Animatsiyalarni yaratish dasturlarida ishlash asoslari


Animatsiyalarni yaratish dasturlarida ishlash asoslari



Download 25,21 Kb.
bet2/8
Sana30.06.2021
Hajmi25,21 Kb.
#105682
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu

Animatsiyalarni yaratish dasturlarida ishlash asoslari

Adobe Photoshop dasturining asosiy ish sohalari


Adobe Photoshop dasturining asosiy ish sohalari

Poligrafiyada  ishlatiladigan  tasvirlarni  qayta  ishlash  dasturlarini  rastrli  paket  -  Adobe firmasining Photoshop dast uridan bashlagan ma’qul. Bu  dastur  shu  maqsadda  ishlatiladigan  dasturlarni  solishtirganda  namunaviy  dastur  bo’lib hizmat qiladi. Bu dasturlar skanerlangan tasvirlarni:

•  rang korrektsiyasi uchun;

•  tasvirni retush qilish uchun;

•  mahsus effektlar berish uchun;

•  rastrli tasvirlarni tahrirlash va montaj qilish uchun maskalarga ega.

Photoshop  Macintosh  foydalanuvchilari  orasida  juda  ommabop  bo’lib,  uning  versiyalari

Windows  3.1,  Windows  95/’98/’XP  va  Windows  NT  uchun,  Silicon  Graphics  (S/I)  va  Sunday kompyuterlari uchun ham yaratilgan.

Paketning  oxirgi  versiyalari  tasvirlarning  ko’p  qavatli  strukturasi  bilan  ishlash  imkonini beradi,  vektorli konturlarni  yaratish  va tahrirlash uchun  vositalarga ega. Photoshop turli  ma skalar va ko’p  sonli  filtrlar  bilan  ishlash  imkonini  beradi,  ranglar  va  maxsus  effektlar  bilan  ishlashning  keng tarqalgan vositalariga ega.  Adobe Photoshop turli obyektlarni xatosiz eksport va import qiladi. Uning boshqa dasturlardan yana bir afzalligi, bu taxrirlagichning rus tilidagi talqini ham mavjud.

Adobe  Photoshop  rastrli  grafika  muharrirlaridan  Adobe  kompaniyasi  ishlab  chiqqan Photoshop  dasturida  ish  yuritish  texnologiyasi  bilan  tanishish  mumkin.  Dasturni  ishlatuvchi  asosiy boshqaruv elementlari  menyu qatorida va uskunalar panelida joylashgan. Odatda, ushbu dasturda ish yuritish  yoki  tayyor  biror  tasvirni  import  qilish  (Fayl-import  buyrug’i)  bilan  yoki  Fayl-Ochish buyrug’i bilan kompyuterdagi tayyor tasvirni qayta ishlashga qaratiladi.

Grafik muharrir kompyuterning tashqi qurilmalari bilan  TWAIN  standarti (tasvirlar manbai) orqali  bog’langan.  Grafik  tasvirlar  bilan  operatsiya  qilinganda  tasvirning  parametrlarini  bilish  zarur.

Tasvir  parametrlarini  «Tasvir  o’lchami»  degan  muloqot  oynasidan  topish  mumkin.  Buning  uchun menyuning  Изображение  (Размер  изображение)  buyrug’i  bilan  ish  yuritiladi.  Fayl  o’lchami

piksellarda o’lchangan tasvir kengligi, balandligi, santimetrda o’lchangan nashr o’lchami  bilan uzviy bog’liq. Tasvirlar bilan  ish  yuritishda uskunalar paneli asosiy rol  o’ynaydi  va ular alternativ vazifani ham bajarishadi.

Asosiy uskunalar 4 guruhga bo’linadi:

1.       Asosan obyekt bilan ish yuritadi. Masalan,

a. «Oбласть», «Лассо» uskunalari yordamida tasvirning xududiy chegarasi ajratiladi.

b. «Перемещение» - uskunasi tasvirdan nusxa olish va joylashtirish vazifasini bajaradi.

c.  «Вольшебная  палочка»  uskunasi  esa  tasvir  chegarasini  rang  jilosiga  qarab  avtomatik tarzda surish imkoniyatiga ega.

2. Quyidagi uskunalar rasm chizish vazifasini bajaradi. Masalan,

a.  «Аэрограф,  кистб  карандашб  ластик»  nomidagi  uskunalar  tasvir  shaklini  chizish vazifasini o’taydi.

b. «Штамп» uskunasi rasmning buzilgan joylarini tiklash va qayta tiklash vazifasini bajaradi.

3. Quyidagi uskunalar  yangi obyektlarni yaratishda xizmat qiladi. Masala n,

a. «Pero va uning alternativ uskunalari» egri chiziqli konturlarni chizish va uni taxrirlashda ishtirok etadi.

b. «Текст» uskunasi esa tasvirning matnli qismini tayyorlaydi.»

c.  «Заливка  и  градиент»  uskunalari  tasvirning  ajratilgan  qismiga  jilo  va  fon  berish vazifasini o’taydi.

d. «Пипетка» uskunasi esa tasvirga aniq rang tanlashda ishtirok etadi.

4. Quyidagi uskunalar tasvirni ko’rishni boshqaradigan vazifani o’taydi. Masalan,

a. «Maсштаб» tasvirni kattalashtirgan holatda ko’rish imkonini yaratsa,

b. «Рука» uskunasi esa tasvirni oyna miq’yosida surish imkoniyatini beradi.

Bundan  tashqari,  Photoshop  muharriri  10  xil  jilo  (palitra)  ga  ega  bo’lib,  har  bir  jilo  o’z vazifasini bajaradi. Ushbu jilolarga o’tish menyu punktlari orqali  amalga oshadi. Masalan, menyuning Oкно punkti «Спрятать, Показать...» kabi buyruqlar bilan rang jilosi boshqariladi.

Rang jilolari bajaradigan funksiyalar:

•  kist jilosi – rasm solish va uni taxrirlashda turli variantli rang jilosini ishlatadi.

•  jilo parametrlari - ajratib olingan uskunaning nomini va unga xos rang jilosini ifodalaydi.

•  info – joriy nuqtaning rang parametrlari va kursor koordinalari haqida axborot beradi.

•  navigator  –  tasvirning turli fragmentlarini tezda ko ’rish va ko’rish masshtabini o’zgartirish

imkonini beradi, xattoki tasvirni miniatyura holatida ko’rishga ham olib keladi.

•  sintez  –  tasvir  rangi  jilosida  old  va  orqa  rejasi  qiymatlarini  aniqlab  beradi  hamda  ranglar jilosini taxrirlay oladi.

•  katalog  -  ishlatish  uchun  kerak  bo’ladigan  bar cha  ranglar  majmui  bo’lib,  undan  kerak

vaqtda tasvirning old va ortdan ko’rinishi jilosi rejalarini ham bajarishda ishtirok etadi.

•  sloy  –  tasvirning  barcha  qatlamlari  jilosini  ifodalashda  asqotadi  va  qatlamlar  jilosi parametrlari bilan ham ish yuritadi.

•  kanali  -  turli  kanallarda  ish  yuritish  jarayonini  ranglar  jilosi  asosida  boshqaradi  va  bir qancha kanaldan iborat tasvir tashkil etishni boshqaradi.

•  kontur – tashkil etilgan barcha konturlar ro’yhatidir.

•  operatsi  –  makrokomandalar  tashkil  etib,  fayl  shaklida  ularni  yozish,  bajarish,  taxrirlash, olib tashlash, saqlash mumkin.

Shuni  qayd  etish  lozimki,  ushbu  muharrir  bilan  ish  yuritganda  tasvirlar  ustida  bajariladigan operatsiyalar quyidagilardan iboratdir:

•  Tasvirning  dinamik  diapazonini  o’zgartirish,  ya’ni  yorituvchanligi  (яркость)  va  tiniqligi (контрастность) ni oshirish.

•  Tasvirning aniqligini oshirish.

•  Rangli korrektsiyasini oshirish (qizil, yashil va ko’k ranglar kanalida o’zgartirishlar kiritish).

•  Tasvir fragmentlari ochiqlik (яркость) darajasini o ’zgartirish.

•  Tasvir fragmentlari o’rtasidagi o’tish chegarasini tekislash.

•  Tasvir kompozitsiyasidan ba’zi-bir fragmentlarni qirqib tashlash.

•  Tasvirning yo’qotilgan fragmentlarini tiklash, ta’mirlash.

•  Tasvirni montaj qilish (alohida olingan fragmentlardan butun bir tasvirni vujudga keltirish).



Download 25,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish