Tuman nomi
Tuman markazi
1
Andijon (tuman)
Kuyganyor
2
Asaka tumani
Asaka (shahar)
3
Baliqchi tumani
Baliqchi (shahar)
4
Boʻston (tuman)
Boʻz (shaharcha)
5
Buloqboshi tumani
Buloqboshi
6
Izboskan (tuman)
Poytugʻ
7
Jalaquduq (tuman)
Oxunboboyev
8
Xoʻjaobod tumani
Xoʻjaobod
9
Qoʻrgʻontepa tumani Qoʻrgʻontepa
10
Marhamat tumani
Marhamat
11
Oltinkoʻl (tuman)
Oltinkoʻl (shahar)
12
Paxtaobod tumani
Paxtaobod
13
Shahrixon (tuman)
Shahrixon (shahar)
14
Ulugʻnor (tuman)
Oqoltin
Andijon viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrin tutgan
viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6 % neftini, 8,3 % paxtasini, 8,7 % paxta tolasini, 8,7 %
Xoʻjaligi
oʻsimlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, qishloq xoʻjaligi xom ashyosi
negizida ishlaydigan sanoat tarmoklari, shuningdek aholiga isteʼmol buyumlari ishlab
chiqaradigan korxonalar barpo etildi. Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qoʻllab-
quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. soʻmdan ziyod kredit berilib, 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida
chet el sarmoyasi jalb qilindi (2000). 1995-2000 yillar mobaynida viloyat iktisodiyotida 23,5
mlrd. soʻm chet el sarmoyasi kiritildi.
Viloyatda foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik shundayligicha xom ashyo sifatida
metropoliyam joʻnatilar edi.
1907-yil
yarim hunarmandchilikka asoslangan yogʻ zavodi qurildi.
Dastlab bu zavod bir kecha-kunduzda 50 t chigitni qayta ishlab, 8 t ga yaqin yogʻ chiqarar edi.
1954 yilda zavod yogʻ-moy kombinatiga aylantirildi. 1960–70 yillarda Andijon shahrida
„Elektrodvigatel“, „Elektroapparat“ kabi yirik korxonalar, Marhamatda esa „Elektrotexnika“
zavodi qurildi. 1941-yil Andijon shahrida motorsozlik zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik yillarida
viloyat industriyasi oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, tubdan rivojlanmoqda. Mavjud korxonalar davlat
tasarrufidan chiqarilib, mulkchilikning oʻzgacha shakliga kirib bormoqda. Xususan aksariyat yirik
va oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Viloyatda mulkchilikning
barcha turiga oid 160 sanoat korxonasi bor (2000). Bulardan yiriklari: Bobur nomidagi ip-gazlama
ishlab chiqarish aksiyadorlik jamiyati (Andijon shahrida; tumanlarda boʻlimlari bor), „Andijon
agrofirmasi“ aksiyadorlikjamiyati, Andijon avtomobil oʻrindiqlari zavodi, Andijon biokimyo zavodi,
Andijon irrigatsiya mashinasozlik zavodi, Andijon „Semurgʻ“ trikotaj aksiyadorlik birlashmasi,
Andijon don mahsulotlari" aksiyadorlik jamiyati, „Andijonkabel aksiyadorlik jamiyati“, Chinobod
paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati. 1991–2000 yillar davomida Andijon viloyatida jahon
andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar bunyod
qilindi. Viloyatda 79 qoʻshma korxona, 8447 kichik va xususiy korxona mavjud. Viloyatdagi
qoʻshma korxonalar butun viloyat yalpi sanoat mahsulotining 53 %dan koʻprogʻini ishlab
chiqarmokda (2000). Oʻrta Osiyoda yagona avtomobilsozlik korxonasi – Oʻzbek-Janubiy Koreya
„OʻzDEU avto“ kompaniyasi Asaka shahrida joylashgan. Italiyaning „Aka-uka Federichi“
aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Asakada barpo etilgan Oʻzbek-Italiya „FAM“ qoʻshma
korxonasi soatiga turiga qarab 1–1,5 t makaron ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shahrixon
tumanidagi Segazaqum qishlogʻida kalava ip tayyorlaydigan va kelgusida undan gazlama
toʻqiydigan „ANTEKS“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati korxonasi barpo etildi va irrigatsiya
bilan bogʻliq boʻlgan tarmoklar, paxtani qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik,
elektrotexnika sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil (ip-gazlama, paypoq
fabrikalari va boshqalar), oziq-ovqat sanoati eng rivojlangan tarmoklardir. Viloyat mamlakatda
neft va gaz qazib chiqarishda salmoqli oʻrin tutadi. Oʻnga yaqin neft va neft-gaz konlari (Andijon
neft koni, „Xoʻjaobod“, „Boʻston“, „Janubiy Olamushuk“, „Xartum“, „Polvontosh“, „Xoʻjausmon“ va
boshqalar) ishlab turibdi. Xoʻjaobod – Andijon – Asaka gaz quvuri bor. Andijon viloyatida
Sanoati
dastlabki paxta tozalash zavodlari Andijon shahrida 1911 yilda, Asakada 1912 yilda,
Shahrixonda 1915 yilda qurilgan. Sanoatning bu turi paxta yetishtirishga qarab tez rivojlandi.
1924 yil paxta zavodlarida 25 ming t xom ashyo qayta ishlangan edi. 1999 yilda mavjud 13 ta
paxta qayta ishlash korxonalarida 325 ming tdan ziyod paxta qayta ishlandi. Viloyatda
yetishtirilayotgan pilla, jun, teri umuman qayta ishlanmasdan, lanib, 1999-yil oktabr ida ishga
tushirildi). Baliqchi tumani notoʻqima matolar ishlab chiqarish yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati
shaklidagi Oʻzbek – Amerika qoʻshma korxonasi ham oʻz mahsulotlari bilan chet elda eʼtibor
qozongan korxonalardandir. Qoʻshma korxona zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlandi. Kalava
ip va xom gazlama tayyorlanadigan mazkur korxonada 1300dan ortiq ishchi ishlaydi (2000).
Shuningdek, viloyatda rivojlangan mamlakatlarning sarmoyalari jalb qilingan „Andijon-Praga“,
„Andijon durdonasi“, „Navigul“, „Oʻz-Koromko“, Oʻzbek-Rus-Britaniya „Mask“, „Al-Osiyo“ qoʻshma
korxonalari va Oʻzbek-Amerika qoʻshma korxonasi filiali bor.
Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – paxtachilikdir. Paxtaning yalpi hosili va hosildorligi
jihatidan Andijon viloyati mamlakatda oldingi oʻrinlarda turadi. Ayniqsa mustaqillikdan keyin
paxtakorga erkinlik berilgach, paxtachilikda tub oʻzgarishlar sodir boʻldi. 1997 yildan chigitni
keng maydonlarda plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi (mazkur texnologiyani
qoʻllashda viloyat hokimi, Oʻzbekiston Qahramoni Qobiljon Obidov katta jonbozlik koʻrsatdi).
Paxta, gʻalla almashlab ekilishi yoʻlga qoʻyildi. Faqat mineral oʻgʻitlarga qarab qolmasdan
mahalliy oʻgʻitlardan ham foydalanildi. Xususan gidroliz zavodining chiqindilaridan kompost
tayyorlab, tuproq unumdorligini oshirishga ahamiyat berildi; ekin qator oralariga ammiak suvi
oqizish oʻzlashtirildi. Gʻoʻza navlarini tuproq va iqlim sharoitiga koʻra tanlashga eʼtibor berildi. Har
yili katta maydonlarda paxtaning „Oqdaryo“, „Armugʻon“, „Fargʻona-5“ singari istiqbolli navlari
sinab koʻrildi va muntazam yangilanib borildi. Keyingi yillarda sinovdan oʻtib, ertapishar, tolasi
pishiq, chigiti toʻla, kasalliklarga chidamliligiga ishonch hosil qilingan „Okdaryo“ navi koʻproq
ekildi. Natijada mamlakatning boshqa viloyatlariga qaraganda gʻoʻza Andijon viloyatida barvaqt
yetilmoqda. Sentabr oyiga qadar hosilning asosiy qismi yigʻib olinmoqda va yuqori navlarga
oʻtkazilmoqda. 2000 yilda Oltinkoʻl tumanidagi „Ittifoq“ jamoa xoʻjaligida gektaridan oʻrtacha
45,7 s, Asaka tumanidagi „Yangi hayot“ jamoa xoʻjaligida 48,4 s atrofida hosil olindi. Shahrixon
tumanidagi Gʻ. Joʻrayev nomidagi jamoa xoʻjaligining fermeri N. Toshmatov 60 sdan xirmon
uydi.Andijon viloyatida 2000 yilda sentabr oyidayoq 305 ming tdan ziyod paxta tayyorlanib,
shartnoma rejasi mamlakatda birinchi boʻlib bajarildi. Gʻallachilikda ham „Andijon maktabi“
yaratildi. Don 3 barobar koʻpayib, hosildorlik 1,2 marta oshdi. 2000-yilda gʻalla hosildorligi
moʻljaldagi 70,8 sdan oshib ketdi. Marhamat tumanining Ulugʻtogʻ adirlarida Oxunboboyev
nomidagi jamoa xoʻjaligining ijarachisi Muhammadsharif Toshpoʻlatov 67 s dan, Baliqchidagi
Xayrixon Ergasheva nomidagi shirkat xoʻjaligida ijarachilardan Erkinboy Shukurov, Alijon Komilov,
Turobjon Hakimov 85 sdan don olishdi. Shahrixon tumanidagi „Oltin vodiy“ jamoa xoʻjaligi
Qishloq xoʻjaligi
gʻallachilik brigadasi boshligʻi Oʻzbekiston Qahramoni Sodiqjon Abdurasulov uzoq yillar
davomida donchilikda va paxtachilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. U Andijon viloyatida
boshqa mintaqalardan keltirilgan yangi bugʻdoy navlarini sinash va ulardan moʻl hosil olish
boʻyicha tajriba maktabi yaratdi. 2000 yil hosili uchun viloyatda 74 ming ga maydonga elita va
superelita urugʻlari ekildi. Kuzgi bugʻdoyning istiqbolli „Andijon–1“, „Andijon–2“, „Chillaki“ navlari
sinab koʻrilib, ularning parvarish tartibi aniqlab chiqildi.Keyingi yillarda boshqa viloyatlarda ham
andijonliklar yaratgan yangi navlar keng ekilmoqda. 2000 yilda davlatga 250 ming t ga yaqin
gʻalla topshirildi. Uning 150 ming t sidan ziyodini sara urugʻlik tashkil etadi. Gʻallachilik 1999 yilda
Andijon viloyatiga 9,3 mlrd. soʻmdan ortiq daromad keltirdi. (1994 yil yanvarda bosh Asaka
avtomobil zavodidan chiqqan yangi avtomobillar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov Asaka avtomobil zavodila, 1996 yil 19 iyul. Qishloq xoʻjalikda, shuningdek bogʻdorchilik,
tokchilik, sabzavotchilik, don va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi.
Bogʻdorchilikda Andijon viloyati anor, anjir, bodom, behi, nok, shaftoli, olma, uzum yetishtirish
bilan ayniqsa mashhur. Viloyatda aholi soni koʻpligi sababli adirlarda bogʻlar yaratishga katta
ahamiyat berilgan. Shunday bogʻlardan eng mashhuri „Sohibkor“ meva-tokchilik ishlab chiqarish
shirkatlar uyushmasi bogʻidir. Mazkur bogʻ 1981 yilda, Asaka tumanidagi Fayziobod qishlogʻidan
3–4 km narida Asaka adirlarining suvsiz qovjirab yotgan yerlari bagʻrida pastdan quvur orqali suv
chiqaribyara-tilgan. Bogʻning barpo etilishi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik
xodimi Tilavoldi Yoqubov nomi bilan bogʻliq. Andijon viloyati bogʻlarida mevali daraxtlardan
tashqari toknint Andijon kora uzu mi navi keng ekiladi. Qishloq xujalikda foydaniladigan yerlar
maydoni tomorqa yerlarini qoʻshgan holda 256,7 ming ga. Qishloq xujalik ekinlari ekiladigan jami
yerlari 257,6 ming ga, shu jumladan haydaladigan yer 200,9 ming ga, yaylovlar 21,7 ming ga
(2000). Barcha ekin maydoni 202,5 ming ga, shu jumladan don ekinlari 82,5 ming ga, paxta
ekiladigan yer PO ming ga, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari 4,9 ming ga, ozuqa ekinlari 16,1
ming ga, 3500 ga oʻrmonzor bor (2000). Grechixa va soya ham yetishtirilmoqda. Umuman
viloyatda mirishkor dehqon yil davomida 2–3 martadan hosil olmokla. Andijon viloyatida Usmon
Yusupov nomidagi Katta Fargʻona, Janubiy Fargʻona, Katta Andijon, Savay, Andijonsoy, Shah-
rixonsoy va boshqa kanallar bor. Adir zonalaridagi dalalarga suv nasos stansiyalari yordamida
chiqariladi. Qoradaryoda Andijon suv ombori barpo qilingan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash
maqsadida 7,8 ming km kollektor-drenaj tarmokdari qurilgan. Viloyatning hamma tumanlaridagi
sugʻoriladigan maydonning asosiy qismida paxta va don ekiladi. Andijon viloyatida 13 jamoa
xoʻjaligi, 6 davlat xoʻjaligi, 13 xoʻjaliklararo korxona, 133 shirkat xoʻjaligi, 36 boshqa xoʻjalik, 2724
fermer xoʻjaligi mavjud. Jamoa xoʻjaliklarida chorvachilik asosan sut yetishtirishga
ixtisoslashgan, togʻ oldi va togʻli tumanlarda qoʻychilik rivojlangan. 95 ming qoramol, 56 ming
sigir, 65 ming qoʻy va echki, 190,2 ming parranda bor (2000).
Transporti
Temir yoʻl transporti viloyatda asosiy transport turlaridan biri. Uning uz. 2459 km (2000).
Viloyatda dastlabki temir yoʻl 19-asr oxirlarida qurilib, keyinchalik undan tarmoqlar davom
ettirilgan. Urushdan oldin
Asaka
–
Shahrixon
(1931),
Uchqoʻrgʻon
–
Toshkoʻmir
(1935) va
boshqa temir yoʻllar qurildi. Barcha avtomobil yoʻllarining 6,2 ming km qismi qattiq qoplamali
(2000). Havo yoʻllari Andijon shahrini
Toshkent
,
Moskva
,
Sankt-Peterburg
va boshqa shaharlar,
shuningdek
Kavkaz
,
Qrim
bilan bogʻlaydi. Andijon shahri koʻchalarida, shuningdek Andijon
shahridan
Kuyganyor
shaharchasiga
trolleybus
qatnaydi.
1999/2000 oʻquv yilida viloyatda 738 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 510 mingdan ziyod oʻquvchi,
24 gimnaziyada 7538 ming oʻquvchi, 32 akademik litseyda 5862 oʻquvchi, 28 musiqa va 62
sport maktabida 30940 oʻquvchi taʼlim oldi.
Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti bor: Andijon Mashinasozlik instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon
qishloq-xoʻjalik instituti, Andijon Davlat universiteti. Andijon oliy oʻquv yurtlarida 10,8 ming
talaba taʼlim oldi (2000). 1999 yil oktabrda Kuyganyor shaharchasida (Andijon tumani)
Oʻzbekiston Respublika Andijon viloyati va suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xujalik ilmiy ishlab
chiqarish markazining Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy
tadqiqot instituti tashkil etildi. Institutning asosiy vazifasi mamlakatda sugʻoriladigan yerlarda
dehqonchilik sharoitiga moslashgan yangi don navlarini yaratish, tumanlashgan va istiqbolli
gʻalla va dukkakli oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqarishdan iborat.Viloyat
shahar va tumanlarida 1998– 2000 yillarda 19 kollej va akademik litseylar binolari qurilib ishga
tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Viloyatda 20 kasb-hunar kollejida
22389 oʻquvchi, 28 akademik litseyda 15928 oʻquvchi oʻqiydi. Andijon shahridagi va Oqoltin
tumanidagi maishiy xizmat kasb-hunar kollejlari, Andijon tumanining Oqyor qishlogʻidagi sanoat
kasb-hunar kolleji (mazkur kollejga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ikki
marta tashrif buyurdi) eng namunali oʻquv dargohlaridir. Viloyatda 4 muzey (Andijon viloyat
adabiyot va sanʼat muzeyi, Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Bobur uy muzeyi, Choʻlpon uy
muzeyi), 508 ommaviy kutubxona (8150,4 ming nusxa asar), 183 klub, 37 madaniyat uyi, 966
badiiy havaskorlik jamoalari bor. Andijon shahridagi Bobur nomidagi viloyat kutubxonasida (1967
yil ishga tushgan) 2000 urnnli qiroatxona mavjud (2000). Andijon viloyatida 3 ta teatr bor.
Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri
Oʻzbekistondagi toʻngʻich teatrlardan biri boʻlib, unga 1919 yil noyabrda Hamza asos solgan
(qarang Andijon teatri). Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri
1990-yil
1-dekabrda „Istiqbol“ teatr studiyasi asosida tashkil etilgan (qarang Andijon bolalar va yoshishr
teatri). Andijon viloyat „Lola“ Qoʻgʻirchoq teatri
1968-yil
aprelda Respublika davlat qoʻgʻirchoq
teatri qoshidagi studiya bitiruvchilari asosida tashkil boʻlgan Andijon viloyatidan
Halima
Nosirova
, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Soyib Xoʻjayev, Abbos Bakirov, Gʻanijon
Madaniy-maorif va sogʻliqni saqlash
Toshmatov, Muzaffar Muhamedov kabi yirik sanʼatkorlar; Fattohxon Mamadaliyev, aka-uka
Ismoiljon va Isroilon Vahobovlar kabi xalq hofizlari; Habiba Oxunova, Sherali Joʻrayev, Turgʻun
Xontoʻrayev, Hoshimjon Olimjonov kabi Oʻzbekiston xalq artistlari, Toshkanboy Egamberdiyev
(Asakadan) boshliqdorbozlar sulolasi yetishib mashhuru maʼlum boʻlishgan. Andijon viloyatida 5
madaniyat va istirohat bogʻi, koʻplab koʻkalamzor xiyobonlar bor. Ayniqsa Andijon shahridagi
Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi (1934 yil tashkil etilgan) mashhurdir.
1997–2000 yillarda bogʻ butunlay qayta qurilib, nihoyatda kurkamlashtirildi. Ramziy burgut
ostidagi qahvaxonaga uygʻunlashtirilib qurilgan „Amfiteatr“ (2000) bayram tantanalari va boshqa
tomoshalar oʻtkaziladigan maskanga aylangan. Andijon shahrining janubi-sharqida –
Bogʻishamolda 300 ga maydonni egallagan Bobur nomidagi milliy bogʻ (Bogʻi Bobur), Andijon
shahrining markaziy qismida Choʻlpon bogʻi tashkil etildi. Andijon viloyatida ziyoratgoh joylar
koʻp. Sultonobod, Xonobod, Andijon dengizi kabi joylar chet ellik sayyoxlarda katta taassurot
qoldiradi. Xoʻjaobod tumanida Bobur qadamjolaridan biri – Lotkontepada ajoyib ziyoratgoh
barpo etildi. Bu ziyoratgoh Shirmonbuloq, Chilustun togʻlari bilan tutashib ketgan. Asaka,
Shahrixon, Poytugʻ, Qoʻrgʻontepa shaharlari xalq hunarmandchiligi badiiy buyumlari tayyorlash
bilan mashhur. Viloyatda 14,1 ming oʻrinli (10 ming kishiga 64 oʻrin) 70 kasalxona muassasasi,
6233 vrach, shu jumladan 317 stomatolog (10 ming kishiga 28,7 vrach), 22 ming oʻrta
maʼlumotli tibbiy xodim, 5 sanatoriy bor (2000). Andijon shahrida Respublika shoshilinch tibbiy
yordam markazining boʻlimi ishga tushirildi (2000).
Andijon viloyatida sportchilari sportning 37 turi boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok
etadi (2000). Chavandozlik, chim ustida xokkey, yengil atletika, futbol, tennis, sport
gimnastikasi, boks va boshqa Chim ustida xokkey boʻyicha „Andijanka“ ayollar jamoasi Yevropa
chempionlari kubogi sohibi. 1996 yildan „Andijanka“ ayollar futbol jamoasiga aylantirildi.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy M.D. Kim rahbarligida „Andijanka“ 1998,
1999 yillarda Oʻrta Osiyo mamlakatlari ayollar futbol jamoalari musobaqalarida muvaffaqiyatli
qatnashib, kubok hamda chempionlikni qoʻlga kiritdi. Andijonda xizmat koʻrsatgan sport ustasi,
Yevropa chempioni, jahon kubogi gʻolibi, jahon rekordchisi yengil atletikachi Svetlana Oʻlmasova
va uning jamoadosh dugonasi Zamira Zaytseva, boks boʻyicha Yevropa chempioni Feliks Pak,
sambo boʻyicha Yevropa chemponi Mels An kabi mashhur sportchilar tarbiyalanganlar.
Baydarkachi Tatyana Levina respublika terma jamoasi tarkibida keyingi oʻn yillar davomida
yetakchilikni qoʻldan bermay kelmoqda (2000). Olimpiada oʻyinlarida sobiq Ittifoq terma
jamoalari tarkibida andijonlik sportchilar muntazam ishtirok etganlar. Ular orasida Seul
Olimpiadasining ogʻir atletika boʻyicha kumush medali sovrindori Noil Muxammadiyorov, chim
ustida xokkey boʻyicha – Igor Davidov, Moskva Olimpiadasining chim ustida xokkey boʻyicha
bronza medali sovrindorlari – Laylo Ahmedova, Nelya Gorbatkova, Alina Xam, Valentina
Zazdravnix kabil ar bor. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Andijon viloyati sportchilariga ham
Sport
xalqaro musobaqalarda qatnashishga keng yoʻl ochildi. 2000-yilda Sidney (Avstraliya)da
oʻtkazilgan 27-olimpiada oʻyinlarida mamlakat boʻyicha yagona oltin medalni andijonlik bokschi
Muhammadqodir Abdullayev oldi; bokschi Sergey Mixaylov bronzamedali sohibi boʻldi.
Bokschilardan Oʻtkirbek Haydarov, Ruslan Chagayevlar jahon chempionlaridir. Andijon shahri
Respublika olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurtining boks boʻyicha murabbiylari M.G. Qoʻchqorov,
A.A. Razmaxov „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi“ unvoniga sazovor
boʻlishgan. Andijondan mohir sportchilarni tayyorlashda sport murabbiysi V.A. Zolotaryovning
katta xizmati bor. Andijon shahrida zamonaviy sport inshootlari qurilgan: turli darajadagi xalqaro
musobaqalar oʻtkaziladigan tennis korti majmui (1998 yilda ishga tushgan; oʻn ming
tomoshabinga moʻljallangan), „Navroʻz“ futbol stadioni, „Yambol“ sport majmui, chim ustida
xokkey boʻyicha „Xalqaro doʻstlik“ stadioni, shaxmat-shashka klubi, gimnastika majmui, suzish
havzalari va boshqa Andijon tennis inshootida har yili professional tennischilarning xalqaro
turnirlari muntazam oʻtkazib kelinadi. 1996 yil oʻtkazilgan „Chellenjer“ turnirida jahondagi 26
davlatdan vakillar ishtirok etdi. 1997– 1998, 1999-yillari oʻtkazilgan xalqaro „Satellit“ va
„Istiqbol“ turnirlarida ham 20 ga yaqin davlatlardan vakillar qatnashdi. Bu xalqaro turnirlardagi
katta raketka ustalarining oʻyinlari andijonlik yosh oʻquvchi-tennischilar uchun katta mahorat
maktabi boʻlib xizmat qilmoqda. Tennis klubida 150 ga yaqin yoshlar muntazam shugʻullanib
keladi, ularga 5 murabbiy saboq beryapti (2000). Oʻquvchilar orasida respublika musobaqalari
sovrindorlari bor. Andijon viloyati „Navroʻz“ futbol komandasi mamlakat milliy futbol
chempionatida ishtirok etib keladi. Viloyatda 70 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ishlaydi;
ularda 32 ming oʻquvchi turli sport turlari bilan shugʻullanadi. Andijon shahrida olimpiada
oʻrinbosarlari bilim yurti va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari yuqori malakali
sportchilar tayyorlaydi.
Andijon olamshumul shuhrat egasi
Zahiriddin Muhammad Bobur
, Nodirabegimlar yurti. 20-asr
yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulhamid Choʻlpon Andijonda tavallud topgan.
Bu yerda Zokirjon Habibiy, Oraziy, Vosit Saʼdulla, Xoshimjon Razzoqov, Sayfiy, Anisiy, Azimiy,
Boqir kabi oʻnlab gʻazalnavislar yashab ijod etdilar. Shu zaminda shakllanib obroʻ eʼtibor
qozongan Sobir Abdulla, Sulton Joʻra, Komil Yashin,
Toʻxtasin Jalolov
, Sayda Zunnunovalar
oʻzbek adabiyoti rivojida alohida oʻrin va mavqega egadirlar. 20-asrning soʻnggi oʻn yilliklarida
sheʼriyatda Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻlan Nizom, Respublikada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi
Olimjon Xoldor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Tursunoy Sodiqova va
Xoldorjon Quronboyev, isteʼdodli shoirlar – Fozil Emin, Halima Qoraboyeva, Ismoil Toʻlak, Xanifa
Solihova, Abduhalil Qoraboyev, Shukur Qurbon, Usmonxon Shukurov, Farid Usmon, Zamira
Roʻziyeva, Qobil Mirzo, Munavvara Tillaboyeva, Xurshida, Nabi Jaloliddin; nasrda Xabibullo,
Qamchibek Kenja, Sotvoldi Rajabov, Ubaydulla Sodiqov, Odiljon Olimov, Omina Tojiboyeva;
dramaturgiyada Rahbar Fayziboyeva, Zahriddin Muhitdinov, Nazirjon Rahimov, Ziyo Najmiy;
Adabiyoti
bolalar adabiyetida Muqimjon Niyozov, Odil Abdurahmonlarning nomlari keng tanilgan. Nusrat
Abdusalomov, Habib Siddiq, Najmiddin Ikromov, Rafiq Muxtor, Dilmurod Shokirov, Xamidullo
Yusupov, Muborak Qosimova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Andijon viloyat
boʻlimining bosh binosi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi boʻlimi binosi kabi bir
necha oʻnlab shoir va adiblar oʻz asarlarida mustaqillik davri hayotinm aks ettirmoqdalar. Andijon
viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va
boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.
Andijon viloyatida 2 viloyat gazeta („Andijonnoma“, „.Andijanskaya pravda“), 14 tuman gazeta, 3
shahar gazeta („Asaka oqshomi“, 1995; „Xonobod ovozi“, 1992; „Qorasuv tonga“, 1992) chiqadi.
Viloyatda, shuningdek 14 tarmoq gazeta, 2 jurnal („Limfa“ ilmiy ishlab chiqarish majmuasining
„Limfalogaya“ jurnal, 1991-yildan 3 oyda bir marta rus tilida chiqadi; Andijon viloyati xalq taʼlimi
boshqarmasining „Taʼlim ravnaqi“ oylik jurnal, 1999) nashr etiladi. Andijon viloyatida dastlabki
radio eshittirishlari
1927-yildan
boshlangan. Shundan buyon viloyat radiosi oʻzining mazmunli
eshittirishlari bilan viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻz oʻrni va ovoziga ega boʻlib kelmoqda.
1963 yilda Andijon viloyatlararo telestudiya tashkil etilib telekoʻrsatuvlar bera boshladi (mazkur
studiya bir yilcha faoliyat koʻrsatib keyinroq texnik imkoniyatlar boʻlmaganligi tufayli oʻz
faoliyatini toʻxtatgan). Respublikamiz mustaqillikka erishgach, Andijonda
1991-yil
25-oktabrda
viloyat televideniyesi tashkil etilib, uning birinchi koʻrsatuvlari efirga uzatildi. Bir oylik
koʻrsatuvlar vaqti 45 soatdan ortadi. Andijon viloyati radiosi oyiga 36 soatlik hajmda
eshittirishlar beradi (2000). Bundan tashqari Andijon viloyatida 1997-yil 23-iyundan „Andijon“
yoshlar teleradiokompaniyasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati vodiy aholisiga telekoʻrsatuvlar,
radioeshittirishlar olib boradi. Teleradiokompaniya „Tasvir“ nomi bilan gazeta nashr etadi;
1998-
yilning
oktabrdan uning „Vodiy sadosi“ radiosi faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda, shuningdek
„Taraqqiyot“ (1995 yildan) nodavlat telekanal i koʻrsatuvlar olib boradi.
Qadimda va oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan.
Andijon shahrida 19-asr oxirida qurilgan jome masjidi majmuasi saqlangan. Tarkibida masjid,
minora va Madrasa bor. Jome masjidi Fargʻona vodiysida eng mahobatli binodir (qarang Andijon
jome masjidi majmuasi). Shahrixonda oʻtgan asrda bino qilingan bir qancha mahalla masjidlari va
madrasalari saqlangan. Shundan biri 19-asr boshida qurilgan Ponsod masjididir. Masjidning bezak
qismlarini fargʻonalik ustalar ishlagan. Shahrixonda 1872 yil qurilgan Gumbaz madrasasi
saqlangan. Andijon shahrida 20-asr boshida qurilgan 2 qavatli Axmadbekhoji uyi ham milliy
meʼmorlik namunalaridan biri (qarang Ahmadbekhoji mehmonxonasi). Hozirgi Alisher Navoiy
Matbuoti, radio va televideniyesi
Meʼmoriy yodgorliklari
nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Ahmadbekhoji bogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Boyning
bogʻidagi shiypon binosi ham saqlanib qolgan. Paxtaobod shahrida 20-asr boshida qurilgan
Otaqoʻzi madra-sasi yodgorligi ham diqqatga sazovor. Uning 5 minorasi bor. orasidagi Andijon
viloyatining tabiiy va iqtisoodiy rangli xaritasiga q. Abdugʻulom Sultonov, Sobirjon Shokarimov,
Shuhratjon Karimov
[3][4][5][6]
.
Nodira
(
1792
–
1842
) – shoira, maʼrifatparvar va davlat arbobi.
Davlatbek Rahmonov
(
1949
–
2006
) –
Oʻzbekiston prokuraturasi
tizimi xodimi va jamoat
аrbobi
,
Andijon tumani
Kengashi
deputati
, jinoyatchilik va
korrupsiyaga
qarshi
kurash
olib
borgan va qurboni boʻlgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur
(
1483
–
1530
) – shoh, sarkarda, shoir, buyuk sulola asoschisi,
san'at shaydosi va vatanparvar inson.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
—
shayx
,
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
raisi (1989-
1993)
Sherali Joʻrayev
—
Oʻzbekiston xalq artisti
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |