Xullas, so‘z turkumlari tizimida sifat o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu turkumga oid so‘zlar uzoq tarixiy taraqqiyotni kechirgan. Sifat so‘zlar atash ma’nosiga ko‘ra belgi, aniqrog`i, turg`un, barqaror belgi ifodasiga ega. Bu turkum so‘zlar polisemiyaga boy. Bu hol ham uning uzoq tadrijiy taraqqiyoti bilan bog`liq. Sifat morfologik jihatdan yasalish tizimiga ega. Shuningdek, morfologik o‘zgaradi va darajalanadi. Sifat sintaksis xususiyatiga ko‘ra bog`li qurshovda (matnda) o‘z pozitsiyasiga ega. Sifat so‘zlarning polisemantik hamda semantik- funksional xususiyatlari alohida tadqiqotni talab etadi. Bu so‘zlarning matnda imkoniyatlari juda keng. Xullas, so‘z turkumlari tizimida sifat o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu turkumga oid so‘zlar uzoq tarixiy taraqqiyotni kechirgan. Sifat so‘zlar atash ma’nosiga ko‘ra belgi, aniqrog`i, turg`un, barqaror belgi ifodasiga ega. Bu turkum so‘zlar polisemiyaga boy. Bu hol ham uning uzoq tadrijiy taraqqiyoti bilan bog`liq. Sifat morfologik jihatdan yasalish tizimiga ega. Shuningdek, morfologik o‘zgaradi va darajalanadi. Sifat sintaksis xususiyatiga ko‘ra bog`li qurshovda (matnda) o‘z pozitsiyasiga ega. Sifat so‘zlarning polisemantik hamda semantik- funksional xususiyatlari alohida tadqiqotni talab etadi. Bu so‘zlarning matnda imkoniyatlari juda keng.
I. 2. Ayrim sifat leksemalarining etimologiyasi
Sifatlarning etimologiyasini yoritishda Sh. Rahmatullayevning “O‘zbek tilining etimologik lug`ati”dan foydalandik. Masalan: Aniq –noaniqlikdan xoli, ochiq-oydin. Maqsadingizni aniq ayting. Bu sifat asli qadimgi turkiy tildagi “ochiq-oydin bo‘l –” ma’nosini anglatgan an - fe’lidan – (ы)қ qo‘shimchasi bilan yasalgan, o‘zbek tilida “a” unlisi ӓ unlisiga almashgan, ы unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan: ан- +ық = аниқ > ӓниқ. Asli so‘zi fe’l bo‘lib, ma’lum bir qo‘shimchalar qo‘shilishi orqali bugungi kunda sifat bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik. Quyidagi so‘z bu holatning teskarisi bo‘lib, asli sifat bugungi kunda otga o‘tgan ayiq otini ko‘rib o‘tsak. Bu ot qadimgi turkiy tildagi “beso‘naqay” ma’nosini anglatgan aйы sifatining aksi bo‘lgan aйы fe’lidan -ғ qoshimchasi bilan yasalgan. Aйы- + ғ = айығ> айиқ. - Sifatlarning etimologiyasini yoritishda Sh. Rahmatullayevning “O‘zbek tilining etimologik lug`ati”dan foydalandik. Masalan: Aniq –noaniqlikdan xoli, ochiq-oydin. Maqsadingizni aniq ayting. Bu sifat asli qadimgi turkiy tildagi “ochiq-oydin bo‘l –” ma’nosini anglatgan an - fe’lidan – (ы)қ qo‘shimchasi bilan yasalgan, o‘zbek tilida “a” unlisi ӓ unlisiga almashgan, ы unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan: ан- +ық = аниқ > ӓниқ. Asli so‘zi fe’l bo‘lib, ma’lum bir qo‘shimchalar qo‘shilishi orqali bugungi kunda sifat bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik. Quyidagi so‘z bu holatning teskarisi bo‘lib, asli sifat bugungi kunda otga o‘tgan ayiq otini ko‘rib o‘tsak. Bu ot qadimgi turkiy tildagi “beso‘naqay” ma’nosini anglatgan aйы sifatining aksi bo‘lgan aйы fe’lidan -ғ qoshimchasi bilan yasalgan. Aйы- + ғ = айығ> айиқ.
- Babaq sifati qadimgi turkiy tilda “ota, otaning otasi” kabi ma’nolarni anglatgan. Баба otining katta ma’nosidan kichraytirish erkalash ma’nosini anglatuvchi -қ qoshimchasi qo‘shib hosil qilingan; o‘zbek tilidagi a unlisi ӓ unlisiga almashgan: баба +қ = бабақ > бӓбӓқ. Bugungi kunda babaq so‘zi “jussasi katta, durkun” ma’nosida qo‘llanadi. (tovuq, xo‘roz haqida). Baland tutdan qichqirganda babaq xo‘roz…(G`. G`ulom).
- Bezbet (uyat-andishasi, or-nomusi yo‘q). Sindek bezbet bolani umrimda birinchi marta uchratishim. Bu sifat bezbet birikmasining bir so‘zga birlashuvi bilan yuzaga kelgan. Bu qo‘shma sifat tarkibidagi bez qismi “ta`sirga berilmaydigan, qattiq” ma’nosi bilan qatnashgan: bez bet > bezbet.
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |