Andijon viloyati
Oʻzbekistondagi viloyat
Andijon viloyati –
Oʻzbekiston Respublikasi
tarkibidagi viloyat.
Fargʻona
vodiysining sharqiy
qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Aholisi 2196,0 ming kishi
(2000). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000).
Markazi –
Andijon shahri
.
[2]
Andijon viloyati
viloyat
Tarkibida
14 tuman
Maʼmuriy markazi
Andijon
Yirik shahari
Asaka
,
Xonobod
,
Qorasuv
Hokim
Shuhratbek Abdurahmonov
Aholi (
2011
)
4,232,500 (4-oʻrin)
Zichligi
636,26 kishi./
km²
Dinlar tarkibi
musulmonlar
Maydoni
4 240
km²
(13-oʻrin)
Soat mintaqasi
UTC+5
Kod
ISO 3166-2
UZ-AN
Telefon kodi
+998 74
[1]
Avtomobil raqami kodi
17 (eski uslubdagi 1998–2008),
60 – 69 (yangi uslubdagi 2008)
Andijon
viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relyefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi
geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning
gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400–500 m), sharqi (
Andijon
shahridan sharda) Fargʻona va Olay
tizmalarining tarmoqlaridan iborat.
Andijon
viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli
zilzilalar bulib turadi (qarang
Andijon
zilzilasi). Ixdimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tkzmalari
Fargʻona vodiysini sovuq xavoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda
Andijon
viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, kishi
nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi –3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 –
250 mm yogʻin tushadi. Av. Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy.
Daryolari yogʻindan, togʻlarlagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi –
Qoradaryo (Sirdaryo irmoqlaridan biri). Uning irmoqlari – Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va boshqa
Av. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproklari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq
tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar
bilan qoplanaln. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon
bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va boshqalar) kam
uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.
Aholisining koʻpchiligini
oʻzbeklar
tashkil etadi.
Qirgʻizlar
,
Tojiklar
,
Uygʻurlar
,
Ruslar
,
Koreyslar
,
Qangli
VA boshqalar ham bor. Rossiya
Qoʻqon xonligini
bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar,
arman, yahudiy va boshqa kuchib kelgan. 1 km² ga oʻrtacha 517 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi:
oʻzbeklar – 86,8 %, qirgʻizlar 3,8 %, tatarlar 3,1 %,
Qanglilar
2 % ,ruslar 2 %. Shaharliklar 657,7
ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000).
Rasmiy sayti
andijon.uz (http://www.andijan.uz/)
Tabiati
Hududiy boʻlinishi