Andijon viloyati Oltinko’l tumani 52-ixtisoslashgan maktab internatining 8-“a”sinf o’quvchisi
Madaminov Bobur
Mavzu : Yurak-tomir sistemasi gigienasi.
Bajardi: Madaminov Bobur
Tekshirdi:
Andijon 2007
Yurak-tomir sistemasi gigienasi.
Kun tartibi yurak-tomir sistemasiga kuchli ta’sir etadi. Bolaning kun tartibi to’g’ri tashkil etilsa, yurak-tomir sistemasi bekami ko’st ishlaydi. Shuning uchun ham ular bajaadigan jisminiy ish va mashqlarning jadalligi va og’ir-yengilligi ularning yoshiga mos bo’lishi kerak, ayniqsa salbiy his-hayajon, chekish, spirtli ichimliklar ichish, uzoq muddat harakatsizlik yurak-tomir sistemasini ishini buzadi.
Bolalarning kiyimi, poyabzzali qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan, vena tomirlarda qon dimlanib qolishiga yo’l qo’ymaydigan bo’lishi kerak. Poyabzal tor bo’lsa, oyoqning qon bilan ta’minlanishi qiyinlashadi. Oyoqda turli qadoq, yara paydo bo’ladi.Bolalrning sof havoda bo’lishi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, vaqtida ovqatlanishi yurak-tomirlarning normal ishlashida muhim ahamiyatga ega.
Yurak-tomir sistemasi gigienasidan oldin yurak va uning ishlash foaliyati va shunga o’xshash bir necha omillar haqida bilib olsak.
Yurakning tuzilishi
Yurak(cor) konus shaklidagi kovak organ bo’lib, og’irligi gavda og’irligining 0,4-0,5% ini tashkil etadi, voyaga yetgan odamlar yuragining vazni taxminan 220-300 g. Yurak ko’krak bo’sh-lig’ida joylashgan. Yurakning 2/3 qismi tananing o’rta chizig’idan chapda, 1/3 qismi esa shu chiziqning o’ng tomonida joylashgan, yurakning qon tomirlar chiqadigan qismi (yurak tubi) yuqoriga, orqaga va o’nga, unign torayib borgan uchi esa pastga, oldinga va chapga qaragan.
Yurak tashqi tomonda yurak yoni xaltasi-perikard bilan o’ralgan.Perikardning ichki qavati yurakka yopishib turadi va epikard deb ataladi. Perikard bilan epikard o’rtasida yriqsimon bo’shliq bor, unda bir oz seroz suyuqlik bo’ladi. Bu suyuqlik yurak qisqarganda har ikki qavatni bir-biriga ishqalanishidan saqlaydi. Epikard cho’zilmagani uchun yurakning ortiqcha kengayishiga yo’l
qo’ymaydi. Epikard tagida yaxshi taraqqiy etgan, pishiq va juda
qalin muskul qavati – miokard joylashgan. Miokard ichki tomondan
endokard bilan qoplangan.
Odam yurakagi to’rt kamerali bo’lib,bularga o’ng va chap bo’lmalar bilan o’ng va chap qorinchalar kiradi. Yurak uzunasiga tushgan to’siq yordamida ikkiga bo’linib turadi. Shu boisdan yurakning o’ng va chap bo’lmalari va qorinchalari bir-biri bilan aloqada bo’lmaydi. Yurakning o’ng bo’lmasi o’ng qorincha bilan, chap bo’lmasi chap qorincha bilan maxsus (atrioventri-kulyar) teshik yordamida qo’shilgan. Har qaysi teshik fibroz halqa bilan o’ralgan bo’lib, bu halqalardan bo’lma va qorinchalar or’tasida joylashgan klapanlarning tavaqalari boshlanadi. O’ng bo’lma va o’ng qorincha o’rtasida uch tavaqali klapan, chap bo’lma bilan chap qorincha o’rtasida ikki tavaqali (mitral’) klapan joylash-gan. Bu klapanlar yurakning ichki – endokard pardasi burmalaridan paydo bo’ladi. Klapan tavaqalarining bo’sh turgan chekkalari pay iplar yordamida qorinchadagi so’rg’ichsimon muskullarga birikadi.
Tavaqali klapanlar qonning harakat qilishida katta rol o’ynaydi. Klapanlar ochilganida qon bo’lmalardan qorinchalarga tushadi va bo’lmalarga qaytib o’ta olamydi. Chunki klapanlar berkilib, qonning o’tishiga yo’l qo’maydi. Tavaqali klapanlardan tashqari, aorta va o’pka arteriyasi stvolining boshlanishi joyida yarim oysimon klapanlar bor, ular cho’ntak shaklida bo’ladi. Yarim oysimon klapanlar tomirlardagi qonning yurakka qaytishiga to’sqinlik qiladi.
Yurakning o’ng bo’lmasiga tananing yuqori qismidan – yuqoridagi kovak vena va pastki qismi-dan – pastki kovak vena qo’shiladi. Ayni vaqtda o’ng bo’lmaga yurak toj venalarining umumiy oqimi quyiladi. O’ng qorincha konussimon bo’lib, undan o’pka arteriyasi boshlanadi. Yurakning chap bo’lmasiga to’rtta o’pka venasi quyiladi. Chap qorincha devori muskullari o’ng qorincha devori Muskullariga nisbatan ancha yaxshi taraqqiy etgan. Shu sababli chap qorincha devori eng qalin va yo’g’on bo’ladi. Chap qorinchadan aorta boshlanadi. Aortadan yurak muskullarini qon bilan ta’minlovchi o’ng va chap arteriyalar ajraladi.
Yurakning ishi
Yurakning bo’lma va qorinchalari bir meyorda (ritmik) qisqarib va
bo’shashib turadi. Yurak kameralari qisqarganda bo’lmadagi qon qorinchalarga, qorinchalardagi qon esa tomirlarga chiqadi, yurak bo’lma va qorinchalari bo’shashgan vaqtda yurak qonga to’ladi.
Yurakning ritmik ketma-ket qisqarib bo’shashi yurak sikli deb ataladi. Yurakning qisqarishi – sistola, bo’sha-shi – diastola deyiladi. Tinch turgan o’rta yoshdagi odamning yuragi bir minutda 70-75 marta uradi. Yurak urishining soni odamning yoshiga, jismoniy ish bajarishiga va tashqi muhit sharoitiga bog’liq. Puls (tomir urushi). Qorinchalar qonni bosim ostida tomirlarga haydaganda tomirlarning tebranishi puls deyiladi. Pulsni teri ostida yuza joylashgan arteriya qon tomirlaridan yelka arteriyasi birgalikda ikkiga shoxlangan joyda, chekkada va boshqa yerlarda sezish va sinash mumkin.Qon tomirining har bir tebranishi yurakning har galgi qisqarishiga to’g’ri keladi.Yangi tug’ilgan bolada bir minutda puls 120-140 marta bo’lib,yoshi ortishi bilan puls kamaya boradi Jismoniy ish bajarganda yurak urishi tezlashadi, yosh va qari odamlar yuragi tez uradi, kishi uxlab yotganda yurak kam uradi.Yurakning qisqarishi kovak venalarining o’ng bo’lmaga quyiladigan joyidan boshlanadi. So’ngra bir vaqtda ikki bo’lma qisqaradi. Bo’lmalarning qisqarishi 0,1 sekund davom etadi. Shundan keyin bo’lmalar bo’shashadi.,ikki qorincha esa baravar qisqaradi. Qorinchalarning qisqarishi 0,3 sekund davom etadi. Qorinchalar qisqarganda bo’lmalar bo’shashgan holatda bo’ladi. Qorinchalar qisqarib bo’lgach, bo’shashadi. Bo’lma va qorinchalarning bo’shashgan holati 0,3-0,4 sekund davom etadi. Bunga umumiy pauza deyiladi.
Umumiy pauzadan keyin yurak ishining sikli qayta boshlanadi. Yurak ishining bir sikli 0,8 sekund davom etadi. Bo’lmalar qisqarganda ular ichidagi qon bosimi oshadi. Shuning natijasida bo’lma bilan qorincha-lar o’rtasidagi tavaqali klapanlar ochilib, qon bo’lmalardan qorinchalarga tushadi. Bu vaqtda qon venalarga
o’tmaydi. Chunki venalarning bo’lmalar-ga quyadigan joyida
o’rnashgan halqasimon muskullar qisqarib, vena teshiklarini qisib qo’yadi.
Yurakning arteriya va venalari
(oldindan ko’rinishi)
1. Yurak cho’qqisi(uchi); 2.O’ng qorincha; 3.Arteri-ya konusi; 4.Yurakning old tomonidagi venalar; 5.Yurak toj arteriyasi egati; 6.Yurakning o’ng toj arteriyasi; 8.Yuqori kovak vena; 9.Aortaning ko’ta-rilgan qismi; 10. Yelka-bosh poyasi; 11. Chap umumiy uyqu arteriyasi; 12. Chap o’mrov osti arteriyasi; 13. Chap o’pka arteriyasi; 14. O’pka poyasi; 15. Yurak bo’lmachasining chap qulog’i; 16.Yurakning chap toj arteriyasi; 17.Yurakning katta venasi; 18.Yurakning old tomonidagi qorinchalararo egat; 19.Chap qorincha.
Qorinchalarning qisqarishi ikki fazadan iborat:taranglanish fazasi va qonni haydash fazasi. Qorinchalar qisqarishidan oldin qorincha devoridagi muskullar taranglashadi va qorinchalardagi bosim ko’tariladi,qorincha ichidagi qon tavaqa klapanlarini
ko’tarib, klapanlar yopiladi. Shu vaqtda qorinchalardagi so’rg’ichsimon muskullar qisqarib, tavaqali klapanlarning pay iplari tortiladi va klapanlar-ning bo’lmalarga ochilishiga yo’l qo’ymaydi.
Qorincha muskullarining tarangligi oshadi,qonbosimi yanada ko’tariladi va aorta bilan o’pka arteriyasidagi bosimdan oshgandan keyin tomirlar-dagi yarim oysimon klapanlar ochiladi,qorinchalar muskuli qisqaradi va qon katta bosim bilan tomirlarga chiqadi. Shundan keyin qorinchalar bo’shashadi.
Qorinchalardagi bosim aorta va o’pka arteriyasidagi bosimdan past bo’ladi. Shu sababli tomirlardagi qon qorinchalarga qarab oqadi. Ayni vaqtda tomirlardagi yarim oysimon klapanlarning cho’ntaklari qon bilan to’lib, qorinchalarga boradigan yo’lni berkitadi. Yarim oysimon klapanlar uchida joylashgan tugmasimon o’simtalar kla-panlarning mustahkam berkilishiga yordam beradi.Shunday qilib, tomirlarga chiqqan qon qorincha-larga qaytib tushmaydi.
Umumiy pauza davrida yuqori va pastki kovak venalardan o’ng bo’lmaga, o’pka venalaridan chap bo’lmaga qon o’tadi. Tavaqali klapanlar ochiq bo’lishi sababli qon qisman qorinchalarga ham
tushadi. Umumiy pauzadan keyin yana bo’lmalar qisqara boshlaydi. Shunda qilib, yurak kameralarining birin-ketin qisqarib bo’shash va yurak klapanlari qonning faqat bir tomonga oqishiga yordam beradi. Tinch holatda bir kecha-kunduzda yurak 100 ming martagacha qis-qaradi va bunda qariyb 10 tonna qonni haydaydi, uning to’qimalarini oziqlantiradigan tomirlar orqali esa 500 litrdan ziyod qon oqadi.
Yurakning ko’krak qafasida yurak xaltasi ichida joylashishi (yurak xaltasi kesib ko’rsatilgan).
1.Yurak cho’qqisi(uchi); 2.Chap qorincha; 3.Qorinchalararo egat; 4.O’ng qorincha; 5.Yurak xaltasi; 6.Diafragma; 7.Diafragma plevrasi; 8.Qovurg’alar; 9.Qovurg’alararo muskullar; 10.Qovurg’a plevrasi; 11.Ong o’p-ka; 12.Yurak o’ng bo’lmachasining quloqcha-si; 13.Arteriya konusi; 14.Yuqori qavat konusi; 15.Yelka bosh poyasi; 16.Kekirdak (traxeya); 17.O’ng o’mrov osti arteriyasi; 18.Narvonsi-mon muskul; 19.Qalqonsimon bez; 20.Chap umumiy uyqu arteriyasi; 21.Chap o’mrov osti arteriyasi; 22.Aorta ravog’i; 23.Aortaning ko’tarilgan qismi; 24.Yurak chap bo’lmachasi-ning quloqchasi; 25.Chap o’pka.
Yurak faoliyatining yoshga xos xususiyatlari.
Bolaning va katta yoshli odamning yuragini organizmdan ajratib olib, oziq moddali va kislorodli eritma bilan oziqlantirilib turilsa, u
bir necha soat qisqarib turadi. Yurakning bu hususiyati yurak avtomatiyasi deyiladi. Organizmda yurak avtomatiyasi ichki muhit o’zgari- shiga qarab nerv va gumoral yo’l bilan boshqariladi.
Yurakka adashgan nervlar orqali uzunchoq miyadan markazga intiluvchi impulslar keladi. Orqa miyaning ko’krak segmentidan chiqqan simpatik tugunlardan 2 ta simpatik nerv adashgan nerv bilan birga yurak muskullariga tarmoqlanadi. Shunday qilib, umumiy uyqu arteriyasining yonidan aralash nervlar o’tadi.
Adashgan nerv markazlari qo’zg’alganda yurakning qisqarishi va kuchi, qo’zg’aluvchanligi hamda o’tkazuvchanligi kamayadi. Simpatik nerv markazlari qo’zg’alganda, aksincha, yurakning
qisqarishi soni, kuchi, qo’zg’aluvchanligi ortadi. Katta yoshli odamda adashgan nerv yurak avtomatizmiga bir qadar tormozlovchi ta’sir etadi. Bunga adashgan nerv tonusi deyiladi. Simpatik nervning yurak faoliyatiga tasiri ortib ketsa, yurak muskullarida modda almashinuvi kuchayadi. Adashgan nervlar qo’zg’alganda qonga ko’p miqdorda atsetilxolin ajralib chiqadi,bu gormon yurak ishini sekinlashtiradi.
Simpatik nervlar qo’zg’alganda,qonga noradrenalin va adrenalin gormonlari quyilib, qon orqali yurakka simpatik nerv kabi tasir ko’rsatadi. Bundan tashqari, qon tarkibidagi kalsiy, kaliy ionlari ham yurak faoliyatiga tasir qiladi. Kalsiy yurak ishini tezlashtiradi. Bola tug’ilganda yurakni ta`minlovchi nerv apparati yetarli darajada rivojlangan bo’ladi. Yurakka simpatik va parasimpatik nervlar ta’sir eta boshlaydi. Lekin yangi tu’gilgan bola yuragiga simpatik nerv tasiri kuchliroq, ya’ni simpatik nerv tonusi yuqoriroq bo’ladi. Uning ko’z soqqasi biroz bosilsa, yurak qisqarishi siyraklashadi.
7-8 yashar baloda yurak muskullari nervlar bilan to’la taminlanadi. Simpatik va para simpatik nervlar tasiri ancha barqaror bo’lib qoladi.O’smirlik davrida yurak funksiyalari Katta
odamlarnikiga o’xshab qoladi. Bola organizmining o’sishi va rivojlanishi jarayonida yurakning tuzilishigina emas, balki hajmi ham yoshga bog’liq holda o’zgarib boradi.
Yurakning o’rtacha o’lchamlari(A.F.Listov)
Opkaning tomirlar o’zganidan qarshilik sistemasi qon aylanishidagiga qaraganda 8 baravar kam va unga yurakning o’ng qorinchasidan qon otilishi uchun chap qorinchadan katta doiraga otilishi nisbatan kamroq kuch sarflanadi. Bu natijasida chap qorincha jadalroq rivojlanadi va muskullarining massasi o’ng qorinchanikiga nisbatan 3 baravar ortiq bo’ladi. Yurakning organism o’zgarishi bilan nafaqat tuzilishi va hajmi o’zgaradi ,balki uning massasi ya’ni vazni ham ortib boradi. Buni quyidagi jadvalda ko’rishingiz mumkin.
Yurakning massasi (Kubat bo’yicha, 1965)
Odamlar turli hil yukakka salbiy tasir etuvchi omillar natijasida,yurak tomir gigienasiga rioya etmasliklari oqibatida turli hildagi yurak-tomir kasalliklari kelib chiqadi.Bu kasalliklarning ayrim turlari va ularni kelib chiqish sabablari va ularni davolash usullari to’g’risida ayrim ma’lumotlar keltirib o’tamiz.
Yurak-tomir sistemasining asosiy kasalliklari
Yurak paroklari
Yurak parogi deb,yurak klapanlari funksiyalari-ning turg’un buzilishiga aytiladi.Bu buzilish yurakning organik o’zgarishi
oqibatida ro’y beradi.Yurak porogi revmatik,skelerotik va sifilitik protseslar natijasida paydo bo’ladi. Bunda qonaylanishi izdan chiqadi. Poroklar tug’ma va hayotda orttirilgan bo’ladi.
Tug’ma porok bola ona qornidaligida normal o’smaligi va yurak-tomir sistemasining noto’g’ri shakllanishining oqibatida paydo bo’ladi. Porokning bu hili odatda kam uchrab, umumiy porok kasalligining 1-3% iga to’g’ri keladi. Hayotda orttirilgan porokning 90 % iga revmatizm sabab bo’ladi.
Klapanlar va tomirlarning zararlanishiga qarab poroklar turlicha bo’ladi. Mitral klapan porogi, uch tavaqali klapan porogi, o’pka arteriyasi teshigining torayishi va hokazolar. Yurak poroklari va ularning kechishi. Yurak klapanlarining organik o’zgarishlarini bartaraf etib bo’lmaydi. Chunki har qanday konsrvativ davo choralari klapanlardagi organik o’zgarishlarni qayta tiklash imkoniga ega emas. Biroq bemor uzoq vaqt davomida o’zini yaxshi his etib, mehnat qobiliyatini to’la saqlab qola oladi. Bunga sabab yurak qismlari shiddatli ishlashi tufayli porok oqibatida qon aylanishining izdan chiqishi sezilmay, yurak o’z faoliyatini qoniqarli suratda davom ettiraverishidir.
Kompensatsiya deb ana shunga aytiladi. Bunday bemorlar davolanishga muhtojlik sizmaydilar. Biroq ularni mutloq sog’lom shaxslar deb qarash ham yaramaydi. Bu kasallik 10-15, hatto 20
yillab davom etishi, oqibatda yurak muskullarining bo’shashuviga olib kelishi mumkin, natijada yurak dekompensatsi-yasi ro’y beradi.
Bunda nafas qisiladi,terida sianoz holati paydo bo’lib, vena
dimlanadi, tana shishib, suyuqlik to’plana boshlaydi. Ayniqsa revmatik endomiokardit retsidivi bemorlar uchun havflidir. Chunki bu kasallik bora-bora yurak dekompensatsiyasiga sabab bo’ladi. Yurak dekompen-satsiyasi uzoq vaqt davom etganda moddalar almashinuvi va hamma organlarning qon bilan ta’minlanishi buzilib, bemor ozib ketadi(yurak kaxeksiyasi).
Davolash va parvarish qilish. Yurak dekompensat-siyasi qanchalik barvaqt aniqlansa, davo shunchalik yaxshi naf beradi.
Yurak porogini davolash quyidagi sxema bo’yicha olib obriladi: birinchi bosqichda bemor kamida ikki hafta o’rnida yotishi kerak. Unga hilma-hil tez hazm bo’luvchi ovqatlar beriladi. Tuz va suyuqlik miqdori cheklab qo’yiladi. Dori-darmonlardan adonis
preparatlari, siydik haydovchi va nerv sistemasini tinchlantiruvchi preparatlar buyuriladi. Sanatoriy-kurortlarda davolanish tafsiya etiladi; II bosqich-da 1-2 oy davomida o’rinda yotishi lozim. Bu vaqtda yotoq yara paydo bo’lishiga yo’l qo’maslik kerak. Buning uchun dumg’aza sohasi kamfora spirti bilan artiladi. Sutkalik siydik
miqdorini aniqlab turish ham ahamiyatga ega. Chunki surkalik siydik miqdori kamayib ketsa, bu – bemorning ahvoli yomonlashga-nini ko’rsatadi. Suyuqlik miqdorini cheklab, yog’siz taomlar, baliq go’shti, tuxum va boshqalar buyuriladi.
Rezavor mevalar,sabzavotlar, ulardan tayyorlangan taomlar qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Dori-darmonlardan digitalis preparatlari poroshok holida yoki damlamasi osh qoshiqda ichiriladi, kuniga 3 mahal 15 tomchidan lantozid beriladi, bazan strofantinni glukoza bilan birga venaga yuboriladi.
Yurak revmatizmi. Endokardning revmatik protses bilan shikastlanishi yurak poroklarini eng ko’p sababchilaridandir. Bazan revmatik yallig’lanish protsesi endikardning yuza qavatinigina egallashi mumkin, bunday hollarda yurak porogi paydo bo’lamydi. Ko’pincha revmatik endokarditni bemor sezmaydi va hosil bo’lgan yurak porogi tasodifan aniqlanadi. Ko’pincha revmatik endokardit o’ziga hos rosmana alomatlar bilan kechadi. Bemor yurak urushidan, yurak sohasida paydo bo’luvchi ko’ngilsiz hislardan shikoyat qiladi. Obyektiv tekshirilganda yurak chegaralarining ham
qisman o’ngga, hamda chapga kengayganligi aniqlanadi. Puls
tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin. Gavda temperaturasi goh pastga tushadi(37,5-37,4 gradus), goh ko’tariladi(37,9-38,6 gradus), qon tekshirilganda uncha ko’p bo’lmagan leykositoz, neytrofilyoz va ROE ning tezlashishi aniqlanadi. Bazan kasallik boshlangandan so’ng 2-3 hafta o’tgach, gavda temperaturasi normallashadi. Laeykositlar miqdori ham normaga keladi. ROE yuqori sonlarda uzoq vaqt saqlanib turadi. O’rtacha o’gir revmatik endokarditda kasallik 4-5 oy davom etadi, undan ma’lum darajada ifodalangan bir yoki bir necha klapanlar porogi qoladi.
Qon tomirlarining o’zgarishi natijasida arterial qon bosimining ko’payishi gepotiniya bilan tariflanuvchi holatdir. Giperotinch kasallik insoniyastning muhim ijtimoiy muamosi bo’lib ko’pgina hollarda barvaqt o’lim va majburlikka olib keladi. Yurak
mushaklarining qon bilan yetarli taminlamaslik animiya kasaligi ham aynan qon bo’limi yuqori bo’lgan kishilarda kuzatiladi. Qon tomirlari tanasining anashu giportoniya ko’pincha buyrak kasalliklari kelib chiqadi.
Maktab bolalari ommaviy tekshirishdan o’tkazilganda ularda Gipertenziya sifati 5% dan 10% gacha uchratishi aniqlandi. Sog’lom bolalarda qon tomirlarining tarangligi doimo muhim holatda katta ahamiyat beriladi. Qon tomirlar tarangligi buzulishining qon bosimi pasayishi bilan kechdigan turiga ham bemor shifokor nazoratida bo’lmog’i kerak.
Qon aylanishining yetishmovchiligi kuzatiolganda davolash tadbirlari qatoriga yurak ham qo’shiladi. Ularni tanlshda qon aylanish yetishmovchiligining darajasi hisobga olinadi. Yurak yetishmovchiligining 3 darajasi ajratiladi. Yurak faoliyati yetishmovchiligining 1 darajasida uning belgilari faqatgina jismoniy zo’riqishdan so’ng nafasning jadallashuvi yurak urushining tezlashuvi bosh og’rig’I, tez charchash kelib chiqadi. Yurak yetishmovchiligining 2 darajasida bu belgilar xattoki bemo tinch o’tirganida ham kuzatiladi. Yurak faoliyati yetishmovchiligining 2a va 2b darajasining ajratish qabul qilingan. Yurak yetishmovchiligining 2a darajasida nafasning tezlashinuvi jigarning bir muncha kattalashuvi vaqt vaqti bilan oyoqlarda shish paydo bo’lishi hisoblanadi. 2b darjasida esa jigar ancha kattalash-
gan diruz keskin kamaygan oyoqlardagi shish turg’un bo’ladi. Ko’pincha yurak faoliyatining o’tkir yatishmovchiligi diffuz o’tkirmikroditda va seypunkaliyurak aksalliklari bor bemorlar qo’shimcha yuqumli xastaliklarga ham mubtalo bo’lganda, og’ir jismoniy ish bajarganda to’satdan kelib chiqadigan yurak mushaklari faoliyatining yetishmovchiligida to’satdan kelib chiqadigan. Yurak chap qorinchasi faoliyatining o’tkir yetishmovchiligi yurak bo’lmasi (yurak astmasi) va o’pka istisqosi (shishi) ko’rinishida bola hayoti jarayonida paydo bo’lgan va tug’ma yurak nuqsonlari mavjud bemorlar qo’shimcha kasalliklarga duchor bo’lganda, jismonan zo’riqqanda yuz beradi. Bola bezov-
talanib hansiraydi, lab, yuzlari ko’karadi, yurak urushi tazlashadi, nafasi qiyinlashib, shovqinli bo’ladi. Qon bosimi pasayadi, qon tomirlarda urushi tez va sust bo’lib qoladi. O’pkada ko’proq nam
xiralash eshitiladi. Yurak o’ng qorinchasi qisqarishining yetishmovchiligida qo’l, oyoq panjalari, lab va yuz ko’karadi. Barcha yuzada joylahgan vena qon tomirlari bo’rtib chiqadi, bemorning jigari kattalashdi, qon bosimi pasayadi. Bemorning dastlab oyoqlarida keyin qornida shish paydo bo’ladi.
Davolash. Yurak faoliyatining yetishmovchiligi bo’lgan bemorlar maxsus shifoxonalarda davolanishi lozim. Birinchi yordam ko’rsatganda tinchroq joy topib bemorning bosh tomonini baland q Jismoniy tarbiya yordamida davolash ilib yotqazib qo’yish va toza havodan bahramand etish zarur.
Hulosa qilib aytadigan bo’lsak yurak-tomir sistemasi gigienasiga amal qilinib turilsa, ya’ni o’z vaqtida to’g’ri ovqatlanish,jismoniy mashqlar bilan doimo shug’ullanish,keyim-kechak,poyabzallarga e’tiborli bo’lish, ya’ni o’ziga mosini tanlab kiyish, ochiq havoda tez-tez dam olib turish, yurakka darmon bo’luvchi ovqatlardan tanavvul qilish, tanani doimo ozoda tutish va shunga o’xshash bir necha amallarni bajarib turilsa yurak-tomir sistemasida yuzaga keladigan
turli hildagi nuqsonlarni va kasalliklarni oldini olgan bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |