Sahifa (страница, page) - noyob manzilga ega bo’lgan, ko’rish dasturi yordamida ochib ko’rilishi mumkin bo’lgan hujjat. WWW sahifalardan iborat. Odatda, bu matn, grafika, tovush, video yoki animatsiya, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlarni o’z ichiga olgan ko’ptashuvchi hujjatlardir.
Taqdimot (Презентация, Presentation) - diagramma, jadval, matn va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni maxsus dasturlardan foydalangan holda displey, videoproektor kabilarda namoyish qilish uchun tayyorlash.
Tarmoq (Сеть, Network) - o’zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega bo’lgan Kompyuterlar yoki qurilmalar guruhi.
Videokonferentsaloqa (Видеоконференцсвязь, Video conferencing) – real vaqtda ma’lum masofadagi ikki guruh orasida audio- va video ma’lumotlarni almashishni ta’minlash imkoniyatini beruvchi elektraloqa va kompьyuter tarmoqlari xizmati.
Videokonferentsiya (Видеоконференция, Video conference) - Videokonferentsaloqa yordamida tashkil qilinadigan o’qituvchi va o’quvchi orasidagi interaktiv faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |