Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumanidagi 2-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Umanova Nasibaning ona tili fanidan 5-sinflar uchun ”Qavm-qarindoshlik bilan bog’liq so’zlar” mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars taqdimoti QAVM-QARINDOSHLIK BILAN BOG‘LIQ SO‘ZLAR Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga qavm- qarindoshlik bilan bog‘liq so‘zlar haqida ma’lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda olam va odam haqidagi fikrlarini kengaytirish; matn bilan ishlash texnologiyasini shakllantirish; d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish. Shajara (arab. — daraxt) — kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmogʻi — genealogiya fani oʻrganadi. - Shajara (arab. — daraxt) — kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmogʻi — genealogiya fani oʻrganadi.
Bilib qo’ying!!! - Turkiy xalqlarda qarindoshlik nomlari boshqa tillarga qaraganda ancha boy. Mutaxassislar 90ga yaqin shunday so‘z borligini ta’kidlashadi. G‘arb tillarida ta’riflash asosidagi nomlash ko‘proq uchraydi. Bugun “katta”, “buva”, “ota” deb ataladigan so‘zlar eskidan “echu apa”, “ata” shaklida qo‘llanlgan.
Bugungi “dada”ga to‘g‘ri keladigan so‘z qadimda “qang” yoki “ata” tarzida, “ona”, “aya” ma’nosidagi so‘z esa “ana”, “uma” yoki “o‘g” (bu so‘zning izi bugun o‘ksimoq so‘zida qolgan) tarzida ishlatilgan. - Bugungi “dada”ga to‘g‘ri keladigan so‘z qadimda “qang” yoki “ata” tarzida, “ona”, “aya” ma’nosidagi so‘z esa “ana”, “uma” yoki “o‘g” (bu so‘zning izi bugun o‘ksimoq so‘zida qolgan) tarzida ishlatilgan.
- Bundan tashqari ham ona ham ota uchun “aba” so‘zi qo‘llangan. Bolalar dadasiga “ataka”, “ataki” (otajon ma’nosida), onasiga “anaki” (onajon ma’nosida) deb murojaat qilishgan ekan. Qarindosh so‘zning talqini ham qiziq. Dastlab “idish” ma’nosidagi “qa-” o‘zagi yaqinlik va qarindoshlik ma’nosini ifodalagan. Keyinroq bu o‘zakdan hosil qilingan so‘zlar eski o‘zakni unuttirgan. Qondosh (ba’zi shevalarda asliga uyg‘un holda qandash deb talaffuz qilinadi) bugun “qonga asoslangan bog‘liqlik” tarzida tushuniladi. Bu ham xato emas, lekin so‘zning etimologiyasini tilshunoslar qang (ota) so‘zi bilan bog‘lashadi. Qadimda turkiy xalqlar o‘g‘il farzandni “o‘g‘il”, “uri/o‘ri”, “ul”; qiz farzandni “qiz”, “qiz o‘g‘lan” deb atashgan ekan.
Amaki echi ,amma kuku,tog’a-tagay - Katta o‘g‘il “ichi/echi”, kichigi “ini” to‘ng‘ich qiz “icha/echa/eza”, “aka” (keyinroq “oqo” vb.) ishlatilgan. Amma, xola, tog‘aning farzandlari “ati”, “chikan”, “yigan/egan/jiyan” kabi so‘zlar bilan atalgan. Bugun ammavachcha, xolavachcha, tog‘avachcha, bo‘la vb. Manbalarda “amaki” o‘rnida “echi/ichi”, “amma” o‘rnida “kuku/kukuy/kukey” ishlatilgani qayd qilinadi. “Tog‘a” o‘rnida “tagay/taqay”, “xola” o‘rnida “eze/eza/teze/teyze” ishlatilgan
Qarindoshlar davrasi Berilgan qavm-qarindosh otlarini 1. ota taraf 2. ona taraf 3. betaraf kabi uch ustunga joylashtiring. Amma, xola, buvi, bobo, ota-ona, aka, uka, singil, opa, tog‘a, jiyan, amaki, opoqi, kelin oyi, nevara, qaynana, qaynata, qayinsingil, qayinegachi. Qavm-qarindoshlik bilan bog’liq so’zlarni aniqlang! 1. Bemehr qarindoshdan mehr bilgan yot yaxshi. 2. Ota – xazina,aka-uka – tayanch, do‘st esa har ikkalasi. 3. Ota-bola – bog‘,biri – gul, biri – bog‘bon. 4. Onalik uyning ori bor, Otalik uyning – zari. 5. Amma keldi – hamma keldi. 6. Xola – ikkinchi ona. 1.Bemehr qarindoshdan mehr bilgan yot yaxshi. 2. Ota – xazina, aka-uka – tayanch, do‘st esa har ikkalasi. 3. Ota-bola – bog‘,biri – gul, biri – bog‘bon. 4. Onalik uyning ori bor, Otalik uyning – zari.5. Amma keldi – hamma keldi. 6. Xola – ikkinchi ona. E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |