Andion davlat universiteti “Tarix” fakulteti “O`zbekiston tarixi” kafedrasi “O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan



Download 148,68 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi148,68 Kb.
#782673
Bog'liq
resources


11-mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
Reja
1. O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.
2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon
hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni.
3. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi.
4. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari.
5. O‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o‘rni.
Mustaqil O‘zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha: uzoq o‘tmishdan Sharq va G‘arb o‘rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, madaniy-ilmiy va diplomatik aloqalar yo‘li bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekiston hududidan o‘tgan. Hozirda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo – Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning markazida joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi; Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining geografik holatidan kelib chiqib, mazkur mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda.
Mazkur Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e’tibor qaratilgan va “O‘zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa bilan bog‘liq” ekanligi rasman e’tirof etilgan. Unda Markaziy Osiyo o‘zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xomashyo resurslarining ulkan zaxiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e’tibor obektiga, yirik davlatlarning strategic manfaatlari to‘qnashadigan hududga aylanib borayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, dunyoning yirik davlatlari tomonidan mintaqada olib borilayotgan o‘zaro raqobat inobatga olinib, “Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi davlatlarning o‘zlari tomonidan yechilmog‘i zarur”, degan fikr bayon etilgan. Konsepsiyada O‘zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi ta’kidlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil Qozog‘iston Respublikasining Qizil O‘rda shahrida, 1994-yil Nukus shahrida, 1995-yil Turkmaniston Davlatining Doshhovuz shahrida, 1995-yil yana Nukus shahrida Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdilar va bu borada amaliy ishlar olib bora boshladilar. 1999-yil Turkmanistonning Ashxobod shahrida Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda ekologik falokat mintaqasidagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatida yangi davr boshlandi. Shu yilning o‘zida Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston davlatlariga O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashriflari amalga oshirildi. 2018-yil mart oyida esa Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga oshirildi. Bundan tashqari, 2017-yil Samarqandda BMT homiyligida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida anjuman bo‘ldi. Unda 500 nafar xorijiy ishtirokchilar qatnashdi.
2001-yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasining 96 % belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimitatsiya qilishga kelishildi. 2002-yil O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahriga tashrif buyurdi. “O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to‘g‘risida bitim” imzolandi va ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z yechimini topdi. Qozog‘iston O‘zbekiston uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkorlardan biri hisoblanadi.
2001-yil O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasining 96 % belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimitatsiya qilishga kelishildi. 2002-yil O‘zbekiston
Prezidenti Ostona shahriga tashrif buyurdi. “O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to‘g‘risida bitim” imzolandi va ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z yechimini topdi. Qozog‘iston O‘zbekiston uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkorlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston – Turkmaniston. 1991-yilda O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil yanvarda amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. Chorjo‘y shahrida S.Niyozov bilan I.Karimov o‘rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘ldi. Prezidentlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomani, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini qo‘riqlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qator bitimlarni imzolashdi. 1991-yildan 2016-yilga qadar ikki mamlakat rahbarlarining 11 marta oliy darajadagi tashriflari amalga oshirildi.
E’TIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT
Download 148,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish