-
KLASTER
4 - MAVZU: AXBOROT TIZIMLARI HAQIDA TUSHUNCHA.
“TASDIQLAYMAN”
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari ______________ O`.Temirov
“_____” _________ 201___ yil
AMALIY DARS REJASI № 4
Mashg`ulot o`tkaziladigan joy: Kompyuter xonasi
Guruhlar
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
Dars o`tiladigan
sana
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1. O`quv fanining nomi: Informatika va axborot texnologiyalari
Mavzu nomi: Axborot tizimlari haqida tushuncha
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy: : Axborot tizimlari haqida tushunchaga ega bo`lish.
b) tarbiyaviy: O`quvchilar bilimini oshirish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilar dunyoqarashini rivojlantirish
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o`zlashtirgandan so`ng o`quvchilar quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar:
Tizim tushunchasi.
Axborot tizimi tushunchasi
Ta’lim metodlari: “BILAMAN/BILISHNI XOXLAYMAN/ BILIB OLDIM”
Baholash metodlari: Savol-javob
Axborot manbalari va texnik vositalari: Kompyuter, proyektor, slaydlar
Dars turi: Amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 90 minut
Uyga vazifa: O`tilgan mavzuni o`qib kelish
AMALIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/r
|
Mashg`ulot bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg`ulot mazmuni
|
Ta’lim metodlari
|
Ta’lim vositalari
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
10
|
Salomlashish, davomat
|
|
Jurnal, ruchka
|
2.
|
Kirish qismi (Motivatsiya)
|
15
|
Uyga vazifani tekshirish
|
|
Daftar, kitob, kompyuter
|
3.
|
Yangi mavzuning bayoni
|
20
|
Tizim tushunchasi.
Axborot tizimi tushunchasi
|
B/BX/B vositasi
|
Daftar, kitob, kompyuter, doska
|
4.
|
Mustahkamlash
(Qo`llash)
|
35
|
Kompyuterda bajarish
|
|
Daftar, kitob, kompyuter, doska
|
5.
|
Yakuniy
qism
|
10
|
O`quvchilarni baholash,
O`tilgan mavzuni o`qib kelish
|
|
Jurnal, ruchka
|
O`qituvchi:_______________________________________________ _______________
(F.I.Sh.) (Imzo)
4- MAVZU: AXBOROT TIZIMLARI HAQIDA TUSHUNCHA.
Reja:
Tizim tushunchasi.
Axborot tizimi tushunchasi
Tayanch iboralar: tizim, qon aylanish tizimi, shahar telefon tarmoqlari tizimi, axborot tizimi, dasturiy ta’minot, apparatli ta’minot, ma’lumotlar ombori, taqsimlangan ma’lumotlar ombori, ma’lumotlarni tartiblash.
Axborot tizimidan oldin «Tizim nima?» degan savolga javob beraylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmui tushuniladi.
Turli elementlardan tashkil topgan va turli maqsadlarga xizmat qiluvchi tizimlarga misollar keltiramiz:
№
|
Tizim turi
|
Tizim elementlari
|
Tizimning asosiy maqsadi
|
1.
|
Korxona
|
Odamlar, qurilmalar, materiallar, bino va h.k.
|
Mahsulot ishlab chiqarish
|
2.
|
Kompyuter
|
Elektron va elektromexanik qurilmalar
|
Ma’lumotlarni qayta ishlash
|
3.
|
Telekommuni-
kasion tizim
|
Kommunikasiya vositalari, elementlar, aloqa kanallari, qurilmalar
|
Aloqa kanallarini o’zaro bog’lash va ma’lumot almashinuvini ta’minlash
|
4.
|
Axborot tizimi
|
Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, odamlar, axborot, dasturiy ta’minot va boshqalar.
|
Axborotlarni avtomatlash-
gan holda qayta ishlash
|
Informatikada «tizim» tushunchasi ko’proq texnik vositalar va dasturlar to’plamiga nisbatan ishlatiladi.
Kompyuterning texnik qismini «tizim» deb tasavvur etish mumkin. Shuningdek, hisobotlarni tayyorlash va elektron hujjatlar oqimini boshqarish kabi amaliy vazifalarni xal qilishga mo’ljallangan dasturlar to’plamini ham «tizim» deb hisoblash mumkin.
Xo’sh, bunday vaziyatda «Bu axborotlardan qanday foydalanish kerak?» degan tabiiy savol turadi.
Bunday savolga javob berishda ma’lum ketma-ketlikda ish yuritishimiz lozim bo’ladi. Shuning uchun ishni axborotni olish, uni saqlash va bir joydan boshqa joyga uzatishdan, ya’ni axborot tizimlaridan boshlaymiz. Belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakli va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash prinsiplariga, qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarning o’zaro bog’langan majmuiga axborot tizimi (AT) deyiladi.
Axborot tizimining asosiy vazifasiga berilgan turdagi axborotni izlash, uni qayta ishlash va qiska vaqt ichida kerakli joyga uzatish masalalarini xal qilish kiradi. Kompyuter axborot tizimi bilan samarali ishlaydigan elektron qurilmadir.
Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasining yangi turdagi vositasi hisoblanadi. Ular yuqori darajada pishiqligi, ihcham ko’rinishi, kam energiya sarflashi va mobilligi bilan ajralib turadi.
Ularning bu xususiyati avtomatlashtirilgan ishchi joylari yaratish imkonini beradi. Bunday avtomatlashtirilgan ishchi joylari davlat boshqaruv organlari, loyixa-konstruktorlik byurolari, sanoat va qishloq xo’jaligi tashkilotlari, tibbiyot va o’quv muassasalarida keng qo’llaniladi.
Korxonaning ma’lumotlar omborida korxonaning shtat ro’yxati, ishchi va xizmatchilar haqidagi ma’lumotlar, ish jadvallari, moddiy boyliklar, xom ashyo va kerakli qismlari keltirish, ombordagi jamg’armalar, tayyor mahsulotlarni chiqarish, buyruqlar, farmoyishlar va boshqa ma’lumotlar saqlanadi. Agar ma’lumotlar bir omborda bo’lsa, ularni ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari yordamida qayta ishlash mumkinligi oldingi bobda aytib o’tildi. Lekin ma’lumotlar bir nechta kompyuterlarda, hatto turli joylardagi kompyuterlarda joylashgan bo’lsa-chi? Bunda biror ma’lumotdagi kichik o’zgarish boshqa joydagilarining keskin o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, biror ishchi mansabini ko’tarish haqidagi buyruq, nafaqat shu ishchining shaxsiy ishidagi o’zgarishga, balki ish haqini to’lash qaydnomalari, korxonaning ish haqlaridagi ma’lumotlar, dam olish ta’tili grafiklari va shu kabi hujjatlarning o’zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |