Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari



Download 186,05 Kb.
bet25/68
Sana12.05.2023
Hajmi186,05 Kb.
#937384
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68
3. Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini ko‘rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo‘yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatadi. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin.


Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish yuklatilgan:

  • makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarining shakllanish jarayonlarini tizimli o‘rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish;

  • davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy parametrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

  • davlat byudjetini ijro etish, soliq tushumlari va pul ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasdiqlangan parametrlarni tuzatish bo‘yicha takliflarning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini ko‘rib chiqish;

  • mintaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bo‘yicha takliflarni tahlil qilish va baholash;

  • mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha tasdiqlangan parametrlar hisobidan davlat mablag‘larini xarajat qilish bo‘yicha chetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar o‘tkazish, ulardan foydalanishda tartibbuzarliklar va suiste’mol-liklarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda mintaqalar bo‘yicha manbalar, soliq va bojxona organlaridan to‘lovlarning kelib tushishi to‘liqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;

  • byudjet jarayonida chetga chiqishlarni tahlil qilish va o‘rganish, ularni bartaraf etish va byudjet qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

  • milliy valyutani mustahkamlash, inflyasiyani pasaytirish hamda iqtisodiy o‘sish va narxlar barqarorligi ko‘rsatkichlarining optimal birligiga erishish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va baholash;

  • oltin-valyuta zahiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni nazorat etish, yo‘qotishlar va suiste’molliklar kanallari va imkoniyatlarini yo‘qotish maqsadida davlat oltin-valyuta zahiralarining butun harakati tiniqligini ta’minlash;

  • tashqi aktivlarni boshqarish bo‘yicha hisobot va balans hisob-kitoblarini tahlil etish, oltin-valyuta zahiralarini chet el banklarida joylashtirish va qayta joylashtirish asoslanganligi va samaraliligini nazorat qilish;

  • davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring o‘rnatish va ularga birinchi navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bo‘yicha o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini nazorat etish;

  • eksportni rivojlantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ekporti prognozlarini bajarish, mahsulot import qilishni maqbullashtirish, tashqi savdo va to‘lov balanslari ijobiy qoldig‘ini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat etish;

  • chet davlatlarda davlat mulkini realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha tahlil o‘tkazish va ularning nazorat etilishini ta’minlash;

  • respublikada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar konlarini qazish va ulardan foydalanish yuzasidan chet el kompaniyalarining takliflarini ko‘rib chiqish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chet el kreditlari va qarzlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligi, xalqaro moliya bozorlariga respublika qarz majburiyatlarini chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahlil etish;

  • olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va tashqi savdo siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspertiza qilish;

  • vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ish-faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bo‘yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va o‘tkazish, ularning asosida hisobot va takliflar tayyorlash hamda ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish.

Ko‘rsatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun Hisob palatasiga quyidagi huquqlar berilgan:

    1. davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, qo‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, banklardan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot, ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

    2. zarur bo‘lgan hollarda o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tekshiruvlar tashkil etish va ularning natijalari bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni jo‘natish;

    3. o‘z vakolati doirasida tekshiruvlar o‘tkazish vaqtida davlat organlari va ularning vakillari, nodavlat auditorlik xizmati va ayrim mutaxassislarni ularda ishtirok etish uchun jalb etish;

    4. Hisob palatasi bilan oldindan kelishilishi zarur bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berish;

    5. qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha takliflar kiritish.

Moliyaviy nazorat bo‘yicha muhim vazifa va funksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» 1993 yil 6 maydagi qonunining 12-moddasiga muvofiq u vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi.

Download 186,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish