Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi(Biologiya)magistratura bosqichi magistranti Sattorova Madina Abduvaxob qizi Shifobaxsh "Crocus sativus L



Download 17,66 Kb.
bet1/4
Sana04.10.2022
Hajmi17,66 Kb.
#851314
  1   2   3   4
Bog'liq
asosnoma topinambur


70110901 Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi(Biologiya)magistratura bosqichi magistranti Sattorova Madina Abduvaxob qizi Shifobaxsh "Crocus sativus L. o’simligining plantatsiyasini tashkil qilish asoslari va mavzuni pedagogik texnologiyalar asosida o’qitilishi" mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi mavzusi bo’yicha

ASOSNOMA
Magistr:Sattorova Madina Abduvaxob qizi
Dissertatsiya mavzusi: Shifobaxsh Crocus sativus L. o’simligining plantatsiyasini tashkil qilish asoslari va mavzuni pedagogik texnologiyalar asosida o’qitilishi.
Ilmiy rahbar: “Biologiya va uni o'qitish metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi b.f.f.d. dots Xamrayeva Nafisa Tirkashevna
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmog’i: Botanika, biologiya o‘qitish metodikasi
Ish bajarilayotgan tashkilot:Jizzax davlat pedagogika instituti
E-mail: jdpiok@intal.uz
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati:
Ma’lumki sayyoramiz aholi soni bugungi kunda jadal sur’atlar bilan oshib bormoqda.Aholi salomatligini saqlash, ularni turli xil kimyoviy dori vositalardan emas, balki tabiiy dorivor o‘simliklar bilan davolash uchun dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ayniqsa qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning asosiy tarmog’ini tashkil etadigan bizning respublikamizda bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu masalada za'faron oʻsimligi anchayin istiqbolli hisoblanadi. Mazkur oʻsimlikdan turli sohalar masalan, tibbiyot, atir-upa, bo‘yoqchilik sohalarida foydalanish mumkin.
Maʼlumki, zaʼfaron insoniyatga ziravor sifatida isteʼmol qilinishi toʻrt ming yildan koʻproq tarixga ega boʻlib, boʻyoq sifatida neolit davrida togʻlarda qoya toshlariga rasm chizishda ishlatilgan. Qadimgi Mesopotamiyada uni taomda ishlatilgan izlari arxeologlar tomonidan aniqlangan. Yozuvlarda u haqda birinchi eslatmalar Shumer sivilizatsiyasi qoldiqlarida kuzatiladi. Eronda eramizdan avvalgi X asrda zaʼfaron tolalarini qurbonlik oʻraladigan matolarni boʻyashda ishlatilgan, undan shuningdek kuchli tomizgʻi sifatida foydalanib, attorlik mollari va lazzatli yogʻlar tayyorlashgan. Iskandar Zulqarnayn armiyasida jarohatlarni davolashda ishlatilgan. Qadimgi Ahdda (Tavrotda) zaʼfaron qurbonlik qilishda yordamchi vosita, boʻyoqchilik va attorlik moddasi sifatida ishlatilishi haqida bitilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida shifobaxsh dori vositasi sifatida eslatilgan. Sharqda budda monaxlari liboslarini boʻyash uchun ishlatilgan. Yevropada uni ishlatgan boylar jamiyatda kiborlar tabaqasiga mansubligini ifodalagan. Rim arkoni davlati zaʼfaronni dori sifatida, teri va matolarga boʻyoq, attorlik moddasi sifatida ishlatgan. U – eng mazali ziravor, sifatli tabiiy boʻyoq moddasi va qimmatbaho attorlik vositasi, hamma dardlarga davo boʻluvchi moddadir.
Sharqda ilgarilari u “qizil oltin” deb nomlangan. Zaʼfaron qim-matbaholigining sababi ikkita: birinchidan, uni yetishtirish juda mashaq-qatli ish, ikkinchidan, xushboʻyligi, taʼmi va davolash xususiyatlari boʻyicha zaʼfaron ziravorlar orasida tengsizdir.
Qadimgi zamonlardan maʼlumki, u nodir va bemisl xususiyatlarga ega. U ogʻriqni qoldiruvchi, quvonch va xursandchilik baxsh etuvchi, tushkunlikdan chiqaruvchi, quvonch gormoni – serotonin ishlab chiqarish xususiyatiga egadir. Shunday qilib, zaʼfaron – inson doimiy isteʼmol qilishga oʻrganib qolmaydigan, yengil psixotrop moddadir.
Zaʼfaron ovqat hazm qilishni yaxshilab, ishtahani ochadi, organizmning hayotiy faolligini yaxshilaydi, kishilar undan oshqozon, yurak, jigar nafas olish aʼzolari va asab tizimini mustahkamlashda, buyraklarni tozalashda, ogʻriqni qoldirishda, tinchlantiruvchi, peshob, oʻt va ter haydovchi vosita sifatida foydalanishadi. Lekin homiladorlikda uni isteʼmol qilib boʻlmaydi, chunki u homilani muddatidan oldin tushishiga sabab boʻlishi mumkin.
Zaʼfaron dorishunoslik sanoatida keng ishlatiladi, u sharq tabobatining 300 dan ortiq dori-darmonlari tarkibiga kiradi. Uning damlamasi bilan qadimda kataraktani davolashgan, hozirgi vaqtda ham u koʻzga tomiziladigan dorilar tarkibiga qoʻshiladi.
Zaʼfaron butun organizm hujayralarini oziqlantiradi, terini silliq qiladi, rangni tiniqlashtiradi, xotira va aqliy faoliyatni yaxshilaydi, kayfiyatni koʻtaradi. Zaʼfaron 100 dan ortiq xastaliklarni davolovchi shifobaxsh xossalarga ega. Amalda har qandalik xastalik, u boshlanish bosqichidami yoki rivojlangan oxirgi bosqichidami, bundan qatʼiy nazar, zaʼfaron yordamida 85-87 % ga shifo topadi. Tadqiqotlar buni qayta-qayta isbotlagan.
Shu bilan birgalikda respublikamizda so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda.
2019-yilda 48 mln AQSh dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor o‘simliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan.
Shu bilan birga, tahlillar dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, ularning plantatsiyalarini tashkil etish, qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash maqsadida: Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-4670 10.04.20 qabul qilinganligi ham mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi.
Yuqorida keltirilgan muammolarni hisobga olgan holda, za'faron oʻsimligini oʻstirishni, uning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini kengroq yoritishni va biologik xususiyatlarini yanada chuqurroq o’rganishni va za'faronning vegetativ organlari,generativ organlari ustida qator biotexnologik tajribalar olib borishni muhim masalalardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi.

Download 17,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish