Andijon viloyati Buloqboshi tumani 12-o’rta umumta’lim maktabi MG’MAHT fanlari o’qituvchisi Satvoldiyev Fahriddin - Mavzu: IMOM BUXORIY
- YODGORLIK MAJMUASI
- mamlakatimizda buyuk qadamjolar, muqaddas ziyoratgohlar haqida gap ketganida, yurtdoshlarimiz ham, chet ellik sayyohlar ham Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini birinchilar qatorida tilga oladilar. Bu noyob obida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Xartang qishlog‘ida joylashgan.
- Imom Buxoriy butun islom dunyosida muhaddislar sultoni deb tan olingan.
- «Muhaddis» arabcha so‘z bo‘lib, hadis rivoyat qiluvchi, hadislarni to‘plash, saralash va sharhlash bilan shug‘ullanadigan allomani anglatadi.
- «Hadis» arabcha so‘z bo‘lib, xabar, yangilik degan ma’nolarni, Muhammad alayhissalomning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari va ko‘rsatmalari haqidagi rivoyatlarni bildiradi.
- «Imom Buxoriy yodgorlik majmuasidagi bosh nuqta – bu allomaning qabr-maqbarasidir, – deydi Birinchi Prezidentimizmiz muhokama jarayonida. – Butun dunyodan millionlab odamlar avvalo shu qabrni ziyorat qilish uchun, o‘zlarini poklash, ruhiy tozarish va savobga doxil bo‘lish uchun keladi. Shuning uchun, mening nazarimda, biz me’moriy yechimning markaziga Imom Buxoriy qabr-maqbarasini qo‘yishimiz zarur».
- Me’morlar, quruvchilar va ustalar Prezidentimizning so‘zlaridan ilhomlanib, katta kuch-g‘ayrat bilan ishga kirishdilar. Ana shu fikrmulohazalar asosida Imom Buxoriy majmuasi loyihasining butunlay yangi namunasi yaratildi. Keyinchalik ham Yurtboshimiz bu mavzuga bir necha bor qaytib, har safar yangi-yangi taklif-mulohazalar bilan loyihani to‘ldirib, boyitib bordi. 1998-yilning yozida esa qurilish maydoniga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi, quruvchi va mutaxassislar bilan fikrlashib, qimmatli yo‘l yo‘riq va maslahatlar berdi.
- YAXSHILIKNING MUKOFOTI
- Nihoyat, 1998-yilning oktabr oyida majmua qurib bitkazildi. U 23-oktabrda Imom Buxoriyning 1225 yillik tavallud sanasi sharafiga tantanali ravishda ochildi. O‘sha kuni ulug‘ ajdodimizning tavallud ayyomi munosabati bilan dunyoning turli mamlakatlaridan bu yerga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar – taniqli diniy ulamolar, ilm-fan va madaniyat arboblari, xalqaro tashkilotlarning vakillari, yurtdoshlarimiz huzurida davlatimiz rahbari nutq so‘zladi. Ayniqsa, Yurtboshimizning mana bu so‘zlari barcha yig‘ilganlarning qalbiga, yuragiga muhrlanib qoldi:
- «Muqaddas qur’oniy oyatda ta’kidlanganidek, «Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir...
- ...Ozodligimizning dastlabki yillaridanoq biz Imom Buxoriy maqbarasini ul zotning sha’n-shavkatiga munosib, yon-atrofi munavvar go‘shaga, ziyoratga kelgan mo‘minmusulmonlarga ruhiy-ma’naviy kuch ato etadigan qadamjoga aylantirishni niyat qilgan edik. Ollohning inoyati bilan ezgu niyatimiz ijobat bo‘lgan shu qutlug‘ kunda men bu muazzam yodgorlik majmuasining shunchaki ziyoratgoh emas, balki go‘zal O‘zbekistonimizni butun dunyoga tanitadigan, yosh avlodimizni ezgulik ruhida tarbiyalaydigan, har bir insonni hayot va abadiyat haqida o‘ylantiradigan aziz maskan bo‘lib qolishiga ishonaman».
- Imom Buxoriy majmuasining umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Katta darvozadan ichkariga kirishingiz bilan Imom Buxoriy bobomizning muazzam maqbarasi ko‘zga tashlanadi. U moviy gumbazli, qimmatbaho toshlar, sharqona naqshlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ikki tomonida oldi ochiq, yetmish to‘rtta o‘ymakor ustundan iborat katta bahavo ayvon qurilgan.
- Hozirgi kunda bu maskanga yurtimizdan, jahondagi musulmon mamlakatlardan yuzlab, minglab insonlar ziyoratga keladilar. Ular Imom Buxoriy bobomiz xotirasini yod etib, mazkur majmuani katta qiziqish bilan tomosha qiladilar.
- Savol va topshiriqlar:
- 1. Siz bironta hadisni yod bilasizmi?
- 2. Imom Buxoriy qadamjosi sobiq tuzum davrida nima uchun qarovsiz qolib ketgan, deb o‘ylaysiz?
- 3. Imom Buxoriy maqbarasini rasmlardagi Amir Temur va Imom Moturidiy maqbaralari bilan solishtirib ko‘ring, ularning gumbazlari, naqshlarida qanday o‘xshashlik hamda farq bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |