Nazorat savollari:
1.Kaskadli model haqida ma’lumot bering.
2.Spiralli model ta’rifi?
3.Umumlashtirilgan model tarifi?
4.Oraliq nazorat model ta’rifi?
5. Izlanish bosqichida qanday amallar bajariladi?
6. Ro’yobga chiqarish bosqichida qanday amallar bajariladi?
7. Loyiha so’zining lug’aviy ma’nosi?
8 . Dasturiy maxsulotni baxolash va sinash haqida ma’lumot bering.
Tayanch iboralar: prototip, sistemali taxlil ,izlanish, ro’yobga chiqarish,ekspluatatsion ro’yobga chiqarish, ichki loyihalash, ekspluatatsiya.
2 – topshiriq tavsifi.
2 – topshiriqda dasturchi ekranga chiqarish, eng odiy arifmetik amallarni bajarish, murakkab matematik funksiyalarni hisoblash va algaritm ketma-ketligini o`rganadi.
– topshiriqni yechish algoritmini ko`rib chiqamiz.
Har bir misolda ma’lum murakkab matematik funksiyalarni bajarib 2 sonning qiymatini hisoblash kerak. Bu sonlarni hisoblagandan avval hisoblash algaritmini tuzish kerak so’ngra murakkab arifmetik ketma – ketlikni hisoblash kerak. Hisoblash algaritmining arifmetik amallari qavslar yordamida guruhlash orqali amalga oshiriladi. Guruhlangan ariifmetik amallar bajarilganidan so`ng ketma – ketlik qiymatiga ega bo`lamiz va bu qiymatni ekranga chop ettirish kerak- ya’ni foydalanuvchi topshiriq natijalarini ko`rishi bilan dastur tugaydi. Endi bu ketma - ketliklarni blok sxema ko`rinishida yozamiz. Blok sxemada hisob-kitob algaritmi ko`rsatilmaydi
Blok sxema:
Misol uchun 2 – topshiriqning 1 – misolini yechib ko`ramiz.
Biz bu misolda yangi proyekt yaratib dasturlashni boshlaymiz. Yangi proyektni yaratish fayl menyusi yordamida yoki bosh sahifadan yangi proyekt oynasini ochish orqali amalga oshiriladi. Fayl menyusi orqali ochish File – >New – >Project orqali amalga oshiriladi. Yangi proyekt oynasida dasturlash tilini, proyekt turini tanlash, proyekt nomini va qayerda saqlanishini ko`rsatishi kerak. Bunda dasturlash tilining Visual C++, proyektni turini Win32 Console Application, nomini Topshiriq1, saqlash joyini ko’rsatamiz, Ok tugmasini bosamiz . Bu oynada Next > tugmasini bosamiz va oyna ochiladi.Ochilgan oynada proyektning xususiyatlari ko`rsatiladi biz esa xech narsani o`zgartirmay Finish tugmasini bosamiz. Bunda VS2005 ning asosiy oynasi va dasturiy qismi (kodi) saqlanadigan fayl ochilgan saxifa ham ochiladi (6 – rasm). Bu sahifaga misolning dasturiy qismi yoziladi va shu faylda saqlanadi. Dasturlashga o`tishdan avval unig algaritmini tuzish kerak. Dasturlash algaritmi yuqorida ko`rsatilgandek bo`ladi. 1 – misolning dasturlash algaritmini ko`rib chiqamiz.
1 – misol. ; ; ;
Arifmetik amallarni bajarib A va B sonining qiymatini hisoblash kerak. Bu sonlarni hisoblashda murakab matematik funksiya (ildiz osti) ni hisoblash kerak buning uchun matematik murakkab funksiyalar to`plami (math.h) kerak. Ular yordamida murakkab funksiyalarni hisoblash mumkin. A va B sonning qiymatini hisoblagandan keyin murakkab arifmetik ketma-ketlikni hisoblash kerak. Bunda murakkab ketma – ketlikni dasturlash tiliga moslab hisoblash algoritmini yozamiz.
Murakkab ketma-ketlikni hisoblash algoritmi:
=((2-b)/(b-1)+2*(a-1)/(a-2))/(b*(a-1)/(b-1)+a*(2-b)/(a-2))
Qavslar tagidagi ko`rsatilgan sonli ketma – ketlik bo`yicha hisoblashni amalga oshiramiz. Hisoblash ketma-ketligi amalga oshirilgandan keyin qiymatni ekranga chop ettirish kerak, ya’ni foydalanuvchi topshiriq natijalarini ko`rsin va shu bilan dastur tugaydi. Endi bu ketma ketliklarni blok sxema ko`rinishida yozamiz:
Blok sxema:
Algoritmini yozib bo`lgandan keyin shu algaritm asosida dasturiy qismini yozamiz .
Dasturiy qisimni yozib bo`lgandan keyin dasturni kompilyatsiya qilish va ishga tushirish kerak. Kompilyatsiya va ishga tushirish asosiy oynadagi ishga tushirish tugmasi orqali amalgam oshiriladi va dastur ishga tushadi. Ekranda qora oyna ochiladi (8 – rasm) , C sonning natijasi ekranda chiqadi va bu natijani to`g`riligini tekshirib ko`ramiz (matematik usul bilan). Dastur yopilishi (tugashi) uchun ixtiyoriy sonni klaviatura yordamida kiritamiz va klaviaturadagi Enter tugmasini bosaman. Shunda dastur o`z ishini tugatadi.
8 – rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |