ALOHIDA OYNA KO`RINISHIDAGI ASBOBLAR PANELI. Boshqa dasturlar uchun oynaga ko`chirishning boshqa yo`llari inobatga olingan bo`lishi kerak. Hatto ofis dasturlarining oldingi variantlarida ham bittagina usul bor edi: panelni ekranning boshqa bir qismiga siljitishi uchun «Sichqonchani» uning fonidan – asbob tugmalari orasidan ilib olib harakatlantiriladi. «Sichqoncha » tugmasini bosib turgan holda panelni dastur oynasiga olib o`ting.
Panel oynaga aylanib qoladi. Undan so`ng asboblar paneli oynasi bilan ishlash kulay bo`lishi uchun uning o`lchamini o`zgartirish mumkin. Buning uchun «Sichqonchani» oyna chegarasiga shunday olib keling-ki, kursor ikki taraflama ko`rsatkich vaziyatini olsin . Shu onda «Sichqoncha» tugmasini bosib turgan holda oyna chegarasini kerakli vaziyatga keltiring.
Asboblar panelini dastur oynasining ustgi yoki ostgi chegarasi bo`ylab joylashtirish uchun panel oynasining Sarlavhasini «Sichqoncha» bilan ilib oling va uni kerakli joyga siljiting. «Sichqoncha» tugmasini qo`yib yubormay, asboblar paneli joylashtiriladigan holatni tekshirib ko`ring (dastur siljishi bilan yangi vaziyatni aks ettiradi).
Agar siz panelni boshqa mavjud asboblar panelidan yuqori yoki quyida joylashtirmoqchi bo`lsangiz, «Sichqonchani » kerakli tarafga suring. Agar asboblar paneli dastur oynasi kenligidan qisqa bo`lsa, panelni gorizontal bo`yicha surish mumkin. Uning chap chegaradagi ikkitali chiziqchani bosing va uni o`ng yoki chapga harakatlantiring.
Holat satri. U dastur holatini aks ettiradi. Amalga oshirilishi bo`lgan operasiyalar haqida oldindan ba`zi ma`lumotlarni chiqarib beradi. O`sha ondagi axborotni (masalan, kursorni Hujjatdagi holatini ), shuningdek maxsus tugmalarni (bosilgan-bosilmagan) holatini kursatib beradi.
Hujjat bo`ylab siljish tugmalari tahrir qilinayotgan Hujjat bir necha sahifadan iborat bo`lganda ishlatiladi. Chekkadagi (vertikal chiziqchasi bor) tugmalar bosilganda, sizni birinchi yoki oxirgi sahifaga olib o`tadi.
Asboblar paneli. Ekranda kurinib turgan asboblar paneli odatda, menyuning ( Vid – Paneli instrumentov ) – ko`rinish –
asboblar paneli buyrug`i yordamida boshqariladii. Asboblar paneli oynaning yuqori, pastki chegarasi bo`ylab yoki aloxida dastur oynasi ko`rinishida aks ettirilgan bo`ladi.
Photoshop dasturi ishga tushganda oynaning chap qismida instrumentlar paneli joylashgan bo`ladi.