Andijon shahri tarixi Reja: Qadimgi davrda Farg’ona vodiysida shaharlarni vujudga kelishi. 2 Reja Andijon nomining kelib chiqshi



Download 31,35 Kb.
bet1/2
Sana31.05.2022
Hajmi31,35 Kb.
#623087
  1   2
Bog'liq
Andijon shahri tarixi


Andijon shahri tarixi
Reja:
1.Qadimgi davrda Farg’ona vodiysida shaharlarni vujudga kelishi.
2 Reja Andijon nomining kelib chiqshi
3.XIV asrdan keyingi davrda Andijon.
4.Arxealogik tadqiqotlar tarixi

Qadimgi shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi ilk davlatchilikning paydo bo‘lish tarixi bilan bevosita va uzviy bog‘liq. Aytish joizki, Chust madaniyati yodgorliklaridagi murakkab bo‘lmagan sug‘orish inshootlari va alohida qilib qurilgan ark, rivojlangan mudofaa istehkomlari tizimi, shuningdek, hunarmandchilik ishlab chiqarishining shakllanishi (ma’lum ma’noda bozor uchun ko‘p sonli tovar ishlab chiqarish) Davlatchilikning paydo bo‘lishidan darak beradi. Shulardan kelib chiqib, urbanizatsiyaning birinchi davrida vodiyda ilk davlatchilikning dastlabki belgilari yuzaga keladiki, buni voha davlatchiligi sifatida ta’riflash mumkin. Bunday bunyodkorlik jarayonlarini faqat davlat maqomiga ega bo‘lgan tashkilotgina (uyushma) amalga oshirishga qodir edi. Keltirilgan a’lumotlarga tayanib hamda Farg‘ona arxeologik komplekslarini Xorazm, Baqtriya, Sug‘diyona bilan taqqoslagan holda mazkur hududda ham ilk


davlatchilik mavjud bo‘lganligini e’tirof etishimiz mumkin. Aynan shu davrda O‘rta Osiyoda davlat maqomiga ega shaharlar yuzaga kelganligini, ular asosida esa keyinchalik miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda nisbatan yirik ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar paydo bo‘lganini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Shu kabi jarayonlarni Farg‘ona vodiysida ham kuzatish mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlardan bilish mumkinki miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Farg‘ona vodiysida voha davlatchiligi mavjud bo‘lgan (Matboboyev B., 2002. 78 b.). Farg‘ona vodiysi yodgorliklarining so‘nggi bronza va ilk temir davridagi tarqalish voha tizimini birinchi marta Yu.A.Zadneprovskiy ishlab chiqqan (Zadneprovskiy Yu.A., 1981. 23-28-6.). So‘nggi vaqtlarda T.Sh. Shirinov tomonidan O‘rta Osiyoda voha davlatchiligi mavjud bo‘lganligi to‘g‘risida faraz ilgari surilgan (AsqarovA.A., Shirinov T.Sh., 1993). 1
143 b.) B.X. Matboboyev ham bu borada salmoqli ishlarni amalga oshilmoqda. Manbalarning dalolat berishicha, antik davrdayoq bu hududda yuqori taraqqiy topgan shahar madaniyati gullab-yashnagan. Xitoy solnomasida aytilishicha: «Davanda (Farg‘onada) 70 taga yaqin yirik va kichik shaharlar bor ularda bir necha yuz minglab aholi istiqomat qiladi» (Bichurin N.Ya., 1950. 149 b.). Antik davrda yoki miloddan avvalgi IV asrdan to milodning IV asrlarida vodiy shaharsozlik madaniyatida katta o‘zgarishlar kechadi.Andijon Farg‘ona vodiysining janubi-sharqiy qismida, Andijonsoy daryosi qirg‘og‘ida joylashgan. Shahar tarixiga ko‘plab ilmiy izlanishlar bag‘ishlangan (Andijon tarixi, 1980; Safarov R., Muhitdinov.M, Jalolov.D,1973; Nurmuhammedov X, 1979; Jalilov S., Xamidov Y, 1984; Jalilov S., Shokarimov S., 1993). Ammo ularning aksariyatida Andijon tarixining XIX-XX asrlarga oid ma’lumotlari jamlangan. Ma’lumotlarning yetishmasligi, yozma manbalarning kamligi bois shaharning qadimgi davr tarixiga oid boblari ko‘p hollarda asotirlar va rivoyatlarga asoslaniladi. Jumladan, buni Ibratning (1862-1937) «Farg‘ona tarixi»da keltirilgan «Andijon shahri tarixi»asrida ham kuzatish mumkin. Ya’ni u kitobda keltirilishicha Andijon shahri bundan 4 ming yil oldin paydo bo‘lgan deb yozgan. (Ibrat, 1991. 323-325-b.). Mahalliy aholi o‘rtasida tarqalgan shahar nomining kelib chiqishiga oid ayrim rivoyatlarni o‘z izlanishida A.K.Pisarchik ham keltiradi (Pisarchik A.K. 1956, 99-b.)

«Andijon» toponimidan boshlasak. Uning kelib chiqishi hanuzgacha aniqlanmagan. Bu xususida ko‘plab afsona, faraz va taxminlar mavjud.(Turg’unov A. 1987). Bizningcha ular orasida eng maqbuli S.Jalilov va A.Muhammadjonov tomonidan ilgari surilgan xulosalardir. Uzoq yillar mazkur masalaning tadqiqoti bilan shug‘ullangan S.Jalilov fikriga ko‘ra shaharning nomi «adoq» atamasi bilan bog‘liq. Tarixchi-olim «Lug‘ati Chig‘atoyi va turki usmoniy»da keltirilgan «Adoq – Andijonning qadimiy nomi» ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotga asoslanadi. Aytish joizki, Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘atit turk» asarida ham «Azg‘ish» (Adg‘ish) joy nomini anglatishini ta’kidlagan (Mahmud Qoshg‘ariy, 1960. 122 b.). Barcha keltirilgan atamalarning o‘zagi bir, ya’ni «ad» bo‘lib, bu o‘zak so‘z 92 urug‘ning biri sanaluvchi «adoq», «adgish» urug‘ining qadimiy turkcha nomlanishidir (Jalilov S., 1993. 13-15-6.). Aftidan, «ad» o‘zagiga keyinchalik «n» qo‘shilgan va fonetik o‘zgarishlar oqibatida ushbu so‘z «A(n)dgon» yoki «A(n)digon» shaklini olgan. Bu kabi o‘zgarishlar toponimikada uchrab turadi. Masalan, Shosh-Choch-Toshkent, Kesh-Shaxrisabz, Ro‘shidon-Rishton, Bob-Pob-Pop va hokazo. Ammo yuqorida tilga olingan o‘zbek urug‘lari orasida Andijon toponimiga yaqin keluvchi nom uchramaydi (Sultonov T.I;1972. 165-176-b)


A.R.Muhammadjonov xulosasiga ko‘ra, Andijon toponimikasining birinchi qismi «andi (andu, anda) – andiyohi anda» ehtimol ko‘hna turk atamasi bo‘lib, «yaqin», «olis bo‘lmagan» ma’nosini beradi. Shu o‘rinda hozirda ham iste’molda uchraydigan «yaqin qarindosh bo‘lmoq» ma’nosini anglatuvchi «quda-anda» iborasini keltirish mumkin. Atamaning ikkinchi qismi – «gon», «kon», «jon» gidronim hisoblanib, «soy», «daryo»ni anglatuvchi ma’no yuklamasidir. Demak, shahar nomi «daryo (soy)dagi yoki «suv (daryo-soy) ga yaqin manzilni ifodalaydi.Aftidan, «Andgon» yoki «Andigon» shaklidagi atama ilk bor arab geograflarining yozma manbalarida qo‘llanilgan. Umuman olganda yozma manbalarda Andijon to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda kam uchraydi. Ularni asosan X asrning o‘rtalaridan boshlab «Andukon» (Andukan), «Andugon» (Andu-Gan), «Andikon» (Andikan), «Andigon» (Andigan), «Andagon», «Andid-
Jon» va «Andijon» ko‘rinishida uchratishimiz mumkin. «Andukon» atamasi qayd etilgan ilk manba Al-Istaxrining 930-933 yillarda yozilgan «Kitab masolik al-mamolik» asari hisoblanadi. Mazkur nom Farg‘onaning Quyi Nisya viloyati shaharlarining nomlari qatorida keltiriladi: «Farg‘ona viloyatlari quyidagilardir: Quyi Nisya, Yuqori Nisya, 2
Asbara, Nekad, Mian-Rudan, Jidgil, Urest, Besafar, Asht. Yuqori Nisya esa Farg‘onaning birinchi shahridir, negaki Xo‘jandga yo‘l olayotib undan o‘tiladi: mazkur viloyatning shaharlari: Vanket, Sox, Xo’qand, Rishton. Quyi Nisya shaharlari: Marg‘inon, Zenderamsh, Nejreng, Ustikan, Andukan va bu yerlarda tog‘li hamda dasht hududlar mavjud».
Qoraxoniylar davrida (XI-XIII asrlar) Farg‘ona vodiysi o‘zining iqtisodiy va siyosiy mavqeini saqlab qoldi. XI asr – XIII asrning boshlarida O’zgan Qoraxoniylarning Farg‘ona ulusi poytaxti bo‘lgan. Poytaxt (O‘zgan)ga yaqinligi va hunarmandchilikning yuqori darajada taraqqiy topgani Andijon tarixida muhim ahamiyat kasb etgan. Ushbu davrda shahar aholisining soni ortadi, madaniyat va hunarmandchilik gullab-yashnaydi.
Bir qator masjid va madrasalar qurilgani ham bundan dalolat beradi,jumladan O‘zganning Shimoliy (1152 y), Janubiy (1187 y) va O‘rta (XI asr) maqbaralari [Bernshtam A.N., 1951; shu muallif. 1952; Imonqulov D., 2005-y 64-99-b]. Afsuski, Farg‘onaning somoniylar-qoraxoniylar davri tarixi hali yetarlicha o‘rganilmagan. Faqat Quva va Axsiketdagi izlanishlar o‘tgan asrning 90-yillaridan buyon olib borilmoqda mobaynida ushbu davrga oid ishonarli materiallar olingan. Andijon tarixida qoraxoniylar davriga oid manbalar kam uchrasada, shaharning Eski shahar qismidan mazkur davr moddiy madaniyat ashyolari namunalari topilmoqda.XIII asr boshida Movarounnahr, shu jumladan Farg‘ona vodiysi Muhammad Xorazmshoh siyosatining qurboniga aylandi,keyinchalik esa Chingizxon armiyasi bosqiniga duchor bo‘ldi.Mo‘g‘ullar kirib kelgandan so‘ng, XIII asrning birinchi choragida, Andijon Movarounnahrning yirik shaharlaridan biri bo‘lib qolavergan, ayniqsa Xayrda (Qaydu)1 (1230-1301 5yillar) va Tuvaxon (Duvaxon) (1307 yilda vafot etgan) hukmdorligida bu jarayon yaqqol kuzatiladi. O‘rta asr manbalarini batafsil o‘rgangan rus sharqshunosi V.V.Bartoldning yozishicha: «XI-XIII
asrlar oxirida Farg‘ona yangi poytaxtga – Xaydu va Tuvaxon tomonidan asos solingan Andijon shahriga ega bo‘ldiki, bu arab geograflari tilga olgan Andukonning aynan o‘zidir. Bu nomning yangi shakli Jamol Qarshida, avalroq esa «Zafarnoma»da uchraydi. Uyg‘ur tilida 873/1469 da bitilgan Sulton Umarshayx hujjatida shahar Andagon deb atalgan» (Bartold V.V., 1965. 534-6.). V.V. Bartoldning O’rta Osiyo shaharlarini o‘rganishdagi xizmatlarini yuqori baholagan holda olimning ayrim shoshqoloqlik bilan qilgan xulosalarini aytib o‘tamiz. Uning davrida manbalar hajmi ko‘p bo‘lmagan, arxeologik tadqiqotlar esa deyarli olib borilmagan edi. Shu sababli X asr manbalariga tayangan holda olim Andijonni kichik aholi punkti bo‘lgan deydi, uni faqat XIII asrda shahar sifatida barpo etilgan aholi mavzesi sifatida ta’riflaydi. Jumladan, uning yozishicha: «...katta shahar bu yerda faqat mo‘g‘ullar davrida, XIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi. Unga Xaydu va Tuvaxon asos solgan».

Temuriylar davri shahar hayotida yangi sahifa ochib berdi. 1377 yilda Andijonda mo‘g‘ullar hukmronligiga chek qo‘yiladi. Manbalarda qayd etilishicha, Andijon «Temuriylar davrida va undan keyin hukmdor yoki Farg‘ona noibining qarorgohi bo‘lgan...» [Bartold V.V., 1965. 326-b.] Amir Temur


Andijon va O‘zganni atrof yerlari bilan birga o‘g‘li Umarshayxga topshiradi.
Amir Temur tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarga ko‘ra Sohibqiron qadami
Andijonga ham tekkan. Ya’ni 1376 yili bahorida Amir Temur O‘zganga keladi va Burxoniddin Qilich hazratlarini qabrlarini ziyorat qiladi. So‘ngra
Andijon orqali Marg‘ilonga, undan Xo‘jandga va Samarqandga yo‘l oladi. Shaharni tutgan o‘rni va salohiyatiga ko‘ra Sohibqiron Andijonda ham to‘xtagan bo‘lishi kerak [Jalilov S., 2013. 154-b] Keyinchalik bu yerlarning uning farzandlari amirzoda Iskandar va Amirak Ahmad boshqaradilar. Abd ar-Razzoq Samarqandiyning «Matla as-sadayn va madjma al-bahrayn» asarida keltirilishicha, Umarshayx davrida 1377-1378 yillarda Andijon atrofini o‘rab turuvchi devor qayta qurilgan. «Avvalroq O‘zgan viloyatiga yo‘l
olgan amirzoda Umarshayx Andugon atrofini devor bilan o‘ratib, viloyatni 3
gullab-yashnatdi» . Avvalroq mazkur devorni elshunos A.K. Pisarchik qayd etgan. So‘ngra B.Abdulg‘oziyeva aftidan arkning aynan shu devorini tadqiq etgan [Abdulg‘oziyeva B., 1993. 6-7 b]. 2002 yilda olib borgan izlanishlarimiz davomida ham ushbu shahar devori o‘z tasdig‘ini topgan. 1939 yilda Katta Farg‘ona kanali qurilishi mobaynida M.Ye. Masson ham mazkur davrning moddiy madaniyati namunalarini topgan. Uning qayd etishicha, XIX asrning Jome’ masjidi va minorasi hududida XII asr oxiri – XIV asr boshlariga mansub o‘yma g‘ishtlar bilan qoplangan bino mavjud bo‘lgan [Masson M.Ye., 1940. 53 b.]
XVI asrda Andijonni Shaybonixon boshchiligidagi o‘zbek qabilalari egallaydi. V.V. Bartold xabar berishicha, XVII asrda bosh shahar «Andijon» nomi bilan nafaqat shaharning o‘zi, balki butun viloyat yuritila boshlandi («Farg‘ona» so‘zidan faqat kitoblarda foydalanilgan» [Bartold V.V., 1965. 215 b.]. Bu fakt Mahmud ibn Valining asarida ham e’tirof etilganini «Hozirda Andijon sifatida ma’lum bo‘lgan Farg‘ona» jumlasi bilan tasdiqlanishi mumkin [Xurshid E., 1998.5-b]
XVII asrning ohiri – XVIII asrning boshlarida Ashtarxoniylar davlatida beqaror siyosiy vaziyat hukm suradi. Uzoq davom etgan nizolar, qarama-qarshiliklar oqibatida XVIII asrda poytaxti Qo‘qon bo‘lmish mustaqil davlat – Qo‘qon xonligi (1709-1876) vujudga keladi.Shunday qilib, Farg‘onaning qadimiy davlatchiligi yana tiklanadi. Bu davlat 1876 yilga qadar, chor Rossiyasi tomonidan zabt etilguncha davr suradi. Andijon to‘g‘risida qisqa axborotga ega yozma manbalar X asrdan so‘ng paydo bo‘ladi. Batafsil ma’lumotlar esa so‘nggi o‘rta asr manbalarida keltiriladi.

Andijon shahri moddiy madaniyati tarixini o‘rganish shartli ravishda XIX asr oxirida boshlangan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu jarayon 1890 yilda yer-o‘lpon komissiyasi a’zolari shahar hududiga oid dastlabki ma’lumotlarni to‘plashga kirishganlaridan ibtido topgan. 1893- yilda mazkur komissiyaning Farg‘ona boshqaruvi tomonidan Andijon shahri xaritasi qayta tuzilgan. Ushbu hujjatda Chordona (Chardana), Sarvontepa


(Sarvantepa), Kultepa (Kyultepa-Kultepa), Qo‘shtepa, Yalang‘och Qo‘rg‘on, Qora Qo‘rg‘on va Eski Qo‘rg‘on12 kabi arxeologik yodgorliklar ilk bor shahar xaritasiga tushirilgan.
1. A.K.Pisarchik tomonidan 1939 yilda aytib o‘tilgan va shahar kommunal xo‘jaligi bo‘limi arxivida saqlanib kelingan xarita, aftidan yo‘qotilgan. Ammo andijonlik tarixchilar S.Jalilov va R.T.Shamsutdinovlarning shaxsiy arxivida Andijonning turli davrlardagi sxematik reja-xaritalari saklanmokda.
2. 1893 va 1913 yillarda Andijon uyezdi tanobchisi A.Starikov tomonidan tayyorlangan .
3. Ganchtepada (Ugrayor) B.Abdulg‘oziyeva tomonidan olib borilgan arxeologik izlanishlar Andijonsoy qirg‘og‘ida boshqa, yanada qadimiy davrga oid yodgorliklar bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu yerda miloddan avvalgi V-VI asrlarga oid materiallar aniqlangan.
1939 yilda Katta Farg‘ona kanali qurilishida M. Ye. Masson boshchiligida arxeologik nazorat ekspedisiyasi tashkil qilinadi. M.Y.Masson Andijonga kelganida taniqli ustazoda sulolasining vakili Yusup Ali Muhammad (Yusuf Ali Musayev) unga shahar hududidan topilgan va XIII asr oxiri XIV asr boshlariga oid qoliplangan «terrakotplitka»larini taqdim etadi (Masson M.Ye., 1979. 150-6.). Mazkur ekspedisiya ikkinchi otryadining rahbari V.D.Jukov ham Andijon shahar yodgorliklari bilan tanishib, X-XI asr arxeologik materiallarini qayd etadi (Jukov V.D., 1951.74-b.).Andijonni o‘rganishga etnograf A.K.Pisarchik ham katta hissa ko‘shgan.
Dastlab u 1938 yilda Uzkomstaris (O‘zbekiston qadim yodgorliklari va san’at namunalarini qo‘riqlash qo‘mitasi) topshirig‘iga binoan, keyinchalik esa 1944-1947 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti yo‘llanmasi bilan Farg‘ona vodiysi xalq me’morchiligini tadkiq etadi. Xususan, Marg‘ilon, Andijon, Qo‘qon va Namangan shaharlarini ko‘zdan kechirib, so‘rov o‘tkazish va me’moriy yodgorliklarni qayd etish yo‘li bilan batafsil o‘rganadi (Pisarchik A.K., 1956. 145-194-b.). Ushbu olima izlanishlari tufayli Andijonning so‘nggi o‘rta asr arki va shahristoni to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarga egamiz.Ayniqsa shahar devorlari, qadimiy binolarining qoldiqlari haqidagi ma’lumotlar katta ahamiyat kasb etadi (Pisarchik A.K., 1954. 220-b.) A.K.Pisarchik tomonidan ark va shahriston ko‘rsatilgan holda chizilgan.
Andijon shahri rejasi asosida keyinchalik Gʻ.Dadaboyev, B.Abdulg‘oziyeva, B.Matboboyevlar arxeologik izlanishlar olib bordilar. S.Jalilov va B.Abdulg‘oziyeva ark va shahristonni batafsil tadqiq etib, shaharning butun qolgan devorlarini A.K.Pisarchik ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali o‘rta asr arki va shahristonning maydoni va chegaralarini aniqlashga muvaffaq bo‘lganlar.
Shaharni o‘rganish borasida Andijon viloyati o‘lkashunoslik muzeyi hodimi, keyinchalik O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti ilmiy xodimi B.Abdulgaziyeva ham samarali foaliyat olib bordi.O’tgan asrning 60-70-yillaridan boshlab u shaharda arxeologik kuzatuvlar o’tkazdi va Andijon tarixiga oid ma’lumotlar to‘pladi. Viloyat muzeyi va Pedagogika instituti hamkorligida Sarvontepada shurf solindi, ammo shurf materik qatlamiga qadar yetkazilmasa-da, I-II asrlarga oid materiallar olinadi (Jalilov S., 1989. 62-b). 1981 yildan esa B.Abdulgaziyeva boshchiligida Andijon shahar ijroiya qo‘mitasining moliyaviy ko‘magida shahar hududida maxsus arxeologiya qazishmalari tashkil qilindi.
Izlanishlar 1981-84, 1986-87-yillarda Ark ichi (Ark ichi mahallasi)da, Chordona va shahristonda o‘tkazildi (Abdulg‘oziyeva B., 1990 a). Chordona va shahristonda reja asosida ko‘p yillik qazishmalar olib borildi. Chordonaning XII-XIII asrlarga taalluqli bo‘lgan yuqori qatlami to‘liq qazib ochildi, shimoliy qismida VII-VIII asrlarga to‘g‘ri keladigan ostki qatlam hamda ular oralig‘ida joylashgan va XIII-XIV aslarga oid qabrlar kovlab ochildi (Abdulgaziyeva B., 1999. 90-b; shuningdek, B.Abdulgaziyevaning
1982-1983, 1987 yillardagi hisobotlarini qarang). 1981-1983 yillarda Eski shahar hududida – arkda shahar stratigrafiyasini o‘rganish maqsadida bir qancha shurflar solindi, qazilmalar qilinadi. Bundan tashqari qal’a devorlarini qurilishi, ulardan foydalanish tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plash rejalashtiriladi.1987 yillarda olib borilgan arxeologik izlanishlar ushbu hududda antik asrdan so‘nggi o‘rta asrga qadar bo‘lgan davrga oid madaniy qatlamlar mavjudligini tasdiqladi. Shunday bo‘lsa-da, shahar tarixining ilk bosqichlari yetarlicha o‘rganilmaganligicha qolaverardi.
Shu sababli 2000 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Arxeologiya
Instituti va Z.M.Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondi tomonidan maxsus tashkil etilgan Andijon arxeologiya otryadi (rahbari B.X. Matboboyev) arxeologik izlanishlarni yana yo‘lga qo‘ydi. Otryadning bosh maqsadi sifatida shaharga asos solingan sanani hamda uning rivojlanish bosqichlarini aniqlash qilib belgilandi. Tadqiqotlar 2000-2012 yillar mobaynida o‘tkazildi va hozirda ham davom ettirilmoqda.Asosiy e’tibor 1893 va 1913 yillardagi tarixiy-topografiya xaritalarida keltirilgan ma’lumotlarni jalb etgan holda hozirda qisman saqlanib qolgan yodgorliklarning joylashuv topografiyasiga qaratildi hamda saqlanib qolgan yodgorliklar yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslandi. Tizimli har tomonlama tahlil asosida XX asr boshidagi shahar xaritalarida 8 ta me’moriy-arxeologik ob’yektlar, 11 shahar qabristonlari, 39 ta masjid qayd etildi
2000-2012 yillarda Andijonda quyidagi arxeologik izlanishlar olib borildi:
1. Chordonadagi arxeologik qazishmalar (2000-2003).
2. Sarvontepadagi tadqiqotlar (2001-2003, 2007).
3. Ark ichi, shahristondagi arxeoloogik izlanishlar (2001-2002, 2006).
4. Shahriston devorining (janubiy va g‘arbiy) tashqarisida, ya’ni Rabodda shurflar yordamida olib borilgan qidiruv ishlari (2007-2012-y)


Download 31,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish