Mehmonxona animatsion xizmatlarining o'ziga xos xususiyatlari.
Animatsiya - ta'til va dam olish davrida ijobiy kayfiyatni yuzaga chiqishidir.
Mehmonxona majmualarida xizmatlarni tashkil etish, animatsion dasturlarni ishlab chiqish va turistlarga taqdim etish mehmonxonaning ichki imkoniyatlari, xizmatlar to’plami yordamida amalga oshiriladi, animatsiya xizmatlarini tashkil etish bo’yicha turistik korxonalar o’rtasida raqobat shakllanadi. Animatsiya dasturlari ma'naviy manfaatlari sohasi doirasidagi sport o'yinlari, raqslar, karnavallar, o'yinlar, mashg’ulotlarni o'z ichiga oladi. Kurortli mehmonxonalarda individual va jamoaviy dam olish, jonli o'yin-kulgi va boshqa dasturlar rivojlanib bormoqda.
Turistik-mehmonxona kompleksi - qonunga muvofiq har tomonlama turistik xizmatlar ko'rsatuvchi, mol-mulk, ish va faoliyatdan foydalanishni tizimli amalga oshiruvchi, foyda olishga qaratilgan xizmatlar kompaniyasidir.
Animatsiya dasturlari turistlarning dam olish faoliaytini tashkil etishga qaratilgan. Ular tomoshabinlarning vaqtini xushchaqchaq o’tkazishi kerak. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, animatsiya dasturlari odamlarda ijobiy his-tuyg'ularni uyg’otishi mumkin, boshqa ba'zi bir odamlarda esa - aksincha. Animatsiya dasturlarini tashkil qilish va o’tkazish jarayoni faqat auditoriya, ishtirokchilar va ijrochilar faoliyatiga emas, boshqa ko’plab omillarga bog'liq:
- Ishtirokchilar yoki tomoshabinlarning yoshi;
- Individual tomoshabinning jinsi va guruhdagi tomoshabinlarning tarkibi;
- Etnik mansublik;
- Qaysi diniy mazhabga tegishli ekanligi;
- Animatsiya dasturini olib borilayotgada kishilarning tilni tushunish darajasi yoki pantomima texnikasi;
- Shaxs yoki shaxslar guruhining bilim va aql darajasi;
- Guruhli va individual turistlarning milliyligi, mentaliteti;
- Animatsiya voqealarining joyi va vaqti;
- Ushbu dasturni amalga oshirish vaqtidagi kayfiyat;
- Animatorning professional o'quv va sport bo’yicha tayyorgarligi darajasi;
- Uning muloqot qobiliyatlari, shaxsiy jozibasi;
- Liderlik qobiliyati;
- Ijrochining iqtidori va san'at darajasi;
- Animatsiya dasturining individual va guruhlarda ishlash elementlari bo’yicha tajribasi;
- Dasturni amalga oshirishda sport uskunalari, yorqin liboslar, badiiy sahna, ovoz va yorug'lik singari vostitalarning mavjudligi.
Turistlarning ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlar asosida tashkil etiladigan animatsiya faoliyati turlari va ko’rinishlari quyidagicha bo’lishi mumkin:
Davolash-sog’lomlashtirish turi inson salomatligini yaxshilash va qayta tiklashga qaratilgan (inson sog’lig’ini tiklashda kuchli jismoniy mashqlar tavsiya etilmaydi). Ushbu turning o’ziga xos hususiyati shundaki, sog'liqni saqlashga xizmat qiluvchi mashg’ulotlar o’yinli dasturlar, ko’ngilochar mashg’ulotlar yordamida, umumlashtirilgan holda o’tkaziladi.
Tabiiy-rekreatsion turi turistlar tomonidan tanlangan joylar va hududlar – tog’lar, tekisliklarda amalga oshirilishi mumkin. Ushbu tur tabiat qo’ynida dam olish, uy va tabiatdagi ekzotik yovvoyi hayvonlar bilan muloqot qilish, tabiat hodisalarini kuzatish, zooterapiya kabi hususiyatlar bilan xarakterlanadi.
Sport ko’rinishidagi tur sport musobaqalarida ishtirok etish va ularni kuzatish, sport raqslarida qatnashish kabilar bilan xarakterlanadi.
Madaniy-rivojlantiruvchi turi butun dunyodagi ilm istovchilarning istagiga mos keladi. Bu tarixiy, madaniy va muzeyli turizm - sevimli voqealar, qadimiy yodgorliklari bilan tanishuv, xalqaro film festivallariga tashriflar, teatr-ko'ngilochar tadbirlarda ishtirok etish va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
O’yin-kulgi va dam olish turi kundalik hayot tashvishlaridan charchagan va undan qochib turizm bilan shug’ullanayotganlar istagini amalga oshirish bilan xarakterlanadi. Bu karnavallar, festivallar va shoular sifatida tashkil etiladi.
Animatsiya dasturi kishilarga vaqtni xursandlik bilan o’tkazish, dam olish davomida samarali natijalarga erishishga yordam berish uchun mo'ljallangan. Insonlar dam olish faoliyati turini, o'z sog'lig’ini saqlashni o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tanlaydi. Kurort mehmonxona zarur xizmatlarni olishingiz mumkin bo’lgan joydir.
Bugungi kunda, rejalashtirilayotgan va qurilayotgan mehmonxona majmualarida ko’ngilochar tadbirlar uchun maxus maydonlar yaratish mazarda tutilmoqda. Biroq, hashamatli qurilgan ko'pgina mehmonxonalar mavsumiylik muammosi tufayli yetarli manfaatga erisha olmayapti. Shuning uchun, iqtisodiy imkoniyatlarni tejash, ulardan maqsadli foydalanish maqsadida mehmonxonalarda ko’p fuksiyali (universal) ob'ektlarni barpo etish boshlandi.
Kurortli mehmonxonalarda turistlarning vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida aerobika, ertalabki gimnastika, sohil gimnastikasi, uyushgan sport o'yinlari, guruhli raqslar, tanlovlar tashkil etiladi, shuningdek fitness xonasi, sauna, maxsus hovuzlar taklif etiladi.
Ayrim xorijiy mehmonxonalarda bir qator animatsiya xizmatlari tashkil qilib kelinadi. Tunis hududidagi kurortli komplekslarda folklorlarning namoyishini kuzatish mumkin. Shri Lankada har yakshanba kuni “Sharq raqslari” festivali tashkil etiladi. Har bir sharqona raqs san'atiga qiziquvchilar unda qatnashishi mumkin. Amerika Qo'shma Shtatlarida animatsiya dasturlari asosan turli attraksionlar va ko’ngilochar majmualarda o’tkaziladi. Italiyadagi animatorlar guruhi: Rimdagi gladiatorlar jangi va Kolizey, mashhur Salb yurishlari, Pantonda xudolar sharafiga o’tkaziladigan ritsarlar musobaqalari, Uyg'onish davri qahramonlari singari teatr tomoshalarini namoyish etishadi. Chexiya va Vengriyadagi animatorlar turistlar bevosita aktyor sifatida ishtirok etishi mumkin bo’lgan “Ruh bilan tanishish” nomli teatrlashgan tomoshalarni namoyish etishadi. Ushbu dastur ajoyib sarguzashtlar hamda shou-tomoshalar bilan bezatilgan.
Tashkilotchilar animatsiya dasturini shakllantirish davomida quyidagilarni aniqlash kerak:
• Maqsadli dasturning auditoriyasini (animatsiya dasturi kimga mo’ljallangan) kimlar tashkil etadi?
• Animatsiya dasturi mazmunida (asosiy g'oyasi, maqsadi, vazifalari) nima yotadi?
• Animatsion dasturni qanday qilib (maqsadga erishish uchun qo’yilgan vazifalar va ularning yechimlari) amalga oshirish lozim?
Animatsiya faoliyati - asosan G'arb davlatlariga mansub hodisadir. Mamlakatimizda u hali unchalik yaxshi rivojlanmagan. Bugungi kunda, ayrim mehmonxonalarda yangi yilni jonli o'yin-kulgi bilan o'tkazish yo’lga qo’yilmoqda.
Misol uchun Moskvadagi mashhur “Heliopark” mehmonxonasi animatsiya jamoasi borligi bilan xarakterlanadi. Mehmonxonada turizm va dam olish yutuqlari to'plangan. Bu yerda kelayotgan turistlar Sentyabr oyida yangi yilni nishonlash, “Tekila-bum”, “Gavaya kechasi” singari qiziqarli shoularda ishtirokchi sifatida qatnashish, pivo bayramini nishonlash hamda qo’rqinchi “Helloveen” bayramida ishtirok etishni maqsad qilishadi. Turistlarning buyurtmalari asosida xuddi shu kabi korporativ tadbirlar, ko’ngilochar mazmundagi dasturlarni o'tkazish an'anaga aylanib bormoqda. Tijorat tashkilotlari o'rtasida mashhur bo’lgan dasturlardan yana biri – timbildingdir (Teambuilding – yaratilgan qulay muhitda jamoaviy dam olishning faol shakli).
Mehmonxona ehtiyojlari va ichki sayyohlar mentalitetimizga moslashtirilgan animatsiya uchun Rossiyaning yondashuv, topdi.
XX asrda Rossiyadagi animatsiyaning an'anaviy shakllaridan biri – bu yoz faslida nishonlanadigan “Neptun kuni” bayramidir. Bayramda Rossiyalik milliy hunarmandlar milliy uslubdagi binolarni, haykalchalarni, mehnat namunalarini namoyish etishadilar, milliy xalq qo'shiqlari va raqslar ijro etiladi, tomoshabinlar ushbu marosimlarga faol jalb etiladi, shuningdek, bayramda milliy taomlar iste’mol qilinadi hamda mehmonlarga “Milliy rus taomlari retsepti” kitobi sovg’a sifatida taqdim etiladi.
Pahlavonlar turnirlarida ishtirok etish, ko’chmanchi aholilarning hayoti bilan yaqindan tanishish, “Lo’lilar makoni”dagi chodirlar, ularning otlari, ayiqlari bilan tanishish eng qiziq hodisalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Turli mamlakatlarda an’anaviydan tortib zamonaviy shakllargacha har xil madaniy va ko'ngilochar dasturlar mavjud. Ularning ko’pchiligi yaxshi dam olish faoliyatini ta’minlashi mumkin.
Mehmonxona komplekslarida animatsion dasturlar, o'yin-kulgi xizmatlarini tashkil qilish uchun korxona tarkibida restoranlarning faoliyat yuritishi muhim ahamiyatga ega. Restoranlarda xalqaro va milliy turistlar uchun bir qator mashhur bo’lgan o'yin-kulgi dasturlari, musiqa kechalari, konsertlar, namoyishlar, mavzuli kechalar, san’atkorlar bilan uchrashuvlar, moda namoyishlari va boshqalar o’tkazilishi mumkin.
Varete – repertuarida bir qator komedik ko’rinishlarni jamlagan yengil ko’rinishdagi teatr janridir. Varete dasturi bir mavzu yuzasidagi mavzular yoki alohida-alohida mavzuga oid nomerlardan tashkil topishi mumkin. Varete barcha uchun umumiy bo’lgan raqslari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Raqslarda yuqori temperament, ritm, sur'at, vaqt tezligi namoyish etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |