“Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishningayrim masalalari to’g’risida”gi qarorining yettinchi bandida O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuning 39-moddasi ikkinchi qismidagi faoliyat mehnat munosabatlariga tegishliligi ko’rsatilgan bo’lib, unda direktorni ishga yollash masalasi ko’rsatilgan. Demak, direktorni ishga olish va chetlatish mehnat munosabati. Ammo mehnat munosabatini bekor qilish asoslari bevosita MCHJdagi direktor faoliyatiga qo’yilgan majburiyatlardan kelib chiqadi. Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak nemis ta’sischisining ushbu munosabatli mehnat musosabati emas deyishligi nato’g’ri. Ammo bu direktorning o’z majburiyatlari va vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashi natijasida ishdan bo’shatilganligiga to’siq bo’lmaydi.