Yangi Yurish
Ertasiga tong oqarar-oqarmas jangchilar o‘z nayza_ larini qinidan sug‘urib olganlari singari quyosh uzoq tog‘lar ortidagi o‘z to‘shagidan sug'urilib chiqib, ilk nurlarini sochgan paytda, „Ming mollik karvon“ Axsi qaPasining darvozasidan kirib keldi.
Toliqqan otlar erta tongning toza havosidan pishillab nafas olishardi. Ular erinib qadam tashlashar va og‘ir yuklar ostida chayqalishardi. Hamma odamlarning qum boTonida ko'milib ketgan yuklari iloji boricha kovlab olinib, omon qolganlariga taqsimlab bog‘landi.
Qal’a hovlisi to‘la boshladi. Bug‘doy bilan to‘la qo‘pol matodan qilingan qoplar, quritilgan baliqlarning oyqulog‘i ostidan teshib, kanop iplar bilan bog‘langan o‘ramlari tushirildi. Baliqning o‘tkir hidi tez tarqaldi. Och va chanqagan jangchilar yugurib kelishdi, mustahkam quvurlardan qimiz va sharbat oqardi.
Hovlidagi yugur-yugur borgan sari kuchayardi. Qoramtir rangda yaltirovchi yog‘och tayoqlar bog‘lami, yangi yoylar va nayza dastalari uchun kerakli narsalar tosh yo‘lakka taraq-turuq bo‘lib tushar va odam bo‘yi qilib uyilardi. Mol terilari, sovut, qalqon va kamarlar ustiga qoplanadigan charmlar qo‘ldan qo‘lga o‘tardi. Yangi yoylarga talab katta edi. Jangchilar ularni shosha-pisha bogMamlardan sug‘urib olishar, tugunlarini oxiridan solib, bir uchini baquvvat tishlarida, ikkinchi uchini oyoqlari bilan bosib turib, sekin to‘g‘rilab, kamalakning tortish kuchini sinab ko‘rishardi.
Yoshlikning chuqur uyqusi podshoh qulog‘ini qal’a hovlisidagi shovqin-suronlardan to'sib qo‘ygan edi. Bobur haliyam to‘shagida uyqudan ko‘z ocholmay yotar, kechagi tashvishlardan a’zoyi badani zil-zambil edi. Shu asnoda uning yoniga yangi qal’abegi kirdi.
YoMbars! — chaqirdi u, — uyg'oning! Tushlar mulkidagi soyalar ketidan quvishni bas qiling: dom-daraksiz yo‘qolgan karvonimiz bizga qayta nasib qildi.
Bobur ko‘zlarini ochdi, o‘rnidan turdi: — Bu yaxshi xabar, qal’abegi. Tuyakashlarni taqdirlash va karvondagi narsalarni jangchilarga taqsimlab berish haqida qayg‘uring.
Bugun g‘alabani bayram qilmaymizmi, Xojam?
G‘alabani? Yoki oMimnimi? — dedi Bobur jumboqli qilib. — Hali Alloh so‘nggi qarorga kelgani yo‘q. Men qo‘shinimdagi yuzboshilarni atrofimda ko‘rishni istayman.
Ular uning yonida hozir bo‘lishgach, shoh ularga qarata gapirdi:
Jangchilarim g‘alabani nishonlashni kutishmoqda. Lekin men boshqa qarorga keldim, ular sabr qilishsin. Otlarning egar-jabduqlari, tushovlarini tekshiringlar, otlardan eng chopqir, eng baquvvatlarini tanlanglar va ularga eng yaxshi, qo‘rqmas, qushdek yengil, egarda o‘tirishga karkidon terisidek chidamli jangchilarimni mindiringlar. Yo‘l og‘ir bo‘ladi, yaxshi tanlanglar! o‘zim oldinda ketaman. Asirlarni kishanlangan holda otlarga o‘tqazib, ortimizdan jo'natishsin.
Qayoqqa yo‘l olinadi, shohim? — so‘rashdi yuzboshilar.
Hali bilib olarsizlar, — javob berdi Bobur. Yuzboshilar ketishdi. Ulardan oxirgisi xonadan chiqib ulgurmay, eshikda og‘ir qurollangan Hoji paydo boMdi. Bobur uning ko'rinishidan kulib yubordi.
Aftidan sen mening qurol-aslaha omborimdagi hamma narsani yelkangga ortib olgan ko‘rinasan-a? — dedi u kinoya ohangida.
Yo‘q, u yerda topganlarimdan faqat eng yaxshilarini oldim, chunki aynan bular menga ma'qul bo‘ldi, — javob berdi Hoji g‘ururlanib.
Biroq bu hasham senga hozir kerak boMmaydi, — dedi Bobur, — men senga muhim bir xizmatni topshiraman. Tloji boricha tezroq Qosimbek oldiga ot qo‘yib borginda, unga aytgin, u ertaga quyosh chiqayotgan mahalda meni va quyoshni kutsin. Agar uning ayg‘oqchilari g‘arb tomonda tutun ko‘tarilganini ko‘rishsa, demak, biz yaqin joydamiz, Shayboniyxon bizning javobimizni olgan bo‘lishi kerak. Shoshil Hoji!
Takror eslatishga hojat qolmadi. Hoji qurol-aslahalami yechib tashladi-da, yugurib chiqib ketdi.
Quyosh tonggi shabnamini quritib ulgurmay Boburning sipohilari allaqachon to‘planishdi. Ular kecha hujumchilarning qarorgohi bo‘lgan joyda turishardi. Otlarning yollarida qizil, sariq, yashil va havorang tasmalar yaltiraydi. Jangchilar qurollangan va bayramona bezaklar taqib olishgan, deyarli barchasining yuzlarini to‘q qizil, hali uncha qotmagan yara-chaqalar qoplagan.
Endi Bobur balandlikdan ochiq dalaga o‘tdi-da, tushib keldi. Shohning oti sipohilar oldida tepinib, pishqirib to‘xtadi. Bobur uzangida tikka turdi:
Beklar, yigitlar! Men sizlarni g‘alabani nishonlash uchun emas, balki sizlarni g‘alabaga boshlab borish uchun to‘pladim. Biz Axsi qaTasini zabt etish bilan faqatgina sotqinlarni yengdik, xolos, endi esa qo‘rqmas va aqlli dushman, ya’ni Shayboniyxonga duch kelamiz! U menga noma yuborgan va endi javobini kutmoqda. Qo‘zg‘alinglar, jangchilarim, mening ortimdan „Yashil vodiy“ sari, olg‘a!
Olg'a! 01g‘a! — deya qichqirishdi odamlar. Ular otlarini tippa-tik qilishib hayajondan jinnilardek bo‘lib qolishdi. Bobur yonida, ochiq yerda o‘tirgan Mirzo Ullohga tomon egildi. Keksa ustozning kayfiyati yo‘q edi.
Mayli uyga ketavering, — dedi Bobur mehribonlik bilan, — sizga tinchlik hamroh bo‘lsin.
Senga esa g‘alaba yor bo‘lsin! — javob qaytardi Mirzo Ulloh. — Nega senga hamroh boMishimni istamaysan? Ko‘nglim ancha xotirjam tortdi...
Biroq siz egarda o‘tirishga unchalik chidamli emassiz, ishoning menga.
Gaping to‘g‘ri, — jilmaydi Mirzo Ulloh xafabo‘lib, — Xudo yor bo‘lsin!
Sizga ham Xudo yor bo‘lsin! — Bobur otining boshini burdi, uning ortidan qo‘shin ham aralashquralash to‘dadan yashin tezligida bir tekis saf hosil qilgancha, otlar-u sipohilar yonma-yon boMib qo‘zg‘aldi. Mirzo Ulloh haliyam o‘sha bir parcha yerda, otlarning nafasi va changto‘zon ichida qolgancha o‘tirardi. U bunga e’tibor ham bermasdi. U rang-barang tasmalar va yollarning hilpirashiga tikilib qolgandi. Qurollar shildirar, sipohilar egarda otlarning qadamiga mos holda goh baland, goh past boMishardi. Mana ular ketdi. Oxirgisi ham o‘tib ketdi. Mirzo Ulloh yolg‘iz, qalbi g‘urur va xavotirga toMa.
Qo‘rqaman, — dedi u sekin,— g‘alabani nishonlash oMimni nishonlashga aylanib ketmasaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |