Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


-MAVZU: MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA PROGNOZLASHTIRISH



Download 186,05 Kb.
bet21/68
Sana12.05.2023
Hajmi186,05 Kb.
#937384
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68
6-MAVZU: MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA PROGNOZLASHTIRISH


1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash
2. Sotsial-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish


1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash

Har qanday sotsial-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi.


“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
• taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;
• jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish menejmenti;
• firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;
• investitsion menejment;
• kapitallar menejmenti;
• faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
• ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
• pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish;
• kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;
• kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish;
• korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o‘rnatish.
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin:
• iqtisodiy tahlil metodi;
• normativ metod;
• balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;
• ko‘p variantlilik metodi;
• iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;
• va boshqa metodlar.
Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo‘jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo‘lib, sotsial-iqtisodiy rivojlanish rejasining ko‘rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinatsiya qilishga) yo‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:
• pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlarining o‘ziga xoslgi;
• moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash.
Boshqa bir sintetik balans – aholi daromadlari va xarajatlarining balansi - davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) bevosita bog‘langandir. Unda naqd pulli va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining harakati o‘z ifodasini topadi. Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari o‘zining manbasiga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
• ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, yollanma ishchilarga (xodimlarga) ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan sotsial xarakterdagi to‘lanmalar;
• tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning foydasiga ishtirok etish, shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va moliya-kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
• sotsial transfertlar - davlat pensiyalari, nafaqalar, stipendiyalar va shunga o‘xshashlar.
Xuddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bo‘ladi:
• iste’mol xarajatlari;
• soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar;
• pul to‘planmalari va jamg‘armalar.
Moliyaviy reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va pensiya ta’minotining o‘sganligi, tovarlar taklifi hajmining oshganligini ifodalaydi. SHularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tushumlari, kredit resurslarini rejalashtirish uchun muhim rol o‘ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank va moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bo‘linishi mumkin:
• uzoq muddatli moliyaviy rejalar;
• qisqa muddatli moliyaviy rejalar.
Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o‘zining qamrab olish gorizonti bo‘yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sur’atlarini aniqlash bo‘lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy to‘lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy rejasi unga tegishli bo‘lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat ko‘rsatishining boshqa yo‘nalishlari (aspektlari) qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning instrumenti sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o‘zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi:
• bozorlarni va ko‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini o‘zlashtirishning loyihaviy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
• tannarxning turli ko‘rinishlarini (to‘liq, ishlab chiqarish, to‘g‘ri va boshqalar) hisob-kitob qilish. Bu erda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlarni o‘zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi;
• pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining o‘zgarishi, moliq to‘lovlarini optimallashtirish va boshqalar bo‘yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqoza etadi. SHu erning o‘zida foydaga oid hisob-kitoblar korxonaning joriy istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek biznes-rejaning boshqa bo‘limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi kerak;
• zaruriy investitsiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash;
• va boshqalar.
Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlari davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang‘ich material hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun) rejalashtirishning informatsion asosi bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlarning ob’ektiv ravishda o‘zaro bog‘liqligi va uzoq muddatli tendensiyalarini, shuningdek kelajakda bu tendensiyalar rivojlanishiniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlashga imkon beradi.
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo‘lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko‘ra bilish va moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:
• o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash;
• uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. SHu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o‘zida muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’ektlari oldida turgan sotsial-iqtisodiy vazifalarni echishning (hal qilishning) turli ssenariyalari ishlab chiqiladi.

Download 186,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish