Мasalaning holati, tadqiqotning maqsad va vazifalari.
1.1
1.1 Mavjud logistika dasturining qo’llanilishini taxlili
1.2
1.2 Yetkazib beruvchi va qabul qiluvchilar o’rtasidagi munosabat va ularni taxlili.
1.3
1.3 Kiritilishi kerak bo’lgan yangi amaliyotni taxlil qilish.
II Bob
Andijon viloyatiga “Cargo” aqilli logistika dasturini joriy qilishni sabab va tamoyillarini asoslash.
2.1
O’zbekistonda joriy etilgan logistik dasturlarni tahlili.
2.2
“Cargo” dasturini viloyat kesimidagi harakat tamoyillarini o’rnatishni tahlili.
III Bob
Ishni amaliy natijalar taxlili.
3.1
3.2
3.3
IV.
XULOSA.
V.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
VI
ILOVALAR
Kirish Jarayonlami tashkil etishning logistik konsepsiyasini faqatgina logistika sohasida mutaxassislar tomonidangina amalga oshirib bo'lmaydi. Jarayonlarni tizimli tashkil etish falsafasi biznesning tayanch falsafasi bo‘lishi lozim. Tijoratchilar, iqtisodchilar, turli tarmoq menejerlari logislika konsepsiyasini tushunishlari va qabul qilishlari, jarayonlarni logistik tashkil etishning asosiy usullarini bilishlari hamda erishiladigan samarani ko‘zda tutadigan bo‘lishlari kerak. Shuning uchun ham bugungi kunda logistika sohasidagi keng qamrovdagi oliy ta’lim vazirligi vazifasi nihoyatda muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.А. Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida to‘xta1ib: «bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish — iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni oshirish, xizmat ko‘rsatish sektorini, infratuzilma obyektlarini rivojlantrishga, transport va kommunikatsiya loyihalarining amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir»deb ta’kidlab o'tdilar.
Shuningdek, I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida O‘zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalar to‘g‘risida to’xtalib, «... bugungi keskin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo‘lishi va mustahkam o‘rin egallashi uchun bu boradagi ishlami yana bir bor tanqidiy ko‘rib chiqish lozim. Bunda tashki bozorda xaridorbop, yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni rag‘batiantirishni yanada kuchaytirish, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tayyorlash zarur» deb ta’kidladilar.
Ma’lumki, g‘arb logistikasi modellari mamlakatimiz xo’jalik amaliyotiga har doim mos kelavermaydi. Logistik tizimlar — bu atrof-muhit bilan uzviy aloqasiz qarab bo‘lmaydigan jonli tizimlardir. G‘arb tizimlaridan nusxa olish strategiyasi — bu egalik strategiyasi bo‘lib, biroq yetakchilik strategiyasi emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga, birinchi navbatda, bizning sharoitimizga to’g‘ri keladigan, jarayonlar samaradorligining keskin o‘sishiga imkon beruvchi logistika falsafasini tadbiq etish lozim.
Logistika xomashyo va yarimtayyor mahsulotiar olib kelish bilan iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib berish o‘rtasidagi vaqt oralig‘ini keskin qisqartirish imkonini beradi. Yuklarni saqlash va tashish xarajatlarini keskin qisqartirishga imkoniyat yaratadi. Logistikaning qo‘llanishi ma’lumot olish jarayonini tezlashtiradi, servis xizmati darajasini oshiradi.
Logistika sohasidagi faoliyat ko‘lamlidir. U transport, ombor xo‘jaligi, xodimlar boshqaruvi, axborot tizimlari, tijorat faoliyati va boshqalarni tashkil etishni qamrab oladi. Sanalgan vazifalarning har biri tegishli soha fanida chuqur o‘rganilgan va bayon etilgan. Logistik yondashuvning yangiligi yuqorida sanalgan
faoliyat sohalarining maromli tashkil etilgan yengil boshqaruvini va yuqori samarali material o'tkazuvchi tizimlarini yaratish maqsadidagi uzviy bog'liqlikni ta’minlash hisoblanadi.
Logistik tarzda tashkil etilgan tizimlar an’anaviy material o'tkazuvchi tizimlardan xuddi zamonaviy avtomobil XX asr boshlaridagi avtomobildan farq qilgani kabi farq qiladi.. Logistikaning imaliy faoliyat maqsadi esa ushbu tizimlarni yaratish va ularning amal qilishini ta’minlash hisoblanadi.
Moddiy oqimlarni boshqarish har doim xo‘jalik faoliyatining minimal tomoni hisoblanib kelingan, biroq nisbatan yaqin vaqtlarda iqtisodiy faoliyatning eng muhim vazifalaridan biri tarzidagi mavqega ega boldi. Asosiy sabab istemolchining tez o‘zgaruvchi hoxish-istaklariga tez moslashuvchan bo‘lgan ishlab chiqarishli va savdo tizimlari zaruriyatini tug‘dirgan sotuvchi bozoridan iste’mol bozoriga o‘tishidir.
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko‘lamini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o'rganishda «logistika» fani alohida o‘rin tutadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda raqobat bozorida kimki logistika sohasida layoqatli (kompetentli) bo‘lsa, yetakchilik mavqeyiga ega bo‘ladi.