Musiqa kechalari Ingliz tavernalarida vujudga kelgan. U asta-sekinlik bilan katta balet guruhlari ishtirok etuvchi musiqa tadbiriga aylangan.
Konsert turli janrlardagi mustaqil nomerlardan iborat. Undagi ketma-ketlikning to’g’ri tashkil etilganligi tomoshabinning qiziqishini oshiradi. Bu ijrochining qobiliyatiga va tashkil etilganlik darajasiga bog’liq.
Ko’rgazmada, namoyish etiladigan ob’yektlar mavzusiga ko’ra alohida-alohida nomerlarda tashkil qilinadi. Ko’rgazmadagi buyumlar va voqealar umumiy g'oyalarni ifoda etadi.
Mavzuli kechalar bir mavzu doirasida turistlarning maroqli dam olishlari va ma’lumotlarga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. Unda qo'shiqchilarning, balet raqqoslari guruhlarining, vokal-cholg’u ansambllarining chiqishlari alohida joziba kasb etadi. Unda dizayn, yoritkichlar, loyiha tizimlari, TV ekranlar va boshqalar alohida o’rin tutadi.
Musiqiy dastur - orkestrlar, ansambllar va individual musiqachilarning musiqali chiqishlari.
Shou-taqdimot – takrorlanmas yorqin namoyishlar.
zamonaviy restoranda Hodisalar quyidagi mezonlar asosida tasniflanadi:
Mehmonxona va restoran animatsion dasturlari.
2. Mehmonxona va restoran animatsion dasturlari.
Turistlkar uchun dam olish va o'yin-kulgi faoliyati qulay mehmonxonaga joylashish va mazali taomlar bilan ta’minlanishdan keyingi uchinchi o'rinda turadi. Shuning uchun, animatsiya dasturlari mehmonxona tarkibidagi asosiy elementlardan biri bo’lib hisoblanadi va boshqa ahamiyatli xizmat turlari bilan chambarchas bog’lanib turadi.
Animatsiya xizmatlari tashkilotchilarining vazifasi turistlar bilan doimiy aloqada bo’lib turish, o’rganish, natijalarni ko'rib chiqish va amaliyotga joriy etish muhim ta'sir ko'rsatadi. Aynan shuning natijasida mehmonxona doimiy sodiq mijozlarga ega bo’lishi va bu ma'lum bir foizni egallashi mumkin. Mehmonxonalar yildan-yilga faoliyatini hamda animatsiya jamoasi tarkibini ijodbiy tomonga o’zgartirib borishlari lozim bo’ladi.
Kurort-mehmonxonalarda turistik xizmat ko‘rsatishning madaniy xordiq chiqarish animatsiyasi quyidagilar hisoblanadi:
tadbirni uyushtirishga kompleks yondoshish;
ushbu tadbirlarning erkin tanlanishi;
teatrlashtirish: xilma-xil usullar (obrazlik, ramziylik, metoforalik, stillash)dan va barcha san’at turlaridan foydalanish (tasviriy san’at, musiqa, adabiyot), bunda voqealar borishi ssenariya bilan belgilanadi;
personifikatsiyalash;
Bunlay tadbirlarni uyushtirish an’anaviy shakliga kiradi:
karanaval (ko‘cha bo‘ylab yurish ko‘rinishida xalq sayri, paradlar, maskarad);
raut (raqs ko‘zda tutilmagan odamlar yig‘ini);
banket (odamlar ommaviy yig‘ini, unda ziyofat quyuq bo‘ladi);
mirsteriya (diniy mazmundagi sahnalashtirilgan pe’sa);
raus (madaniy hordiq dasturi taqdimoti oldidan tomoshabinlar taklifi bo‘yicha tadbirlar);
seremoniya (marosim) – qat’iy tartibda o‘tkaziladigan ezgu maqsad.tantanaga bag‘ishlangan akt (davlatniki);
ommaviy shou-tomosha.
Mehmonxona uchun ko‘ngilochar dasturni muvaffaqiyatli tuzish uchun bir qator mezonlarni belgilab olish zarur. Jumladan:
janr, unda tomoshabinlar uchun alohida hissiyot va muhit yaratiladi (drama, klounada, myuzikl va h.k.). Bunda nomer va parchalar shunday qo‘shilib ketishi kerakki, ushbu tomosha elementlari bog‘lanishi yagona manzara kasb etsin;
Show, ushbu nom qiziqish uyg‘otadi va uning mohiyatini ochadi;
ssenariy reja-elementlar, parchalar, ularning rivojlanishi jarayonidagi voqealar, personajlar, ularning munosabatlari va harakatlari belgilanadi. Albatta, o‘zaro bog‘lanish, yechim bo‘lishi shart;
ssaniriy – ya’ni ssenariy – rejani ikir-chikirigacha punktlash, shuningdek adabiy qismi ustida ishlash-monologlar, diologlarni sayqallash, nutq usulini o‘rganish;
rejissyorlik rejasi-adabiyotni amaldagi tilga ko‘chirish (agar bu adabiy asar motivlari bo‘yicha bo‘lsa), uzluksiz harakat zanjirini tuzish va texnika, chiroq, tovush, ijro bilan muvofiqlashtirishi.
Bundanam tashqari, ushbu sahna qayerda o‘ynalishi ham muhim (yozgi maydonda, barda, basseyn yonida), temp, ritm, repetitsiya jarayonida samarali momentlar qo‘shiladi.
Kechki tomosha mehmonxona ko‘ngilochar dasturining bosh qismi hisoblanadi. Ular barcha dam oluvchilarga qiziqarli bo‘lishi uchun mazmunan xilma-xil, mohirona sahnalashtirilgan, liboslar mazmunga mos bo‘lib tanlashi zarur. Odatda, ularda barcha animatorlar ishtirok etishadi. Tashkilotchilar har bir tomoshani rang-barang, qiziqarli, yodda qoladigan bo‘lishi uchun mohirona ijro etishlari, har biri o‘zidan qandaydir yangi ohanglar qo‘shishga intilishlari lozim.
Kechki shou ham shakliga ko‘ra har xil bo‘ladi: bu animator-aktyorlar o‘ynagan uncha katta bo‘lmagan maishiy sahna ham, teatrlashtirilgan jiddiy tomosha ham, qaysikim ularda u yoki bu rolga oldindan taklif etilgan mehmonlar, zaldagi tomoshabinlar ham ishtirok etishlari mumkin.
Rossiya va xorij tajribasi. Yarmarkalar va xalq festivallari.
Mavzuli parklar, ularning turlari. Mavzuli parklarda animatsion dasturlarni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |