Andijon Mashinasozlik



Download 0,96 Mb.
bet4/20
Sana27.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#585856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Kredit munosabatlari

Kreditning obyekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan qiymatdir. Boshqacha aytganda kredit aynan qaysi maqsad uchun berilsa, shu kredit obyekti hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik harajatlari - mineral o`g`it, yoqilg`i va moylash materiallari va boshqa harajatlar kreditlanadi. Kredit munosabatlarining subyektlari bo`lib (qarz beruvchi) va qarzdor (qarz oluvchi)lar hisoblanadi.
Boshqacha aytganda kreditlash subyektlari bo`lib davlat korxona va tashkilotlari, qurilish tashkilotlari, savdo tashkilotlari, fermer va shirkat xo`jaliklari, yakka mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar, qo`shma korxonalar, mikro firmalar, birlashmalar, tijorat banklar va boshqalar hisoblanadi.
Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko`rsatsa, tijorat banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo`ladi. Bank krediti qaytarish muddatiga ko’ra qisqa, o’rta va uzoq muddatli kreditlarga bo’linadi. Bu mezon turli mamlakatlarda turli muddatni o’z ichiga oladi. Jumladan:

Kreditning moliya tizimida tutgan o`rni:
 Davlatning qarzlari ko’paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
 Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo’li bilan banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag’larini yig’adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat o’z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
 Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham bo’lishi mumkin.
2.Kredit mehanizmi va kredit resurslar bozori.
Kredit mexanizmi- yordamida bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi.
Kredit mexanizmi – kredit tizimi doirasida, ya’ni kredit muassasalari va iqtisodiyot soxalari o‘rtasida kreditni boshqarish va rejalashtirishni usul hamda shakllari asosida amalga oshiriladigan qarz berish, invetsitsion, vositachilik, maslaxat berish, mablag‘larni jamlash, qayta taqsimlash borasidagi kredit munosabatlari, kreditlash uslublari va shakllari majmuasidir.
Kredit mexanizmi xo‘jalik mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ichiga kreditlash shartlarini, usullarini va kreditni boshqarish va uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni oladi. Kredit mexanizmi yordamida bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi.
Quyidagilar kredit mexanizmi elementlari hisoblanadi:

  1. Kredit subektlari.

  2. Kredit obekti.

  3. Taqdim etish metodlari.

  4. Qonuniy me’yoriy xujjatlarda shakllantirilgan kreditlash qoidalari va qonunlar to‘plami;

  5. Kreditlash sub’ektining ichki me’yoriy ta’minoti;

  6. informatsion ta’minot, shuningdek, kreditlash bo‘yicha qarorlarni qabul qilish uchun informatsion baza.

  7. O‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larga cheklovlar.

  8. Kreditni rejalashtirish.

  9. Kreditni berilishi va qaytarilishi bo‘yicha banklarning iqtisodiy nazorati va h.k. Kredit mexanizmining muhim elementlaridan biri kredit shartnomasi bo‘lib, u kredit munosabatlarini amalga oshirishning huquqiy asosi hisoblanadi.

Kredit mexanizmining muhim elementlaridan yana biri – kreditga layoqatlilikdir. Korxonalarning kreditga layoqatliligini hisobga olgan holda kredit berish, kreditni o‘z vaqtida qaytarishning muhim shartidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa, kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichi kredit berishda e’tibor qilinadigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qoladi. CHunki tijorat banki o‘z faoliyati natijasi uchun to‘liq javobgar hisoblanadi. Kredit uchun foiz esa uning asosiy daromad manbai bo‘lib qoladi.
Kredit mexanizmini boshqarish va tartibga solishning yangicha usullarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish kredit muassasalarining salohiyatidan kelib chiqadi, hamda iqtisodiyotdagi mavjud pul resurslaridan yuqori samarada foydalanishning eng muhim shartlaridan biridir. Bu jarayon uzluksizlikni talab etadi. CHunki bozor munosabatlari taraqqiyoti va iqtisodiyot rivoji uzluksizdir.
Kredit mexanizmining amalga oshirishda albatta kreditning tamoyillariga alohida etibor qaratiladi.
Kreditlash jarayonini tashkil etish, korxona va tashkilotlarni moliyaviy ahvolini tahlil qilish kabi masalalarni to‘g‘ri amalga oshirish kredit riskini oldini olishga hamda bank kredit portfelini sifatini yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu kredit siyosati elementlarini to‘g‘ri tashkil qilinganligini ijobiy natijasi hisoblanadi.
Kreditlash jarayoni bir nechta tamoyillar orqali amalga oshiriladi:

  • qaytarilishi;

  • muddatliligi;  maqsadlilik;

  • ta’minlanganlik;

  • to‘lovlilik;  samaradorlilik.

Kredit iqtisodiy munosabatlarni belgilangan tizimi sifatida boshqa pul munosabatlaridan farq qiladi, ya’ni pulning harakati qaytarib berish sharti bilan amalga oshiriladi. Kreditning o‘ziga xos xususiyati unda tovar-pul munosabatlarining mavjudligidir. SHunga muvofiq kredit ham tovar, ham pul shaklida bo‘lishi mumkin. Kredit bank, tijorat, iste’mol, lizing, ipoteka, xalqaro va davlat kreditlari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Davlat kreditiga ta’rif berishda ko‘pgina moliyachilarda bu moliyaning bir qismi degan tushuncha paydo bo‘ladi. Bir tarafdan, davlat krediti o‘zida belgilangan tamoyillarga asoslanagan an’anaviy kredit munosabatlarini mujassamlashtiradi. Boshqa tarafdan, davlat o‘z funksiyalarini bajarib, markazlashgan fondlarni taqsimlash va shakllantirishda ssuda fondlaridan foydalanadi. Bu esa moliya munosabatlaridir. SHu tarzda, davlat krediti o‘zida ham moliyaviy, ham kredit munosabatlarini birlashtirib, har ikkala kategoriyaga xos bo‘lgan taqsimlash funksiyasini tasdiqlaydi. Qaytarilish tamoyili kreditning mohiyatini ifodalaydi. Bank tomonidan mijozlarga beriladigan har bir so‘m pul mablag‘lari yana bankka qaytarilishi lozim. qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida mablag‘larning uzluksiz doiraviy aylanishi hisoblanadi. Qaytarish tamoyilining shunday muhim xususiyati borki, kreditni boshqa tovar-pul munosabatlarining iqtisodiy kategoriyalaridan farqli bo‘lgan iqtisodiy kategoriya sifatida ajratib turadi. Qaytarilish kreditning ajralmas belgisi hisoblanadi.
Kreditning keyingi tamoyili muddatlilik bo‘lib, u qaytarishlik tamoyili bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag‘larning qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi. Kreditning muddati, bir tomondan foydalanishga berilayotgan kredit resurslarining bo‘sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz oluvchining mablag‘larga bo‘lgan vaqtinchalik ehtiyojlarining muddatiga boqliq. Kreditlash muddatliligining bu ikki tomonlama xarakteri inobatga olinganda vaqtinchalik foydalanishga berilgan mablag‘larni to‘liq va belgilangan muddatda qaytarilishini ta’minlash mumkin. Kreditning muddatliligiga rioya qilish banklar uchun ham, qarz oluvchilar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Buning hisobiga banklar kredit resurslarining aylanishini jadallashtirsalar va ulardan oqilona foydalanishga erishsalar, xo‘jaliklar o‘z daromadlarini ko‘paytirish, o‘z va qarz mablaqlaridan foydalanish samarasini oshirishlari mumkin. Kredit muddatini uzaytirish aksariyat hollarda bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Kreditning keyingi tamoyili - kreditning ta’minlanganligidir. Bunda ssudaning ta’minlanganligi kredit berilishiga asosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar zaxiralari, ko‘chmas mulki yoki ishlab chiqarish xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida kreditni o‘z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi. Olingan kredit mablag‘lari korxonada ishlab chiqarish zahirasi, tugallanmagan ishlab chiqarish yoki tayyor mahsulot hamda mavjud moddiy boyliklarni ta’minlash uchun beriladi. Bu tamoyil asosan korxonalarga berilgan ssudalar yoki tomonlar majburiyatlari bilan real ta’minlanadi. O‘zbekitson Respublikasida banklar faoliyatining xalqaro bank amaliyotiga yaqinlashib borayotgan sharoitda kreditning ta’minlanganligi sifatida tovar-moddiy boylik va xarajatlardan tashqari garov, kafolat va kafillik kabi shakllari ham amaliyotda keng qo‘llanilmokda. Ssudaning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun kredit shartnomasiga ko‘ra qarz oluvchi garovga ma’lum qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni qo‘yib rasmiylashtiradi. Agar kredit oluvchi kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari ko‘riladi. Kredit miqdori garovga qo‘yilgan mulk qiymatining 80 foizigacha miqdorida beriladi.
Kreditlashning yana bir tamoyili - olingan kredit uchun haq to‘lash yoki foizlilikdir. Bunda shartnomaga ko‘ra kredit oluvchi korxona o‘z ehtiyoji uchun kreditga olgan pul mablag‘laridan vaqtincha foydalanganligi uchun bankka belgilangan haqni to‘lashi lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bankning foiz stavkasi bu kreditning «narxidir». Kredit uchun haq to‘lash korxonalarni xo‘jalik hisobiga shu jumladan resurslarni ko‘payishiga hamda jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga ta’sir etadi. Bank muassasalari kredit foizi hisobidan o‘z xarajatlarini qoplaydi. Kredit uchun haq to‘lash tamoyili qarzga olingan mablag‘lardan unumli foydalanish va kreditni qaytarish muddatini tezlashtirish maqsadida korxonaga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish vositasidir. Bank foizi kredit turlariga qarab turlicha belgilanadi. Qaytarilish muddati o‘tib ketgan kreditlar uchun oshirilgan miqdorda foiz olinadi, bu esa qaytarish muddati shartlariga qat’iy ravishda rioya qilishga yordam beradi.
Samaradorlik tamoyili kreditning maqsadliligi bilan bog‘liq bo‘lib bunda kredit iqtisodiy naf keltirishi ham kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit to‘lovi miqdorini belgilashda ahamiyat beradigan quyidagi asosiy tamoyillar mavjud. Bular:

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudalar buyicha o‘rnatilgan bazaviy foiz stavkasi;

  • Banklararo kredit buyicha o‘rtacha foiz stavkasi, ya’ni aktiv operatsiyalarni amalga oshirish uchun boshqa banklardan sotib olingan resurslar buyicha;

  • Turli depozit hisobvaraqlar buyicha mijozlarga bank tomonidan

to‘lanadigan o‘rtacha foiz stavkasi;

  • Bankning kredit resurslarining tarkibi (jalb qilingan mablag‘lar hissasi yuqori bo‘lganda kredit narxi ham yuqori bo‘ladi);

  • Kreditga bo‘lgan talab;

  • Talab qilinayotgan kredit muddati va kredit turi, ya’ni uning taminlanganligiga bog‘liq ravishda risk darajasi;

  • Mamlakatdagi pul aylanishini muvozanati (inflyasiya sur’ati yuqori bo‘lsa kredit shunchalik qimmat bo‘ladi, chunki pul kadrsizlanishi tufayli bankning o‘z resurslarini yo‘qotish riski ortadi) va boshqalardir.

  • Kreditning yana bir tamoyili kreditning maqsadli yo‘naltirilganligidir. Bunda aniq xo‘jalik jarayonlarining kredit bilan bog‘liqligi ta’minlanadi. Kreditni maqsadli yo‘naltirish tamoyili qarz oluvchi zimmasiga pul mablag‘larini faqat ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflashni ko‘zda tutadi. Kreditlar biznes-reja asosida beriladi.

  • Kreditning maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlash uning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun real shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bu tamoyilga rioya qilish bank muassasalari tomonidan qarz oluvchi korxonalarning hisobotlari asosida nazorat qilinadi. Berilgan kredit qarz oluvchi tomonidan boshqa maqsadga ishlatilgan bo‘lsa, u holda belgilangan tartibda kredit muddatidan ilgari qaytarib olinadi.

Bankning kreditlash tamoyillarining barchasini amaliyotda yalpi qo‘llanilishi bank manfaatlarini himoyalashga yordam beradi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan tamoyil asosida kredit olmoqchi bo‘lgan mijozlarga kredit paketi tayyorlanadi va kredit olish mumkin yoki mumkin emasligi tahlil qilinadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish