Birinchidan, xom-ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabat-lardagi o‘zgarishlar. Xom-ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom-ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
O‘tgan asrning 70-yillarida «Rim klubi» nomi bilan mashhur G‘arbiy Evropa olimlari «dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi», deb bashorat qilgan edilar.
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi.
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi – tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi.
Ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi.
Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur’atda o‘sishi bilan yuz berdi. Xalqaro moliya statistikasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon eksporti hajmi, 1981 yildagi 2000 mlrd. AQSH dollaridan 1991 yilda 3447 mlrd. AQSH dollari darajasigacha o‘sgan. SHu vaqt oralig‘ida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd.dan 342 mlrd. AQSH dollariga o‘sdi. Bundan tashqari, uchta etakchi xalqaro moliya bozorlarida ko‘plab xorijiy valyutalar aylanmasi sezilarli darajada o‘sdi. 1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning kunlik o‘rtacha aylanmasi 90 mlrd.dan 303 mlrd. AQSH dollarigacha ortdi. SHu davrda Nyu-Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dan 192 mlrd.ga, Tokioda 48 mlrd.dan 128 mlrd. AQSH dollariga ortgan.
Xalqaro kreditlar hajmining sezilarli darajada ortishi nafaqat xalqaro ayirboshlash ko‘lamining ortishi, balki ishlab chiqarish maqsadlaridagi kreditga bo‘lgan talabning ortishi bilan ham izohlanadi. 1970-yillarga kelib esa, xalqaro xususiy kreditlar joriy to‘lov balansi defitsitini bevosita va bilvosita moliyatirish uchun ham foydalanila boshlandi.
Xususiy firmalar bilan bir qatorda, hukumat, davlat tashkilotlari va korxonalari, xalqaro kredit tashkilotlari yirik qarz oluvchilarga aylandilar. So‘nggi o‘n yillikda xalqaro kapitallar bozori hisobidan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar yalpi to‘lov balansi defitsitining qariyb 60 foizi moliyalashtirildi. 1970-yillarda xalqaro kapitallar bozorining kengayishi xalqaro likvidlilik va moliyaviy mablag‘larning xalqaro harakatini oshishiga sabab bo‘ldi.
1971 yilning avgustiga kelib, AQSH hukumati oltinning AQSH dollariga erkin konvertilanishini bekor qildi. Bu holat amerika dollarining jahon bo‘ylab keng qo‘llanilishi va jahon valyutasiga aylanishiga sharoit yaratdi. AQSH hukumatining mazkur qaroridan so‘ng, bir qator davlatlar valyuta kursining erkin suzish rejimini joriy qilishga kirishib ketdilar, ayrimlarida qat’iy belgilangan kurs rejimiga qaytish holatlari uchragan bo‘lsada, bu holat vaqtinchalik xarakter kasb etdi. 1973 yilda esa, suzish rejimi YAmayka konferensiyasida rasman tan olindi va XVFning a’zo davlatlariga istalgan kurs rejimini joriy qilish huquqi berildi.
To‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo‘shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining ortishi.
XX asrning 70-yillariga kelib, xalqaro moliya sohasida bir qator sifat o‘zgarishlari yuz berdi va zamonaviy xalqaro valyuta-moliya tizimining shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Xalqaro kreditlash hajmi va xarakterining o‘zgarishi birinchi galda TNKlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida, moliyaviy resurslarning yanada oqilona foydalanilishiga olib keldi.
TMKlar o‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo‘l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarga ta’sir etdi. Qo‘shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi.
SHuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur.
O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba’zi milliy bozorlarning ochiq, ba’zilarining qattiq tartibga solinadigan bo‘lgan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda.
Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish an’anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma’lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi — tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini engib o‘tish, milliy xavfsizlikni ta’minlash – takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va h.k.) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash, shuningdek, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek, byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo‘lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko‘ra, ko‘proq tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g‘oyasi (erkinlashuv) bilan proteksionizm o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xo‘jalikni jahon xo‘jaligiga kirish samarasini maksimal tarzda ta’minlash maqsadida, xo‘jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki instrumentining optimal aralashmasidan foydala-nilmoqda. Bunday aralashmaning shakl va nisbatlari, ma’lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globalizatsiya bilan birga, integratsiya jarayonlarining yana bir shakli – ma’lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy integratsiya yuz bermoqda.
O‘sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyot-ning transmilliylashuvi va integratsiya natijasida, eski – davlatlararo tartibga solish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib, ko‘pyoqlama tus olmoqda.
Ammo, «milliy xo‘jalik majmui», «mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari» tushunchalari o‘z ma’nosini saqlab qolmoqda. Milliy xo‘jalik hamon ishlab chiqarish, almashuv, taqsimot va iste’mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir.
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin.
Umuman olganda, moliyaviy globallashuv sharoitida jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tahliliy yondashish va ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |