- Qadimgi davrdan hozirga qadar xordiq chiqarishni tashkil etish.
- Ommaviy bayram va marosimlarni nishonlash tarixi.
- Turistik animatsiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi.
Qadimgi davrdan hozirga qadar xordiq chiqarishni tashkil etish.
Animatsiyaning qadimgi manbalari sifatida urf-odatlar, an’analar, marosimlarni aytib o’tishimiz mumkin. Qadimgi davrda eramizdan avvalgi 3-4 ming yilliklarda insonlar hayoti va dam olishda o’zgarishlar kuzatila boshlandi. Doimiy turar joylar va davlatlar shakllana boshlandi. Natijada yangi kasblar yuzaga keldi (artist, rassom, musiqachi va boshqalar). Vaqt o’tishi bilan insonlar bo’sh vaqtlarini stol ustidagi o’yinlarni o’ynash bilan o’tkaza boshlashdi. Misol uchun qadimgi Hindistonda loto o’yini va keyinchalik shaxmat. Qadimgi hind adabiyotlarida musiqachilar, akrobatlar, janglyorlar, sehrgarllar, ilonbozlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Qadimgi Sharq hududida miloddan avvalgi XI-VII ming yillikda insoniyat sivilizatsiyasi va madaniyati rivojlanishining ibtidosi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim jarayonlar ro‘y beradi. Bu davrda Sharqda madaniy faoliyatning turli shakllari va sohalari vujudga keladi. Yozuv, adabiyot, san’at, fan, birinchi jahon dini buddizm paydo bo‘ladi. Bu boshlang‘ich jarayonsiz insoniyat madaniyatining keyingi barcha taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin.
Ommaviy bayramlar tarixi zarvaraqlariga qisqacha nazar solsak, o‘zining g‘oyaviy jihatdan kompozitsion butun bo’lgan qadimgi Yunoniston va Rim davridagi bayramlardan boshlasak bo‘ladi. Albatta, qadimgi Yunoniston va Rim bayramlarigacha ham insoniyat paydo bo’lganidan keyingi davrda bayramlar vujudga kelib, shakllangan. Lekin bu bayramlar o‘zining ma’naviy, intellektual darajasi, ifodaviy shakllari jihatidan primitiv xususiyatga ega bo‘lib, kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘lmagan.
Qadimgi yunonlarda bayram o‘ziga xos mustaqil bo‘sh vaqt va dam olishning bir shakli bo‘lib, hatto doimiy jihatdan ham uzviy, faol mashg‘ulot turiga aylangan. Bizga ma’lumki, Delfe, Pifiy, Nemeysk va Panfin o‘yinlari juda ham ommabop bo‘lgan. Lekin bu o‘yinlaming ichida eng mashhuri Olimp o'yinlari bo'lgan. Olimp o‘yinlari maxsus qurilgan Olimpshahrida 4 yilda bir marotaba o‘tkazilgan. Lekin turli urushlar oqibatida bu o‘yinlar yo‘q bo'lib ketdi.
Jan Jak Russo qadimgi Ellada tomosha san’ati tog‘risida shunday deb yozadi: «Butun xalq ommasi oldida, ochiq havoda namoyish etilgan, ajoyib spektakllarda kurashlar, g‘alabalar, mukofotlar-voqealarning ko‘rsatilishi minglab yunonlaming qalbidagi cho‘g‘ni alangalatib, mardlikka da’vat qilgan».
Olimpiya oʻyinlari — har toʻrt yilda oʻtkaziluvchi zamonamizning eng yirik xalqaro majmuaviy sport bellashuvlari. Olimpiya oʻyinlari Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi vasiyligi ostida 4 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarining Yozgi va qishki oʻyinlari mavjud.
Olimpiada oʻyinlari - 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari 2) gʻildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, sanʼat konkursi. Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab milodiy 394 y.gacha har 4 yilda Olimpiya shaxrida xudo Zevs sharafiga oʻtkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. Oʻyinlar 5 kun davom etgan;
12 asrdan buyon qadimgi Olimpiya oʻzining qadimiy oʻyinlar oʻtkaziladigan maydoni va otchoparlarida muxlislar qalbidan joy olgan chaqqon hamda baquvvat sportchilarni namoyon qildi. Sportchilarning nomlari ularning Olimpiya gʻalabalari tarix varoqlarida muxrladi. Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida barcha ozod erkaklar — Gretsiyada yashovchilar qatnashish huquqiga ega boʻlgan. Megardan general Orsip, choʻpon Polimnist, Rodos orolidan qirol oilasi aʼzosi Diagor, Makedoniya qiroli Aleksandr I, faylasuf Demokrit — bularning barchasi qadimgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari boʻlishgan.
Teatr (yunoncha "tomoshagoh") cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san’at janridir. Ba’zan teatr tomoshalari o‘tkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash o‘rinli).
Teatr sanʼatida ham boshqa sanʼatlarda boʻlganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati bilan bogʻliq holda oʻzgarib, takomillashib boradi. Teatr asosida ogʻzaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.
Teatr sintetik sanʼat boʻlib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat, raqs, meʼmorlik ajralmas birlikni tashkil etadi. T.ning muhim vositalaridan biri sahna nutqidir. Aktyor qahramonning pyesadagi soʻzlarini oʻzlashtirib olar ekan, qahramon qiyofasida, holatlarda turib uning nutqiy tavsifini yaratadi, boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |