amerikalik mutaxassis Robert Dankoff Qoraxoniylarning ajdodi Afrosiyobning haqiqiy asl ismi Alp Er Tunga boʻlgan deb taxmin qilgan. 840 yilda [3] Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yagʻma" yoki "ilakxon" boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy urugʻlar - qorluqlar, chigillar, argʻular, yagʻmalar va boshqa xalqlar kirgan boʻlib, ular 960-yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti 10-asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon hokimiyatni egallab, oʻzini "Qoraxon" deb eʼlon qiladi. Bugʻroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan ulugʻlangan. Qoraxoniylar davlati 1006 yil 992-yili elikxon Bugʻra boshchiligidagi Qoraxoniylar qoʻshini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar gʻalabasiga Bugʻraxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abuali Simjur oʻrtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab boʻlgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishgʻol etadilar, amir Nuh esa Chorjoʻyga qochishga majbur boʻladi. Ammo Bugʻraxon kasallanib, oʻz vatani Koshgʻarga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta oʻlja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yoʻlboshchisi boʻlgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996-yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi.
5. Sharqiy Turkiston — Oʻrta Osiyodagi hudud, Xitoy tomonidan bosib olingan. (Shinjyang-Uyg`ur avtanom tumani XXR).
Sharqiy turkiston hududida 2 marotaba erkin davlatlar tashkil topgan.
Sharqiy Turkiston Islom Respublikasi (1933).
Sharqiy Turkiston Inqilobiy Respublikasi (1944-1949).
Sharqiy Trukiston hududida yaqin kunlargacha xitoyliklar yashamagan. Bu hudud asosan Islom diniga eʼtiqod qiluvchi Uyg'urlar va Qozoqlar yashashgan.
Bir vaqtlar xozirgi Sharqiy Turkistonning tub aholisi tomonidan buyuk sivilizatsiya yaratilgan va Xitoy hamda O'rta Osiyo madaniyatiga katta tasir koʻrsatgan. Oʻz vatida Sharqiy va Gʻarbiy Turkiston yagona davlatga birlashgan edi.
Hududdagi islomiy toʻqnashuvlar natijasida vujudga kelgan notinch vaziyatdan unumli foydalanib olgan Jung'orlarning xoni Galdan Sharqiy Turkistonni bosib oladi. Keyinchalik Xitoyning Manchjursulolasi tomonidan bosib olinadi.1759 yilga kelib Uygʻuriston toʻliq xitoy-manchjur askarlari tomonidan bosib olinadi.Bosib olingan yer xitoy tilida Sintzyan (Yangi yer) deb atala boshlandi.
Butun XIX asr davomida Sharqiy Turkiston aholis faqat ozdlik uchun boʻlgan inqiloblar ostida yashaydi (1825—1828, 1857, Yettishahar 1862—1872 yillar). XX asrda esa 1931—1933, 1944—1949 yillarda boʻlib oʻtadi.
Xozirgi kunga kelib XXR hududga xitoyliklarni koʻchirish faol siyosatini olib boryapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |