Andijon viloyati Baliqchi tumani 12 – son Davlat Ixtisoslashtirilgan Maktab internatining matematika Fani o’qituvchisi G. Sodiqovaning



Download 72 Kb.
Sana28.01.2017
Hajmi72 Kb.
#1261
Andijon viloyati Baliqchi tumani

12 – son Davlat Ixtisoslashtirilgan

Maktab - internatining matematika

Fani o’qituvchisi G. Sodiqovaning

6 – sinflar uchun yozgan

D a r s

ishlanmasi


Mavzu : Butun son bilan kasrning yig’indisi va

ayirmasi.
Dars shiori: “ Tinimsiz aqliy mehnat qilmasdan hech kim matematikada

olg’a siljiy olmaydi”.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Butun son bilan kasrlarni qo’shish va ayirishni tushuntirish,

ularga doir misol va masalalar yechishni o’rgatish.

Bilimlarini muatahkamlash.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda ijodiy faollikni, mustaqil ishlash qobiliyatini oshirish.
Rivojlantiruvchi: Misol va masalalar yechish davomida o’zaro hamkorlik

munosabatlarini shakllantirish.


Dars turi: noan’anaviy.
Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar, qo’shimcha adabiyotlar,

Tarqatma materiallari.


Darsning olib borish rejasi:




D a r s b o s q i c h l a r i


V a q t i

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

10 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Darsni yakunlash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa


Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash,

o’quvchilarni darsga jalb etish, ularning darsga tayyor

ekanligini nazorat etish.


O’tilgan mavzuni takrorlash.
O’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash o’tkaziladi.

Bunda galma galdan o’quvchilardan o’tilgan mavzu yuzasidan savollar berib boriladi. Har bir to’g’ri javob uchun o’quvchiga rag’bat kartochkasi beriladi.




  1. Juft son deb nimaga aytiladi? 9. 8 ga bo’linish belgisini ayting?

  2. Toq son deb nimaga aytiladi? 10. 9 ga bo’linish belgisini ayting?

  3. Tub son deb nimaga aytiladi? 11. 10 ga bo’linish belgisini ayting?

  4. Murakkab son deb nimaga aytiladi? 12. Eng kichik tub sonni ayting?

  5. 3 ga bo’linish qoidasini ayting? 13. O’zaro tub son deb nimaga aytiladi?

  6. 4 ga bo’lininsh qoidasini ayting? 14. Kasrning asosiy xossasi qanday ?

  7. 5 ga bo’linish qoidasini ayting ? 15. Kasrlar qanday taqqoslanadi?

  8. 6 ga bo’linish belgisini ayting? 16. Har-xilmaxrajli kasrlarni taqqoslash?

Song uyga vazifaning javoblari doskada namoish etiladi. ( Proyektor bo’lgan maktablarda ekranda namoish etish mumkin.) O’qituvchi o’quvchilarga daftarlarini partadoshlari bilan almashtirib, daftarga yechilgan vazifalarni doskadagi bilan tekshirishlarini so’raydi. So’ng daftarlarini bir birlariga qaytaradilar. Vazifani to’liq va hatosiz yechgan o’quvchiga rag’bat kartochkasi tarqatiladi.


Yangi mavzu ustida ishlash.
Doskaga yangi mavzu uchun tayyorlangan ko’rgazmalar ilinadi. ( Proyektor bo’lgan maktablarda ekranda namoish etish mumkin.)

Ta’rif : Butun son bilan kasrning yig’indisi aralash sondir .
Masala. Alining qo’lida yarimta non bor edi. Ali do’kondan yana 2 ta non sotib oldi. Endi Alida qancha non bor?

Yechish : 2 + = 2

Javob : Alida 2 bo’lak non bor.

Masala. Dala hovlining qismiga sabzi , qolgan qismiga karam ekildi. Dala hovlining qancha qismiga karam ekilgan ?

Yechish: Dala hovli yuzini 1 birlik deb olamiz.

Masalani yechish ucnun 1 - ayirmani hisoblash kerak.



kasrning maxraji 4 bo’lgani uchun 1 ni kabi yozish qulay.

U holda , 1 - = - = = .

Javob. Dala hovlining qismiga karam ekilgan .

Har qanday natural sondan to’g’ri kasrni ayirish uchun :

1 – qadam. Natural sonni maxraji ayriluvchi kasr maxrajiga teng

kasr ko’rinishida ifodalanadi.

2 – qadam. Bir xil maxrajli kasrlarni ayirish qoidasidan foydalanib,

ayirma topiladi.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun 329 – 333 mashqlar navbatma navbat ishlanadi. Har bir mashq o’qituvchi tomonidan izohlanib boradi. Misollarni to’g’ri yechgan o’quvchiga rag’bat kartochkasi beriladi.
So’ng o’quvchilar navbatma navbat ta’rif aytishadi. Ikki marta aylanishda kim to’xtamasdan to’g’ri ta’rif aytsa , o’sha o’quvchiga rag’bat kartochkasi beriladi.
O’quvchilar biroz dam olishlari uchun so’z o’yini o’ynaladi. Bunda matematik termenlarni tugagan harfi bilan boshlanadigan so’z aytiladi. Buni o’quvchilar galma gal aytishadi. Kim ayta olmay qolsa, o’sha o’quvchi keyingi aylanishda ishtirok etmaydi. Kim bunda yaxshi ishtirok etsa, rag’bat kartochkasi beriladi.

Masalan: matematik , kvadrat , to’rtburchak , kub , burchak va hakozo.


Har bir o’quvchini o’zini to’plagan rag’bat kartochkasiga qarab baholanadi va dars yakunlanadi.
Uyga vazifa : 339 – 340 mashqlar.
Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish