Matnlar bilan ishlash
Photoshop dasturining yana bir imkoniyati shundaki, tasvir ustiga matn yozish mumkin.
Matnni yozish uchun uskunalar majmuasidan Teкст (Type) uskunasi tanlanadi. Unda «sichqoncha»ning o‘ng tugmachasi bosiladi va quyidagi holat paydo bo‘ladi:
Dastlab, matnni kiritishdan oldin uni qanday, ya’ni gorizontal (Horizontal Type) yoki vertikal
(Vertical Type) holatda yozish variantlaridan biri tanlanadi. Variantlardan biri tanlangandan keyin alohida matnli qatlam hosil bo‘ladi. Ekranda asosiy menyudan keyingi satrda quyidagi uskunalar majmuasi paydo bo‘ladi. Bu erda matn yozish uchun kerakli Shrift turlari (Panda Times UZ va hokazo), tiplari (жирный, курсив, подчеркнутый) va o‘lchamlari tanlanadi. Matn klaviatura tugmachalari orqali odatdagidek kiritiladi.
Quyida grafikli tasvir ustiga gorizontal yoki vertikal holatda matn yozish namunalari keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |