Mavzu: Surunkali mieloleykoz.
Reja:
Anemiya klassifikatsiyasi.
Temir tanqislikning klinik belgilari.
DNK va RNK sintezining buzilishi.
Xulosa
Anemiya klassifikatsiyasi.
Xozirgi paytda anemiyaning umumiy qabul qilingan klassifikatsiyasi mavjud emas. Anemiyalarni
klassifikatsiya qilishda ularning Har tomonlama xususiyatlari inobatga olinadi.
SHulardan biri eritrotsitlarning gemoglabin saklash miqdoridir:
Gipoxrom
Giperxrom
Normoxrom
Bu eritrotsitlarning gemoglobin bilan to’yinish darajasi va rang ko’rsatgichi bilan baholanadi.
Ikkinchi yondashuv – patogenetik bo’lib, anemiyalarning quyidagi turlari farqlanadi:
Temir tanqislik anemiyasi
Gem sintezi buzilishi bilan bog’liq anemiyalar
DNK sintezi buzilishi bilan bog’liq bo’lgan anemiyalar
Gemolitik anemiya
Suyak ko’migi funktsiyasi yetishmovchiligi bilan bog’liq anemiyalar
Eritropoez regulyatsiyasi buzilishi bilan bog’liq anemiyalar
Anemik sindrom bilan bemor kamdan kam xollarada vrachga murojaat qiladi, Ko’p xollarada
tashxis vrachning faol yondashuvi natijasida qo’yiladi.
Bemorning shikoyati quyidagilar bo’lishi mumkin
Anemik sindromning sub`ektiv belgilari: xolsizlik, hansirash, taxikardiya, bosh aylanish.
Anemik sindrom bilan kechayotgan asosiy kasallikning belgilari: stenokardiya, yurak
yetishmovchiligi, serebral ishemiya belgilari.
Anemiyalar rivojlanish mexanizmida bir kancha patogenetik faktorlar aniqlangan.
Temir yetishmovchiligi
Gem sintezi buzilishi (sideroaxrestik anemiya)
DNK sintezi buzilishi (megaloblastik anemiya)
Eritrotsitlar parchalanishining buzilishi (gemolitik anemiya)
Eritropoezning buzilishi.
Temir tanqislik anemiyasi temir tanqisligi natijasida gemoglobinning temir bilan
to’yinishining pasayishi uning oqibatida eritrotsitlarda gemoglobin miqdorining kamayishi va
eritropoezning so’nishi bilan harakterlanadigan sindrom bo’lib, uning sababi organizmga
tushadigan va sarflanadigan temir miqdori orasidagi mutanosibligini buzilishidir. Temir tanqislik
anemiyasi bilan birga anemiya holatisiz kechadigan yashirin temir tanqisligi – sideropeniya holati
aniqlanadi: eritrotsitlar va gemoglobin ko’rsatkichlari normada bo’lgan holda organizmda temir
zaxirasining kamayishi.
Kunlik iste`mol qilingan ovqatda temir miqdorining kamayib ketishi. Bu xol ko’prok bolalarda
kuzatiladi. Ona sutidan temir engil o’zlashtiriladi. Go’dakka suv bilan suyultirilgan sigir yoki echki
suti ertaroq berilsa, ularga sutda temir kamligi yoki uning (ona sutiga qaraganda) qiyin so’rilishi
oqibatida kam temir etib boradi. Go’shtli ovqatni kam, unli va o’simlik ovqatlari ko’proq iste`mol
qilgan kishilarda temir, ular ovqatidagi temir tuzlari ozligi, hamda ulardan qiyin so’rilishi hisobiga
kamayadi.
Temir so’rilishining kamayishi. Mintaqa aholisi orasida ko’proq tarqalgan o’tkir va surunkali
oshqozon-ichak kasalliklari tufayli shilliq qavatning ozgarilishi, jarrohlik amaliyotlari tufayli
ichaklarda tashlanishi, ularda gijjalar paydo bo’lishi temir so’rilishini susaytiradi.
Temir moddasini tashish etarli bo’lmasligi. Jigar kasalligi tufayli, organizmda oqsil
apotransferrinning kamayishi va uning irsiy defekti borligi uchun etrali sintez qilinmasligi
oqibatida, hamda eritropoez va to’qimalar temir bilan etarli taminlanmasligi natijasida temir
tanqisligi yuzaga keladi.
Organizmda temirning ko’p sarflanishi. Bolalarning o’sish davri, o’spirinlik, jismoniy tarbiya bilan
intensiv shug’ullanish, ayollarning homiladorlik va emizish davrlarida temirning sarflanishi oshadi
va natijada zahiradagi temir ko’p sarflanib temir tanqisligi sodir bo’ladii.
Temirning organizmda noto’g’ri taqsimlanishi. Bu hol ko’pincha tez-tez shamollaydigan, yuqumli
kasallik bilan surunkali og’rigan bemorlarda, saraton va boshqa shish kasalliklarida sodir bo’ladii.
Organizmdagi 90 % temir moddasini etkazib beradigan fagotsit tushirmasdan, o’z tsitoplazmasidagi
ferritinda temir o’sma hujayrasining o’sishiga sarf bo’ladii.
Do'stlaringiz bilan baham: |