Kodi
|
AXBOROT BILAN ISHLASH KOMPETENSIYALARI:
|
|
kompyuter sinfida ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalarini biladi va aytib beradi;
|
|
axborotlar va informatika fani bilan bog‘liq tushunchalarni biladi, berilgan topshiriqqa asosan axborotni taqdim etish usulini tanlaydi;
|
|
komyuter qurilmalarining vazifasini biladi va foydalanish ko’nikmalariga ega bo’ladi.
|
|
matn protsessori dasturlarida hujjat yaratish va qayta ishlash jarayonlarini biladi;
|
|
sanoq sistemasi va uning bilan bog’liq jarayonlarni tushunadi.
|
|
mantiq, mantiqiy amallar va sxemalar bilan ishlashni tushunadi;
|
|
algoritm va modellashtirish jarayonlarini biladi, ularga doir masalalarni yecha oladi.
|
|
asosiy algoritmik konstruksiyalarni, xususan, chizikli, tarmoqlanuvchi va siklik algoritmlarning konstruksiyalarini yaratadi
|
|
Scratch dasturlash tili va muhitida skriptlarni hosil qiladi; vizual dasturlash muhitida obyektlar bilan ishlashning asosiy usullarini ajratadi;
|
|
dasturlash, dasturlash tillari va dastur tuzish jarayonini biladi,
|
|
dasturlash tillari va ularning turlari, kompilyator, interpretator tushunchalarini izohlaydi;
|
|
Phyton dasturlash tili alifbosi, identifikatorlar, о‘zgaruvchilar va operatorlarni izohlaydi;
|
|
Phyton dasturlash tilida turli masalalarga dastur tuzishni biladi
|
|
Internet texnologiyalari (bulutli texnologiyalar) orqali elektron pochta xizmatlari, hujjat almashish, ta’lim resurslaridan foydalanishni biladi
|
|
web-hujjatlar tuzilmasini yaratadi; web-hujjatlarni yaratish uchun asosiy teglarni qо‘llaydi, SMMning asosiy uslubiy xossalarini izohlaydi; sayt dizaynini ishlab chiqishning uslubiy qoidalarini
|
|
videomuharrirlar vazifalari, turlari va imkoniyatlarini izohlaydi; videomateriallarni qayta ishlash usul va tamoyillarini tushuntiradi
|
|
sun’iy intellekt va qarorlarni qabul qilishning zamonaviy tizimlarini izohlaydi, sun’iy intellekt, ekspert va neyron tizimlarini farqlaydi;
|
|
ommaviy ochiq onlayn kurslar va ularning vazifalarini izohlaydi; ommaviy ochiq onlayn kurslar imkoniyatlari, afzallik va kamchiliklarini tushuntiradi;
|
|
freelance va freelancer tushunchalarini izohlaydi; talab yuqori bо‘lgan freelancer kasblarni tushuntiradi; daromad topish mumkin bо‘lgan saytlardan samaralisini tanlab olishni biladi;
|
|
modellashtirish va 3D modellashtirish tushunchalarini tavsiflaydi, 3D modellarini qurishning asosiy usullarini izohlaydi;
|
|
virtual va toʻldirilgan voqelikning asosiy tushunchalari, tuzilmaviy xususiyatlari va ishlash tamoyillarini tushuntiradi; tezkor prototiplash texnologiyalarini izohlaydi;
|
|
mobil qurilmalarning asosiy turlarini tushuntiradi; mobil ilovalarni ishlab chiqishning asosiy tamoyillari va texnologiyalarini izohlaydi; mobil ilovalarni yaratuvchi dasturlarni tanlaydi
|
|
Android OTning asosiy tarkibiy qismlari va arxitekturasini izohlaydi; Android OTning asosiy tarkibiy qismlari va arxitekturasini izohlaydi; Android SDKning asosiy toifalarini ajratadi;
|
|
MOBT uskunalarining tasnifi va vazifasini tushuntiradi; soʻrovlar tuzish va relyatsion omborlarning maʼlumotlarini boshqarishni izohlaydi;
|
|
BigData texnologiyasining asosiy tushunchalarini izohlaydi; ekspert tizimlarini qurish tamoyillarini izohlaydi, bilimlar modeli, bilimlar ombori tushunchalarini izohlaydi;
|
|
kompyuter tarmogʻi va uning tushunchalarini izohlaydi; tarmoqning asosiy tarkibiy qismlari, turlari va tushunchalarini izohlaydi;
|
|
startaplarning xususiyatlarini hamda investorlar tomonidan ularga qoʻyiladigan talablarni izohlaydi; startaplarning turlari, loyihalarni boshqarish xususiyatlarini tushuntiradi
|
|
axborot xavfsizligining asosiy maqsad va vazifalarini izohlaydi; tarmoqda ishlashda axborot xavfsizligi choralarini biladi;
|
|
|