Andijon viloyati Baliqchi tumani
12 – son Davlat Ixtisoslashtirilgan
Maktab - internatining matematika
Fani o’qituvchisi G. Sodiqovaning
6 – sinflar uchun yozgan
D a r s
ishlanmasi
Mavzu : Butun son bilan kasrning yig’indisi va
ayirmasi.
Dars shiori: “ Tinimsiz aqliy mehnat qilmasdan hech kim matematikada
olg’a siljiy olmaydi”.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Butun son bilan kasrlarni qo’shish va ayirishni tushuntirish,
ularga doir misol va masalalar yechishni o’rgatish.
Bilimlarini muatahkamlash.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda ijodiy faollikni, mustaqil ishlash qobiliyatini oshirish.
Rivojlantiruvchi: Misol va masalalar yechish davomida o’zaro hamkorlik
munosabatlarini shakllantirish.
Dars turi: noan’anaviy.
Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar, qo’shimcha adabiyotlar,
Tarqatma materiallari.
Darsning olib borish rejasi:
№
|
D a r s b o s q i c h l a r i
|
V a q t i
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
10 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash,
o’quvchilarni darsga jalb etish, ularning darsga tayyor
ekanligini nazorat etish.
O’tilgan mavzuni takrorlash.
O’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash o’tkaziladi.
Bunda galma galdan o’quvchilardan o’tilgan mavzu yuzasidan savollar berib boriladi. Har bir to’g’ri javob uchun o’quvchiga rag’bat kartochkasi beriladi.
-
Juft son deb nimaga aytiladi? 9. 8 ga bo’linish belgisini ayting?
-
Toq son deb nimaga aytiladi? 10. 9 ga bo’linish belgisini ayting?
-
Tub son deb nimaga aytiladi? 11. 10 ga bo’linish belgisini ayting?
-
Murakkab son deb nimaga aytiladi? 12. Eng kichik tub sonni ayting?
-
3 ga bo’linish qoidasini ayting? 13. O’zaro tub son deb nimaga aytiladi?
-
4 ga bo’lininsh qoidasini ayting? 14. Kasrning asosiy xossasi qanday ?
-
5 ga bo’linish qoidasini ayting ? 15. Kasrlar qanday taqqoslanadi?
-
6 ga bo’linish belgisini ayting? 16. Har-xilmaxrajli kasrlarni taqqoslash?
Song uyga vazifaning javoblari doskada namoish etiladi. ( Proyektor bo’lgan maktablarda ekranda namoish etish mumkin.) O’qituvchi o’quvchilarga daftarlarini partadoshlari bilan almashtirib, daftarga yechilgan vazifalarni doskadagi bilan tekshirishlarini so’raydi. So’ng daftarlarini bir birlariga qaytaradilar. Vazifani to’liq va hatosiz yechgan o’quvchiga rag’bat kartochkasi tarqatiladi.
Yangi mavzu ustida ishlash.
Doskaga yangi mavzu uchun tayyorlangan ko’rgazmalar ilinadi. ( Proyektor bo’lgan maktablarda ekranda namoish etish mumkin.)
Ta’rif : Butun son bilan kasrning yig’indisi aralash sondir .
Masala. Alining qo’lida yarimta non bor edi. Ali do’kondan yana 2 ta non sotib oldi. Endi Alida qancha non bor?
Yechish : 2 + = 2
Javob : Alida 2 bo’lak non bor.
Masala. Dala hovlining qismiga sabzi , qolgan qismiga karam ekildi. Dala hovlining qancha qismiga karam ekilgan ?
Yechish: Dala hovli yuzini 1 birlik deb olamiz.
Masalani yechish ucnun 1 - ayirmani hisoblash kerak.
kasrning maxraji 4 bo’lgani uchun 1 ni kabi yozish qulay.
U holda , 1 - = - = = .
Javob. Dala hovlining qismiga karam ekilgan .
Har qanday natural sondan to’g’ri kasrni ayirish uchun :
1 – qadam. Natural sonni maxraji ayriluvchi kasr maxrajiga teng
kasr ko’rinishida ifodalanadi.
2 – qadam. Bir xil maxrajli kasrlarni ayirish qoidasidan foydalanib,
ayirma topiladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun 329 – 333 mashqlar navbatma navbat ishlanadi. Har bir mashq o’qituvchi tomonidan izohlanib boradi. Misollarni to’g’ri yechgan o’quvchiga rag’bat kartochkasi beriladi.
So’ng o’quvchilar navbatma navbat ta’rif aytishadi. Ikki marta aylanishda kim to’xtamasdan to’g’ri ta’rif aytsa , o’sha o’quvchiga rag’bat kartochkasi beriladi.
O’quvchilar biroz dam olishlari uchun so’z o’yini o’ynaladi. Bunda matematik termenlarni tugagan harfi bilan boshlanadigan so’z aytiladi. Buni o’quvchilar galma gal aytishadi. Kim ayta olmay qolsa, o’sha o’quvchi keyingi aylanishda ishtirok etmaydi. Kim bunda yaxshi ishtirok etsa, rag’bat kartochkasi beriladi.
Masalan: matematik , kvadrat , to’rtburchak , kub , burchak va hakozo.
Har bir o’quvchini o’zini to’plagan rag’bat kartochkasiga qarab baholanadi va dars yakunlanadi.
Uyga vazifa : 339 – 340 mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |