Reaktiv tortish kuchi gaz tomonidan raketaga ta’sir etadi va gaz chiqishi yo`nalishiga teskari yo`naladi. Reaktiv dvigatelning eng yaxshi xususiyati tortish kuchining muhitning bor yoki yo`qligiga va raketaning tezligiga bog`liq bo`lmasligidir. (2) ifoda tashqi kuch nolga teng bo`lgan hol uchun massasi o`zgaruvchan jism dinamikasi tenglamasi hisoblanadi. Agar raketa reaktiv kuch dan tashqari, tashqi kuch ta’sir qilsa, u holda harakat dinamikasining tenglamasai quyidagi ko`rinishni oladi: (5) Bu tenglama birinchi marta I. V. Mesherskiy hosil qilgan o`zgaruvchan massali jism harakati tenglamasining soddalashtirilgan variantidir. Reaktiv dvigatellar hozirgi zamon texnikasida keng foydalaniladi. Kosmik kemalarni uchirishda ko`p bosqichli raketalar va reaktiv samolyotlar, reaktiv dvigatelli kemalar va “uchuvchi” snaryadlar bunga misol bo`la oladi. Raketa kemalaridan foydalanib sayyoralararo uchishlar imkoniyatini birinchi marta K. E. Siolkovskiy o`zining “Olam fazolarini reaktiv asboblar bilan tekshirish” ishida isbotlagan edi. U Siolkovskiy formulasi deb ataluvchi eng muhim formula yaratgan. Bu formula bilan raketaning maksimal tezligini hisoblash mumkin. Siolkovskiy formulasi bo`yicha bajarilgan hisoblashlar shuni ko`rsatadiki, bunda yo`ldoshni Yer atrofi orbitasiga chiqarish uchun, ya’ni yo`ldoshga birinchi kosmik tezlik berish uchun yonilg`ining massasi yo`ldoshning raketa bilan birgalikdagi massasidan taxminan 55 marta katta bo`lishi kerak. Raketaning boshlang`ich massasi juda katta bo`lishiga sabab shuki, bunda harakat boshlanishida faqat orbitaga chiqariladigan yo`ldosh massasigina emas, balki yonilg`ining butun massasiga ham tezlanish berishga to`g`ri keladi. Yonilg`ining massasini kamaytirish uchun K. E. Siolkovskiy ko`p bosqichli raketadan foydalanishni taklif qiladi. Raketalardan tashkil topgan har bir bosqich o`z dvigateliga va zahiradagi yonilg`isiga ega. Yonilg`i yonib tugashi bilan har qaysi navbatdagi bosqich raketadan ajraladi, shuning uchun korpusi va dvigateliga tezlanish berish uchun endi yonilg`i sarf bo`lmaydi. Bizning davrimizda K. E. Siolkovskiyning “odamzod Yerning o`zi bilan kifoyalanib qolmaydi, u olam va fazo ketidan quvib, atmosfera oldin chegarasidan hayiqibroq chiqadi, so`ngra Quyosh atrofidagi fazoni egallaydi” deb bashorat qilib aytgan so`zlari ro`yobga chiqmoqda. Sobiq ittifoq xalqining kosmik fazoni zabt etishdagi misli ko`rilmagan yutuqlari: dunyoda birinchi marta Yer sun’iy yo`ldoshning uchirilishi va dunyoda birinchi insonning kosmosga uchishi, birinchi marta Oyning orqa tomonini fotosuratga olinishi hamda birinchi marta Oy sirtida turib televizion tasvir uzatilishi, avtomatik stansiyasi yordamida Oy tuprog`i namunalarining Yerga keltirilishi va sayyoralararo avtomatik stansiyalarning Venera va Mars sirtiga muvaffaqiyatli qo`nishi hamda bir qator boshqa muhim yutuqlar butun dunyoga ma’lum. 6. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyadan ta’limni ajratib bo’lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Bu haqda fikr yuritganda Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so’zlarini eslash mumkin ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |