Oq kigiz vat emir yoy
Yosh podshoh Mirzo Ulloh bilan birga qasrga kirishdi, ammo ular uzoq yolg‘iz qolishmadi. Qayg‘uga cho‘mgan va tinchini yo‘qotgan xalq qasr darvozalariga yopirilib, Zahiriddin Muhammadni chaqirishardi. Podshoh olomon orasida paydo bo‘lgan zahoti, uni turli ovozlar o‘rab oldi: — Umarshayxning o‘g‘li, gapimizga quloq soling! Odatimizga ko‘ra, bugunoq Farg'ona podshohlarining oq kigiziga chiqing, oq kigizga o'tqazganlaridan so‘nggina siz chopqir otlarga, botir sipohilarga xo‘jayin bo‘lasiz, o, Zahiriddin Muhammad, baland tog‘lar, keng sahrolar, barcha jonzotlar, qal’alar, yurtimizdagi barcha odamlar ustidan hukmron bo‘lasiz. Farg‘ona hukmdori, biz sizga murojaat qilmoqdamiz! o‘z ajdodlaringizdan ham buyukroq, olamni zabt etgan Temurdan ham buyukroq bo‘ling.
Shunda Zahiriddin Muhammad javob qaytardi, uning tovushi yorqin va jarangdor edi: — Yagona Alloh oldida qasam ichamanki, ajdodlarimizning ko‘hna udumlariga sodiq qolaman. Hayot va mamot haqqi! Rasulimizning xizmatkorlari shahar mezanalaridan turib, shom namoziga azon aytgunlariga qadar, butun Farg‘ona xalqini imkoni boricha chaqirib, shoh tepaligiga to‘planglar. o‘sha yerda, rasm-odatimizga ko’ra, meni oq kigizga o‘tqazishadi. Karugli3!
Barcha erkaklar qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishib: „Karugli! Karugli!“ deya qichqirishdi. Olomon harakatga keldi, hamma shahar tomon yugurdi... Otlaninglar! Otlaninglar! Chaqiriq sahrodagi shamoldan ham tez shahar bo‘ylab tarqaldi. Uylardan kichik nog‘oralarning gumbur-gumburi, masjidlar va karvonsaroylardan mis qozonlarning jarangi eshitildi.
Tekis tomlar va kulbalar ustidagi butoqlardan yasalgan quyosh nuri qaytargichlarini yulib olishdi. Qo’llar va oyoqlar bilan barglar, shox-shabbalarni odam bo‘yi qilib to‘plashdi. Bitta uchqunni shundoq tashlashsa, yolqin gurullab tepaga ko‘tariladi.
Aytishlaricha, birorta kamon o‘qi oshib o‘tolmaydigan baland va keng qal’a devorlari ustida yuk tashuvchilar ko‘zga tashlanadi. Ular burunlari yerga tekkuncha katta-katta bog'lamlardagi og‘ir o‘tinlarni yelkalarida ko‘tarib tashishardi. Bular hademay yoqiladigan katta xabar gulxani uchun edi.
Hademay yuzlab tutun ustunlari g‘ira-shira kechki osmon bo‘ylab o‘rlaydi. Yoki undan ham ko‘pmi? Ular shunchalik ko‘pki, sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi, qal’a, shahar devori, tomlar ustidan tutun ko'tariladi. Osmon peshtoqigacha yetib, borgan sari kengayib boradi-da, birbiriga qo‘shilib, bitta og‘ir, qop-qora tutun tomini hosil qiladi. Go‘yo Andijon ustida ulkan daraxtlar o‘rmoni turganidek, ularning bo‘ylari tog‘ cho‘qqilaridan ham balanddek, go‘yo osmon ularning ulkanligidan qorong‘ilashib ketgandek tuyulardi.
Uzoq-uzoqlarda, tepaliklar ustida boshqa tutun ustunlari javob qaytarishadi. Yiroqdan ular kichkina, nafis bo‘lib ko‘rinadi. Gurullab yonayotgan gulxanlardan buralib-buralib chiqayotgan tutunlararo xabar butun mamlakatga tarqaladi: Qo‘zg‘alinglar! Qo‘zg‘alinglar! Yosh podshohning choparlari qaldirg'ochdan ham tezroq uchib, shimolga, janubga, Farg‘onaning hamma burchaklariga yetib borishadi.
Shaharda birorta inson yo‘q ediki, osmondagi bu manzarani tomosha qilishga vaqti bo'lsin. Bugun bitta narsa aniq: kimki bugun qush havoda uchgandek, baliq suvda suzgandek otda yelmasa, u erkak emas. — Ayollar, qizlar, keksalar, yo‘ldan qochinglar! Uylaringizga kirib ketinglar yoki gulxanlarga qaranglar!
Otlaninglar! Otlaninglar! Erkaklarning otlanishlariga yo‘l beringlar, Farg'onaning jangchilariga yo‘1 beringlar, ularning sonlari otlar beliga shunday yopishsinki, buni faqat o’lim ajrata olsin!
Mana ular kelishyapti, yakka-yakka bo‘lib, pastakkina uylarining tomidan otlari ustiga sakrab minib yoki to‘da-to‘da bo‘lib to‘planish maydoniga yig‘ilishyapti.
Barcha yo‘llar va tor ko‘chalar, barcha maydonlar va barcha darvozalar bo'ylab ot tuyoqlarining dupuri eshitiladi. Biror to‘siq ularni to‘xtatolmaydi. Bozor peshtaxtalari, sabzavot solingan savatlar, paxta uyumlari osha ular uchib o‘tishmoqda. Otlaninglar! — deya qichqirishib, chopqir otlarda olg‘a yurishadi. Otlaninglar! — deya baqirishib, tovonlarini otlar biqiniga tirashadi. Otlaninglar! — deya bo‘kirishib, yoy, nayza va qilichlarini baland ko‘tarishadi!
„Tirik jon borki, podshoh xizmatiga qo‘zg‘alsin“. Yosh hukmdorning buyrug‘i xuddi shunday jarangladi. Darhaqiqat, buyruq mukammal bajarildi va barcha tirik jon xizmatga shay bo‘ldi.
Yoppasiga ko‘tarilgan shovqin-suron barcha hayvonlarni ham bezovta qilib qo‘ydi. Tuya, eshak, qo‘y-echki, it-u mushuk va tovuqlar qo‘rqqanlaridan bor ovozda qichqira boshlashdi. Ular turli ohanglarda, Alloh ularni yaratayotgan paytda qanday ovozni ato qilgan bo'lsa, o‘shanday qichqirishardi.
Shahar atrofida biror parcha yer qolmadiki, otliqlar to‘dasi bo‘yinlarida pati yo‘q katta-katta qushlarni quvib yurmagan bo‘lsin. Shovqin-suronli quvishlardan Andijon atrofida yuzlab topiladigan quzg‘unlar ham chetda qolmadi. Tayoqlar va xipchinlar bilan qurollangan otliqlar baqira-chaqira tipirlayotgan qushlarni o‘ldirishardi. Qo‘rqib ketgan qushlar potirlab uchishar, dahshatli, g‘azabli ovozda chuvillashar, biroq ikkinchi hujumdan keyin odatda to‘planadigan joy va inlarini tark etishardi. Ular havoga ko'tarilishganda, barcha qanotli jonzotlarni — chumchuq, qarg‘a-yu maynalarni hurkitib, g‘alayonga solib yuborishardi. Hatto dalalardagi sichqonlar ham bezovta bo‘lishib, chiyillagancha inlariga yashirinishardi. Go‘yo har bir jonzot o‘z tilida: „Qo‘zg‘alinglar! Qo‘zg‘alinglar!“ deyayotgandek edi.
33Yirikroq qushlar, birinchi navbatda, qarg'a va qirg‘iylar qanotlarini silkitib, shahar atrofida aylanishardi. Ular bir zum qoratutundan hosil boMgan o‘rmon ichida to‘xtashdida, keyin uzoqlardagi baland tog‘larga, hayvon-u odamlar: Otlaninglar! Otlaninglar! — deya xabar yetkazayotgan tomonlarga qarab uchib ketishdi.
Shu payt shoh saroyining og‘ir darvozasi ochildi. Shaxsiy soqchilardan iborat, har birida yuzdan ortiq kishi jamlangan beshta to‘da qo‘ng‘ir sovutlarda, yaltiroq sariq sallalarda shahar darvozasi oldidagi ko‘prikdan ot choptirib o‘tishdi. Mana hozir birinchi otliq ko‘prikning baland qiyaligida turibdi. U nayza o‘rniga qo‘tosning qop-qora dumi bog‘langan temir — mamlakatda odat bo‘lgan bayroqni ko‘tarib olgan edi, bu uzoqdan bo‘lsa-da, aniq ko‘rinib turardi.
Sovut kiyganlardan narida uchqur qorako‘1 telpakli yosh yigit ko‘zga tashlandi. U bir qo‘li bilan oq otining qizil jilovini tutib turar, ikkinchisini yoniga tashlab olgan edi. Bu shoh tepaligiga otda borayotgan Zahiriddin Muhammad edi.
Uning ortidan, undan besh-olti qadam narida, qashqa chopqir otga minib olgan Zahiriddinning ukasi kelardi. U yelkasiga „Temir yoy“ deb nomlangan shohona yoyni osib olgandi. Qurolning bunday deb atalishiga sabab, u shox boMaklaridan yasalgan bo‘lib, ular egiluvchan temir tayoqqa kiygizilgan edi. Sipohi kattaroqmi yoki u ko‘tarib olgan „Temir yoy“mi, buni uzoqdan aniqlash qiyin edi.
Zahiriddin Muhammaddan ancha narida bir bola kelar, u hali go‘dak bo‘lishiga qaramay otning ustida gerdayib, xuddi o‘nlab janglarda ishtirok etgan odamdek o‘tirardi.
Bu bola yosh podshohning ikkinchi ukasi sifatida bo‘yniga fil suyagidan qilingan o‘qdon osib olgan, u ko‘rinishidan zo‘r matodan juda chiroyli qilib bichilgandek edi. Uning ichida uchlari mamont suyagidan qilingan chiroyli o‘qlar bor edi. Uning sariq tutqichi yashil feruza bilan bezatilgan edi.
Chang ko‘tarib kelayotgan odamlarning oxirini shoh nayzabardorlari guruhi tashkil etgan edi. Ularning otlari ko‘prildar ustida dupurlab kelishayotganda, oldingi otliqlar to‘dasi shoh tepaligiga burilgan edi. Hamma tomondan odamlar kelishardi, pastak butalarni yo‘lakay uzgancha, tosh palaxsalaridan chetlab, lip etib o‘tgancha, daryolardan suzib o‘tgancha, yakka otliqlarni oldilariga solib haydagancha, bayramona olomonga qo‘shilish uchun shoshilishardi.
Lekin oq kigiz qani, Farg‘ona o‘z hukmdorini saylayotganda u bo‘lmasligi mumkin emas-ku?
Qaranglar, huv tepalik ustida dala bayrog‘i — qo‘tosning yungdor dumini hilpiratishyapti. Ana endi shohlar zamonidan qolgan oq kigizni ham chiqarishadi. U yuzta qo‘zichoqning terisidan qilingan bo‘lib, o‘lchami ham ancha-muncha keladi.
„Muzofotlik olti qahramon“ deb ataluvchi saralangan oltita botir va obro‘-e’tiborli odamiar, uchtasi bir tomonidan, tag‘in uchtasi ikkinchi tomonidan oq kigizni mahkam tutgancha, otlariga sakrab minishdi va uni namoyishga keng yoyishdi. Ularning ortida yuzboshilar, ya’ni harbirida yuztadan odam bo‘lgan otliqlar guruhlarining boshlovchilari turishardi.
Oq kigizning yoyilishi Zahiriddin Muhammad uchun ishora edi. Uning oq oti har tomondan o‘rab kelayotgan odamlarning yarim doirasi ichidan ajralib chiqdi. Ot yelib borar, u boshqa erkaklarga o‘xshab bilagiga bog‘lab yuradigan qamchinini biror marta ham ishga solmadi. Barcha nigohlar Zahiriddin Muhammadga yo‘nalgan edi, u o‘qdek oldinga yelarkan, „Allohim! o‘zing menga madad ber!“ deya shivirlardi.
Otining tuyoqlari tez, borgan sari tezroq yerga urilardi. U oq kigizni mahkam ushlab turishgan sipohilardan ham pastga o‘tib ketmoqchimi? U o‘shalarga tomon yo‘naldi... Biroq u qaddini rostladi, oq oti ustida tikka turdi, qo‘llarini chalishtirdi, tiz cho‘kdi va endi... Endi sakrashga hozirlandi... chang-to‘zon bir muddat ko‘rinishni to‘sib qo‘ydi.
Mana tag‘in ko‘rindi. Zahiriddin Muhammad bir sakrashda ot ustidan kigiz ustiga, Farg‘ona podshohligining barcha davrlarida, Zahiriddin Muhammadning otasiga, uning ota-bobolariga shohlik mansabini hadya qilgan o‘sha oq kigiz ustiga tushdi.
Botir sipohining itoatkor oti, u sakrab tushgan paytda, yoydan uzilgan o‘qdek oq kigiz ostiga kirib ketdi. U xo‘jayinisiz yelgancha shoh tepaligiga yetib keldi.
Bu orada ukalar ham, boshqa mamlakatlardagi taxt ma’nosini anglatuvchi shohona kigizga yaqinlashishdi. Zahiriddin Muhammad u yerga oyoqlarini bukib o‘tirdi. Endi u hokimiyatining belgisi „Temir yoy“ni hamda uchlari mamont suyagidan yasalgan chiroyli o‘q!arni oldi.
Quyosh bu paytda hali nayza bo‘yi ham ko‘tarilmagan edi. Tutun ustunlari ham noziklashib, zo‘rg‘a ko‘zga tashlanar, tutundan hosil bo‘lgan yo‘g‘on tanali qopqora o'rmon o‘rniga Andijon shahri tepasida tumansimon parda turardi.
Mana endi yosh podshoh oq kigiz ustida tik turdi va quyosh botish tomonga qarab ajoyib „Temir yoy“ini to‘g‘riladi. Chayqalayotgan kigiz ustidagi mergan o‘zidagi butun yoshlik kuchini shunga safarbar qildi. U hozir xalqning ko‘zi oldida o‘zining erkak ekanligini ko‘rsatadimi? Xipchin yegan tovonlari zirqiramasa bo‘ldi. Xo‘sh, nima bo‘bdi. Shoh bo‘lish: haqiqiy erkak bo‘lish, degani. Haqiqiy erkak bo‘lish, og‘riqni yenga olish degani.
Mana, yosh podshoh, Zahiriddin Muhammad, oyoqlarini kergancha turibdi. U „Temiryoy“ni ikki qo‘lida mahkam ushlagancha nishonga to‘g‘riladi. Barcha otliqlar qattiq hayajonda. Keyingi chorak soat nima keltirarkin? Sajda qilsa bo‘ladigan podshohnimi yoki nafratga loyiq podshohnimi?
Zahiriddin Muhammad Allohga iltijo qilardi: „Yo Tangrim, yoyimning o‘qi, barcha otgan o‘qlarim, Vatanimizni yakson qilish uchun bizga yaqinlashib kelayotgan har bir dushmanimning yuragiga sanchilsin, o‘zing madad ber!“
Go‘yo qo‘tos kuchi bilan otilgan sariq o‘q havoda vizillab uchdi.
Shoh tepaligidan ikki tosh otimi naridagi jo‘ka daraxtining uchidagi barg uchib sekin yerga tushdi. Yurak shaklidagi kichkina, yashil barg o‘rtasidan teshilgan edi.
Bu nishonga urishga javoban butun sipohilar: „Zo‘r! Zo‘r!“ deya qichqirganlaricha qurollarini ko‘tarishdi va tilak bildirishdi: „Alloh podshohimiz Zahiriddin Muhammadga to‘qson yil umr bersin!“
Oq kigiz ustidagi bola endi ikkinchi o‘qning uchini shimolga, uni shahardan shu yergacha olib kelgan, jimgina o‘tlab yurgan chopqir ot tomonga to‘g‘riladi.
Zahiriddin Muhammad iltijo qildi: „Otgan o‘qim biror begunohga borib tegmasin!“
Yoydan uzilgan o‘q hech nimadan xabari yo‘q jonivorga tomon vizillab uchdi. Yelkasiga sanchilarmikan?
Yo‘q, o‘qning o‘tkir uchi qalin egar qoshiga sanchildi va patdor orqa tomoni yerga egilgancha silkinib qoldi. Ot uzun, yalt-yult qilayotgan dumi bilan, go‘yo beozor pashshani qo‘rigandek, uni sermab qo‘ydi. Keyin yana o‘tlashda davom etdi.
Sipohilar qichqirib tantana qilishdi: „Podshohimiz Zahiriddin Muhammad yuz yil yashasin!“
Quyosh chiqqan paytda Zahiriddin Muhammadning qo‘lidagi „Temir yoy“ uchinchi o‘q bilan aylandi. Huv anaviyerda balandtemir tayoqqa qip-qizilmis idish osib qo‘yilgan. U so‘nggi nurlar ta'sirida qo‘ng‘ir oltindek jilolanadi.
Zahiriddin Muhammad iltijo qildi: „Allohim menga yomon do‘stlarimni tanitsin va haqsizlik rishtalarini tarqatib yuborishimda kuch-quwat ato qilsin.“
Allaqachon o‘q borib temir tayoqqa, qizil idishning shundoqqina yuqorisiga zarb bilan tegdi va idish yerga daranglab qulab tushdi.U osilib turgan ip shamoldahilpirab qoldi. Uchinchi o'qning o‘tkir uchi uni bir zumda bo‘lakbo‘lak qilib tashladi.
Sipohilar bir ovozdan baqirishdi: „Farg‘ona hukmdori Zahiriddin Muhammad bir yuz o‘n yil yashasin!“
Shohning yoyi tag‘in bir marta to‘g‘rilandi. Bu gal, oxirgi marta. Sipohilar hayajon ichida shovqin solayotgan janub tomonga to‘g‘rilandi. „Temir yoy“ bolaning qoMlari qudrati bilan yangidan o‘q uzishga shaylanganida, barcha odamlar jim bo‘lib qolishdi.
Yosh podshoh sekin iltijo qildi: „Allohim menga, iloji bo‘lsa, o‘z qo‘shinimni tuzishga hamda uzoqdagi og‘ir nishonni urishga sabr-toqat va imkon bersin!“
Mana, „Temir yoy“ shunday qattiq bukildiki, go‘yo mergan uni sindirishga jazm qilgan, deb o'ylash mumkin edi. Endi yoydan oxirgi o‘q uchdi. Uzun yo‘l bo‘ylab o‘q toshday qotgan sipohilar ustidan oshib o‘tib, oxirida turganning boshiga tegay-tegay deb bordi-da, qumga chuqur sanchildi.
Odamlar qiyqirib chapak chalishdi. Sipohilar qurollarini havoga ko‘tarishdi: „Yashasin podshohimiz Zahiriddin Muhammad, u bir yuz yigirma yil yashasin!“ Qichqiriqlarning nihoyasi yo‘q edi.
Mana endi shu mamlakatning shohi degan unvonni qo‘lga kiritib, minglab kishilaming hayot-mamoti ustidan hukmron bo‘lgan Zahiriddin Muhammad oq kigiz ustidan yerga sakrab tushdi. Endi unda „Otlaninglar!“ degan quvonch va kurash qichqirig‘ini chin dildan aytish istagi tug‘ildi va u buni bor kuchi bilan qildi.
Keyin oq kigizni yerga to‘shab, ustiga qizil xitoy shoyisidan tikilgan yumshoq yostiq qo‘yishdi. Podshoh unga yonboshlab yotdi, odat shuni talab qiladi. Kechagina maktab gilami ustida bukilib o‘tirgan bola bugun o‘z sipohilari safini qabul qilmoqda.
Ular uzundan uzun safga tizilishib, yangi podshohlari oldidan o‘ta boshlashdi va Vatan haqidagi, sadoqatli otlari haqidagi qo‘shiqni ovozlari boricha barala kuylashdi.
Biz Vatan uchun kurashamiz va sen bilan birga o‘lamiz, otlan!
Sen bizning mustahkam uyimiz, biz sening ustingda uxlaymiz, otlan!
Sen bizning ishongan qayig‘imiz, sen bizni katta daryolardan olib o‘tasan, otlan!
Sen bizning baquwat yoyimiz, biz sen bilan birga o‘qday uchamiz, otlan!
Sen bizning salqin tomimiz, biz sening soyangda orom olamiz, otlan! Otlan! Otlan!
Zahiriddin Muhammad sodiq mulozimlariga mulozamat uchun minnatdorchilik bildirib, yurakdan sevinarkan, kechagina „Mehr-shafqat timsoli“ soyasida o‘tirgani va u yerda xayoliga qonxo‘r Shayboniyxon kelgani dabdurustdan esiga tushdi.
Dushman o‘z askarlarini ko‘zdan kechirgan edi. Mana, endi u ham ertaga xuddi shunday qiladi, undan kam qilmaydi. Shayboniyxon askarlari uning yurtiga hujum qilib ko‘rishsin-chi, Zahiriddin Muhammadning jangchilari ularni yashin tezligida bu yerdan surib chiqarishadi. Uning o‘zi-chi? U o‘zicha, jasur jangchilarini hech qachon tashlab ketmaslikka, zarur bo‘lganda ular bilan yelkama-yelka turib, o‘limga tik boqishga qasam ichdi.
o‘ng oyog‘idagi og‘riq deyarli sezilmasdi. Lekin yuragiga go‘yo tikan sanchilgandek edi. U Farg‘onaga podshoh bo‘lgan paytda o‘zi qilgan bir noloyiq ish haqida xijolat bo‘Iib o‘yladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |