Yekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi – mazkur yo‘nalishda Markaz a’zolari institut hududida yoki boshqa bog‘larda o‘tkaziladigan ommaviy hasharlar, daraxt yekish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faollik ko‘rsatishadi;
Xayriya va sahovat ishlariga ko‘maklashish yo‘nalishi – mazkur yo‘nalishda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga hamda boquvchisini yo‘qotgan va chin yetim, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga amaliy yordamlar berish, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul ko‘rinishdagi xayriya tadbirlari amalga oshiriladi;
Keksalarga ko‘maklashish ijtimoiy volontyorlik yo‘nalishi - ushbu yo‘nalishda shaxslarning manfaatlari yo‘lida ixtiyoriy faoliyatini amalga oshirish, jumladan har haftada bir marta biriktirilgan uylariga borish va holidan xabar olish, jamoat uchun foydali vazifalarni hal etishga qaratilgan bir martalik tadbirlar doirasida mazkur toifa vakillarining uy yumushlariga muntazam ko‘maklashib borish;
Festival, tanlov va boshqa ommaviy tadbirlar yo‘nalishi – ushbu yo‘nalishda volontyorlar institut, mahalliy hokimliklar, Yoshlar ishlari agentligi yoki boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkiliy ishlariga ko‘maklashish (ssenariy yozish, chora-tadbirlar ishlari amalga oshirish) tadbirlar o‘tadigan joyni tayyorlash, bezatish ishlariga ko‘maklashish, ishtirokchilarni taklif qilish, belgilangan o‘rindiqlarga joylashtirish, tadbir mehmonlarini hududlar bo‘ylab sayr qildirish, yangi bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirishdan iboratdir;
2.3 Institutda volontyorlik markazining yeng yaxshi taraflaridan biri yoshlarning ijtimoiy ahamiyatli faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmlari, ularni jamiyat taraqqiyotining dolzarb muammolarini hal etishga jalb etish, ijtimoiy mas’uliyat, g‘oyalari va qadriyatlarini ommalashtirishdir.
III. Markaz faoliyatini tashkil etish
3.1 Markazga umumiy rahbarlik institut yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan institut rektori tomonidan amalga oshiriladi.
3.2 Markazni O‘zbekistonda yoshlar siyosatini yaqindan tushunadigan, yetakchilik qobiliyatiga ega yosh hodimlar, bakalavr yoki magistratura talabalari orasidan tayinlangan koordinator boshqaradi.
3.3 Markazga a’zolik yelektron ariza to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.
3.4 Markaz koordinatori va uning yordamchilari orqali 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ro‘yxatlar shakllantiriladi hamda volontyorlarning faoliyati tizimli alohida loyihalar – rejasiga asosan amalga oshiriladi.
3.5 Institutdagi “Volotonyorlik markaz”lari faoliyati Yoshlar ishlari agentligi makraziy apparati Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va volontyorlikni rivojlantirish bo‘limi hamda “Volontyorlik markaz”lari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika koordinatori tomonidan muvofiqlashtiriladi.
3.6 Markaz koordinatori amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’lumotlarni Respublika koordinatoriga berib boradi va ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali muntazam yoritib borishi tavsiya yetiladi.
3.7 Markaz o‘zining nizomi, nomi, belgisi (o‘qish joyi, mutaxassisligi va markaz nomiga to‘g‘ri kelishi kerak), shiori va maxsus formasiga yega bo‘ladi. Bularning barchasi Respublika ishchi guruhi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |