Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ob’ektiv zarurligi



Download 186,05 Kb.
bet45/68
Sana12.05.2023
Hajmi186,05 Kb.
#937384
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ob’ektiv zarurligi

Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo’lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. SHu o’rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqeylik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to’lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir, ya’ni davlat o’zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub’ektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni ob’ektiv amal qilishini zarur qilib qo’yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo’ladi. Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o’rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O’sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog’langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko’ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o’rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo’lmoqda. Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini ko’rsatib berdi, soliqlarni ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to’lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi. N.I.Turgenev o’zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo’lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf-odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega bo’lish bilan birga paydo bo’lib, uning belgisi bo’lib qoldi. ….Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig’ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to’g’risida; yig’iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so’zlardan yana bir bor amin bo’lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida turgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo’ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o’zgarmay qoldi. «Soliqlar, - deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to’lanadi».1 SHuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o’z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan. S.G.Pepelyaev «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to’lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda xolisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo’lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir» 2 - deb, ta’kidlagan. D.G.CHernikning fikricha «Soliqlar - davlat tomonidan xo’jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o’rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig’imlarni o’zida aks ettiradi».3 SH.Gataulin «. . .soliqlar o’zi nima va ular nimaga kerak», degan savolga qo’yidagicha javob beradi: «Soliqlar - bu davlat sarf-xarajatlarining asosiy manbai bo’lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barqarorlashtiruvchi vositadir4 . Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to’laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o’zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo’lib nima hisoblanadi? degan savollarga javob bera olmaydi. Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, - “Soliqlar – milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir” 5 . O.Olimjonovning fikriga ko’ra: «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir» 6 . Soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo’lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o’rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Bugungi kunda soliq kategoriyasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, shuningdek uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o’rnini, soliqlarni nazariy jihatlarini aniqroq va to’liqroq yorita oladigan ta’rifni keltirish muammosi fanda mavjuddir. Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’lovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.


    1. Download 186,05 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish