Anglashuv memorandumi


quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar



Download 35,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana03.09.2021
Hajmi35,91 Kb.
#163155
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17.11.2008. Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida

quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:

1-modda. Anglashuv Memorandumi maqsadi

Tomonlar,  ushbu  Anglashuv  Memorandumining  qoidalari  hamda  har  qaysi

mamlakatning  amaldagi  qonunlari,  qoidalari,  yo‘riqnomalari  va  milliy  siyosatiga  amal  qilib,

teng  huquqlilik  va  o‘zaro  manfaatdorlik  asosida  ikki  mamlakat  o‘rtasida  oliy  ta’lim  hamda

bilimni  yuksaltirish  va  intellektual  rivojlanish  sohasidagi  hamkorlikni  qo‘llab-quvvatlashga

kelishib oldilar.



2-modda. Hamkorlik shakllari

Tomonlar  o‘z  mamlakatlarida  ushbu  Anglashuv  Memorandumi  predmetini  tartibga

soluvchi  oliy  ta’lim  sohasida  amalda  bo‘lgan  qonunlar,  qoidalar,  yo‘riqnomalar  va  milliy

siyosatga  asoslangan  holda  qo‘yidagi  sohalarda  texnikaviy  hamkorlikni  qo‘llab-quvvatlash  va

rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladilar:

a) o‘zaro manfaatli deb topilgan dasturlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta

maxsus ta’lim vazirligi va Malayziya Oliy ta’lim vazirligi bilan o‘tkaziladigan maslahatlashuvlar

yordamida  oliy  ta’lim  muassasalari  o‘rtasida  professor  va  o‘qituvchilar,  ekspertlar  va

talabalarning  almashinuvini  rag‘batlantirish  hamda  qo‘llab-quvvatlash  choralarini  ko‘rish.

Bunday  almashinuv  dars  berish  va/yoki  izlanish  bo‘yicha  qo‘shma  hisobot  tayyorlash,  ilmiy

maqola  chop  etish  yoki  ilmiy  tashrifdan  iborat  bo‘lishi  mumkin.  Qabul  qiluvchi  vazirlik

tomonidan  o‘tkaziladigan  almashinuv  dasturning  muddatlari  va  shartlari  har  ikki  vazirlik

rahbarlari tomonidan belgilanadi;

b)  texnikaviy,  kasb-hunar  va  oliy  ta’limning  manfaatli  sohalarida  o‘zaro  yordamni

qo‘llab-quvvatlash;

v) Tomonlarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish uchun grantlar

ajratish bo‘yicha choralar ko‘rish;

g)  oliy  ta’lim  muassasalarining  ikki  tomonlama  texnikaviy,  kasb-hunar  va  oliy  ta’lim

sohalaridagi  o‘zaro  manfaatli  bo‘lgan  dasturlarini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  chora-

tadbirlar amalga oshirish;

d)  ta’lim  sohasining  ma’muriy  xodimlari  va  o‘qituvchilari,  jumladan  malaka  oshirish

sohasida mashg‘ul bo‘lganlarning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirish;

e)  Tomonlarning  oliy  ta’lim  muassasalari  o‘rtasida  baholash  tizimi  va  shunga  o‘xshash

dasturlar  hamda  akademik,  kasb-hunar  va  malakaviy  kvalifikatsiyalarini  o‘zaro  tan  olish

imkoniyatlarini o‘rganib chiqish;

yo)  o‘quv  adabiyotlari,  o‘qitish  bo‘yicha  yordam,  axborot  va  ko‘rgazmali  qo‘llanmalar

bilan  almashishda,  shuningdek  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  maxsus  ko‘rgazmalar  va

seminarlar tashkil qilishda ko‘maklashish;




j)  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalari,  matematika  va  tabiiy  fanlar  sohasidagi

o‘zaro yordamni qo‘llab-quvvatlash; va

z) Tomonlar tomonidan o‘zaro kelishib olinadigan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning

har qanday boshqa jabhalarida.




Download 35,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish