Talablarni tahlil qilish va xususiyatlarni aniqlash
Xususiyatlar deb, funktsiyalar va ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot cheklanishlarining aniq tavsifiga aytiladi. Mos ravishda funktsional va ekspluatatsion xususiyatlarga bo‘linadi.
Barcha xususiyatlar loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minotning umumiy mantiqiy modelidan iborat.
Xususiyatlarni olish uchun texnik topshiriq talablari tahlil qilinadi, mazmunli vazifalar qo‘yilishini shakllantiriladi, matematik shaklga keltirish apparati tanlanadi, fan sohasining modeli quriladi, kichik topshiriqlar aniqlanadi va ularni hal etish usullari tanlanadi yoki ishlab chiqiladi. Xususiyatlarning bir qismi loyihalashtirishdan oldingi tekshirishlar jarayonida aniqlanishi mumkin va mos ravishda texnik topshiriqda qayd etiladi.
Ushbu bosqichda loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minotda, kutilayotgan natijani ko‘rsatgan holda, xatolarni izlash uchun testni shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |