Rasmiy uslub hozirgi o`zbek tilining davlat-ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo`ladigan ko`rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas, barcha rasmiy ish qog`ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning og`zaki va yozma ko`rinishlari, binobarin, ushbu ko`rinishlarning o`z me’yorlari mavjud. Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab
Qolip. Ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o`ziga xos bayon etish qolipi bo`ladi. Ayni paytda, ularning har birining alohida so`z va turg`un birikmalari ham mavjud bo`ladi. Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so`zlashuvga xos so`zlar, emosional-ekspressiv bo`yoqqa ega bo`lgan so`zlarning ishlatilishi me’yor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi. Rasmiy uslubning grammatik me’yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot so`z turkumiga oid so`zlar ko`p ishlatiladi. Noaniqliklarga yo`l qo`ymaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi. Bu us-lubda fe’lning harakat nomi shakli faol qo`llaniladi, gapning kesimi ko`pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi.
Ilmiy uslub ilmiy asarlar uslubidir. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo`ladi. Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o`quv qo`llanmasi, o`quv-uslubiy qo`llanma, dastur, ma’ruza matnlari, taqriz, referat singarilar uning ana shu janr ko`rinishlari hisoblanadi. Garchi ularning har birining bayon usuli va uslubi ma’lum darajada bir-birlaridan farq qilsa-da, til birliklaridan foydalanish me’yoriga ko`ra umumiylikni tashkil etadi.
1. Aniqlik. Har qanday ilmiy bayon, xulosa, shubhasiz, aniqlikni talab qiladi. Shuning uchun bu uslubda so`zlarni aniq, asosan bir ma’noda qo`llash, sinonimik qatordagi variantlardan masalaning mohiyatini birmuncha aniq ifoda etadigan variantini tanlash, hyech bo`lmaganda, neytral variantini qo`llash taqozo etiladi. Terminlarni qo`llash bu uslubning asosiy xususiyati sanaladi.
2. Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til mate-riali fikrning haqqoniyligi, obyektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi. Ma’lum bo`ladiki, haqqoniylik, obyektivlik nihoyatda murakkab jarayon bo`lib, uning reallashuvida faqatgina til birliklariga tayanib ish ko`rish qiyin. Uni vaziyat, suhbatdoshlarning bir-birlarini bilishi va tushunishi kabi ekstralingvistik omillar ham belgilashi mumkin.
3. Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o`ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Matnda so`zlar, gaplar, abzaslar o`zaro mantiqiy bog`langan bo`lishi lozim. Shuning uchun ham ilmiy matnlar bu izchillikni yuzaga keltiruvchi ma’lumki, ma’lum bo`ladiki, ta’kidlash lozimki, ta’kidlash o`rinliki, darhaqiqat, binobarin, shunday ekan, birinchidan, ikkinchidan, ko`rinadiki, ta’kidlash joizki, xulosa qilib aytganda, xulosa qilganimizda, birgina misol, faqat bugina emas singari ko`plab bog`lovchi vazifasini bajaradigan so`z va birikmalar qo`llaniladi.
4. Qisqalik. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos xususiyatdir. Shuning uchun unda tilning tasviriy imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi. Gaplar darak mazmunida bo`lib, asosan sodda yoyiq holda bo`ladi. Agar fikr qo`shma gaplar yordamida ifodalansa, bog`lovchilarning faol ishlatilishi kuzatiladi.
Publisistik uslub. O`zbek tilshunosligida publisistik uslub T.Qurbonov tomonidan maxsus o`rganilgan. Tadqiqotlarda publisistik uslub ommaviy axborot vositalari, xususan, gazeta, jurnal, radio, televideniye materiallari uslubi ekanligi qayd etilgan. Gazeta va jurnallarning materiallari adabiy tilning o`ziga xos ko`zgusi hisoblanadi. O`zbek tilshunosligida A.Boboyeva, K.Yusupov, A.Abdu-saidov va boshqalarning ilmiy izlanishlarida gazeta tiliga xos belgilar ko`rsatilgan.
Keyingi yillarda radio va televideniye tilini o`rganish sohasida ayrim tadqiqotlar yuzaga keldi. Ma’lumki, radio tili funksional uslublar orasida publisistik uslubning bir tarmog`i hisoblanadi. Unga baho berishda publisistik uslubning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish, ya’ni funksional-stilistik xususiyatlarini yoritish muhimdir. Tadqiqotchilar ta’kidlagani-dek, “Radiomatn har qanday matnga xos belgilarga ega. U: 1) lisoniy bo`lmagan borliqqa taalluqli; 2) mazmunan tugallangan; 3) muayyan ohangli; 4) kommunikativ maqsadga yo`naltirilgan; 5) tinglovchilar auditoriyasiga mo`ljal-langan; 6) lisoniy, tarkibiy va kompozision tuzilishga hamda biror janrga xos bo`ladi”.
Keyingi yillarda OAVda nutq madaniyati masalalarini o`rganishga doir maxsus ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Masalan, D.Teshaboyevaning «Ommaviy axborot vositalari tilining nutq madaniyati aspektida tadqiqi (O`zbekiston Respublikasi OAV misolida)» mavzuidagi doktorlik dissertastiyasida davlat OAV tilining nutq madaniyati me’yoriylik, kommunikativlik va etik aspektlarda o`rganilgan tadqiqot sifatida katta ilmiy ahamiyatga ega. Unda "Zamonaviy televideniye tilining asosiy xususiyatlari" atroflicha yoritilgan. Chunki o`zbek tilshunosligi yoki jurnalistikasida televideniye tili hozirgacha maxsus o`rganilmagan.
O`zbek tilshunosligida publisistik uslub T.Qurbonov tomonidan maxsus o`rganildi. Bu uslub OAV, xususan, gazeta, jurnal, radio, televideniye material-lari uslubidir. Tilshunoslik va jurnalistikada "publisistika janrlari", "gazeta janrlari" terminlari hozirgi vaqtda kam ishlatilmoqda. Adabiyotshunoslikda ham "publisistika janrlari" terminining qo`llanishi mustahkam o`rnini egallagan. Lekin o`zbek tilshunosligida "gazeta janrlari" termini hozirgacha o`zining aniq ifodasini, obyektini topgan emas, u "publisistika janrlari" termini bilan birga parallel qo`llanmoqda. Yana bir muammo shundaki, gazeta materiallari janrlar bo`yicha aniq o`z tasnifiga ega emas. O`zbek tilshunosligi va jurnalistikasidagi mavjud adabiyotlarda ular turlicha miqdorda umumiy tarzda sanaladi, xolos. Gazeta materiallarini janrlar bo`yicha guruhlarga ajratish e’tibordan hamon chetda qolib kelmoqda.
"Gazeta tili", "Gazeta janrlari uslubiyati" maxsus kurslari dasturi hamda "Jurnalistik ijod nazariyasi va amaliyoti (janrlar)" kursi dasturida gazeta janrlari va ularning tasnifi keltirilgan. Ularda o`zbek tilshunosligida "gazeta janrlari"ning belgilab berilganligini, janrlar tasnifidagi ba’zi turli xilliklarga qaramasdan, bu sohaga bir muncha aniqliklar kiritilganligini alohida ta’kidlash lozim. T.Qurbonov tadqiqotlarida publisistik uslub janrlari ajratib ko`rsatilgan. U publisistik uslubning quyidagi janrlarini qayd etgan: xabar, reportaj, korrespon-densiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola, ocherk, felyeton, pamflet, lavha, partiya va hukumatning direktiva va qarorlari, axborot, turli sharhlar, taqriz, ijtimoiy-siyosiy esse, ochiq xat, xalqaro xabar, chaqiriq
E’tiboriz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |