1886-yilgi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra o‘lkada mustamlaka siyosati qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo‘yildi.
Buning natijasida o‘lka aholisiga nisbatan jabr-zulm yanada kuchaydi.
Ushbu Nizomning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu o‘lkada yer masalasini mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo’lgan.
«Nizom» e’lon qilingandan so‘ng unda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahalliy aholining milliy, diniy va mahalliy xususiyatlari inobatga olinmadi.
Mazkur «Nizom» asosida podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta qismini tortib oldi va ular asosida Rossiyadan ko‘chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etildi.
Bunday siyosat yer masalasi juda nozik bo‘lgan, aholi zich joylashgan, ayniqsa, sug‘oriladigan ekin maydonlari kam bo‘lgan Farg‘ona vodiysida mahalliy aholining ahvolini yomonlashtirib yuboradi.
Farg‘ona vodiysi, asosan, imperiyaning paxta xom ashyosini yetishtirib beruvchi hududga aylantirilgan edi.
Vodiyda paxta yetishtirishning ko‘paytirilishi sababli g‘alla, ozuqa-bop ekinlar maydoni va yaylovlarning qisqarishi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxini keskin oshirib yubordi.
1891-yilda Rossiyadan aholining Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chirib keltirilishi, ularning joylashtirilishi yer taqchil va aholi zich yashaydigan vodiyning ahvolini nihoyatda yomonlahtirib yubordi.
Mustamlakachi hukumat Turkiston o‘lkasining barcha joylarida mahalliy aholining milliy va diniy qadriyatlarini hisobga olmasdan, ularga qarshi siyosat olib bordi.
Turkiston o‘lkasida XIX asrning oxirlarida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlardan biri bu - 1898-yil dagi mahalliy xalqlarning mustamlakachilarga qarshi qaratilgan Andijon qo‘zg‘oloni hisoblanadi.
Bu qo‘zg‘olonga vodiy aholisi orasida Dukchi eshon nomini olgan Muhammad Ali (1846-1898) rahbarlik qildi. Dukchi eshon mutaassib dindorlardan edi.
U oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib sodda xalq o‘rtasida mo‘jizalar ko‘rsatgan. Uni «avliyo» deb hisoblagan aholi qo‘zg‘olonga boshchilik qilishga undagan. Dukchi eshon
1898-yilning bahor faslida vodiy ning turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lishi haqida gaplar tarqaladi. Bu voqea va Dukchi eshon to‘g‘risidagi ma’lumotlardan mustamlakachi ma’murlar ham xabardor bo‘lgan.
Mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmlariga qarshi norozilik harakatlarining oshkora qo‘zg‘olon ko‘rinishida boshlanib ketishiga 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o‘z odamlari orqali atrofdagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo‘zg‘olon boshlash vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo‘ldi.
Qo‘zg‘olonchilar bilan mustamlakachi ma’muriyat harbiy kuchlari o‘rtasida ro‘y bergan to‘qnashuvdan keyin kuchlar va harbiy qurol-aslahalar teng bo‘lmaganligi bois qo‘zg‘olonchilar chekinishga majbur bo‘ldilar.
Volost boshlig‘i mirshablar bilan. Farg’ona boshlig’i XIX asr
Andijondagi 1898-yil qo‘zg‘olonidan keyin podsho Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-leytenant A. Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, uning vazifasini vaqtinchalik Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori N. Korolkov zimmasiga yukladi.